O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


Krivoshi’-shatunli va gaz taqsimlash mexanizmlariga TXK va JT texnologiyasi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Krivoshi’-shatunli va gaz taqsimlash mexanizmlariga TXK va JT texnologiyasi 
 
Krivoshi‘-shatunli  mexanizmning  (KSHM)  buzuqliklari  va  nosozliklari,  ularning  belgilari. 
Krivoshi‘-shatunli  mexanizmning  asosiy  buzuqliklariga  porshen  halqalarini  sinishi,  tsilindrlar  oyna 
sirtini  uyulishi,  porshenlarni  tsilindr  ichida  qotib  qolishi,  podshipniklarni  (vkladishlarni)  erib  ketishi, 
blok tsilindrlar va tsilindrlar kallagini yorilishi yoki darz paydo bo`lishi taalluqlidir. 
KSHMning asosiy nosozliklariga tsilindrlarni, porshen halqalarini, ariqchalarini, porshen bob-
ishkasi  devorini va  teshigini,  shatun  kallagi  vtulkasini,  tirsakli  val  bo`yinlarini  va  vkladishlarini  yey-
ilishi,  halqalarni  kokslanishi,  porshen  tubini  qurum  bosishi,  tsilindrlar  oyna  sirtini  chizilishi 
taalluqlidir. 
KSHM  ning  nosozliklari  va  buzuqliklarini  belgilari  tsilindrlardagi  kompressiyani  kamayishi, 
dvigatel ishlaganda shovqin va taqqillagan ovozlarni paydo bo`lishi, karterga gazlarni o`tib ketishi va 
quyish  bo`ynidan  hidli  kopkimtir  tutunni  paydo  bo`lishi,  moy  sarfini  ko‘payib  ketishi,  siqish  taktida 
ishchi  aralashmani  karterga  o`tib  ketishi  natijasida  moyni  suyulib  ketishi,  yondirish  shamlarini  moy 
bilan ifloslanishidir. 
Gaz taqsimlash mexanizmining (GTM) buzuqliklari va nosozliklari, ularning belgilari. 
GTM  ning  harakterli  buzilishlariga  klapanlar  prujinalarini  sinishi  va  bikrligini  kamayishi, 
taqsimlash vali shesternyalari tishlarini sinishi, klapanlarni kuyishi kiradi. 
GTM ning asosiy nosozliklariga turtkilar va ularning  yo`naltiruvchi vtulkalarini, klapanlar  ta-
relkasini  va  ularning  uyalarini,  taqsimlash  vali  shesternyalarini,  mushtchalari  va  tayanch  bo`yinlarini 
yeyilishi hamda klapanlar o`zaklari va koromislo (turtki) orasidagi issiqlik tirqishini buzilishi kiradi. 


 
27 
GTM  buzuqliklar va nosozliklarini  belgilari dvigateldagi  taqqillash,  karbyuratordan  alanga  va 
ovoz so`ndirgichdan taqqillashni paydo bo`lishidir. 
KSHM  va  GTM  ga  texnik  xizmat  koprsatish  dvigatelga  TXK  ni  bir  qismi  bo`lib,  tekshirish, 
mahkamlash joylarini tortish, dvigatelni diagnostikalash, sozlash va moylash ishlarini o`z ichiga oladi.  
Qotirish  ishlari  dvigatelni  hamma  birikmalarini  holatini  qotirilganligini  tekshirish  uchun 
o`tkaziladi: dvigatel tayanchini ramaga, tsilindrlar kallagini va poddon karterni blokka, kirish va chi-
qish quvurlari flanetsi va boshqa birikmalar. Gazlar va sovutish suyuqligi  tsilindrlar kallagi qistirma-
sidan  sizib  chiqishini  oldini  olish  uchun  tekshiriladi  va  lozim  bo`lganda  uni  blokka  ma`lum  moment 
bilan («X») xoch usulida qotiriladi. Buni dinamometrik kalit yordamida amalga oshiriladi. Gaykalarni 
qotirish  momenti  va  ketma-ketligi  ishlab  chiqaruvchi  zavod  tomonidan  o`rnatilgan.  CHo`yanli 
tsilindrlar kallagini qizitib, alyuminiy qorishmali tsilindrlar kallagini sovuq holatda qotiriladi. 
poddon  karter  boltlari  qotirilganligini  tekshirishda  deformatsiyalanish  va  germetikligini 
buzilishini oldini olish uchun ma`lum ketma-ketlikda diametral joylashgan boltlar bo`yicha qotiriladi.  
Avtotransport  korxonalarida  KSHM  va  GTM  ni  texnik  holatini  diagnostikalash  karterga  o`tib 
ketayotgan gazlar miqdori, siqish takti oxiridagi bosim va tsilindrlardan siqilgan havoni chiqib ketishi 
bo`yicha amalga oshiriladi. 
Dvigatel karteriga porshen halqasi va tsilindr orasidan o`tib ketayotgan  gazlar miqdorini gazli 
sarf o`lchagich yordamida aniqlanadi. Bunda moy shchupi o`rni teshigi va karterni shamollatish tizimi 
gaz  chiqaruvchi  quvuri  rezinali  tiqin  yordamida  berkitilib  dvigatel  karteri  zichlanadi.  O`lchovlar  di-
namometrik  stendda  to`la  yuklamada  va  tirsakli  valni  eng  katta  aylanishlar  chastotasida  o`tkaziladi. 
YAngi  dvigatellar  uchun  karterga  o`tib  ketayotgan  gazlar  miqdori  dvigatelni  modeliga  qarab  16...28 
l/min  ni  tashkil  etadi.  Bu  usulni  oddiyligiga  qaramay  amalda  qo`llash  bir  qator  qiyinchiliklar 
tug`diradi, bular to`la yuklama berish lozimligi va o`tib ketayotgan gazlarni doimiy emasligiga bog`liq. 
KSHM va GTM ni diagnostikalashni ko‘pincha siqish taktini oxiridagi bosimni kompressometr 
yordamida  o`lchash  bilan  o`tkaziladi,  bu  germetiklik  koprsatkichi  bo`lib  xizmat  qiladi  va  tsilindrlar, 
porshenlar halqasi bilan va klapanlar holatini tavsiflaydi. 
KSHM  va  GTM  ni  diagnostikalashni  zamonaviy  usullaridan  biri  tsilindrlar  ichiga  yondirish 
shami  teshigi  orqali  majburiy  yuborilgan  siqilgan  havoni  sizib  chiqib  ketishini  maxsus  asboblar 
yordamida o`lchashdir. 
Stetosko‘  yordamida  KSHM  va  GTM  birikmalaridagi  tirqishlarni  buzilishi  natijasida  kelib 
chiqadigan  shovqin  va  taqqillashlarini  eshitib  ham  dvigatelni  diagnostikalash  mumkin.  Lekin  buning 
uchun katta amaliy malakaga ega bo`lish lozim.  
Sozlash  ishlari  diagnostikalashdan  so`ng  o`tkaziladi.  Klapanlarda  taqqillash  paydo  bo`lganda 
va 2-TXK da klapanlar o`zagi va koromislo orasidagi issiqlik tirqishi sozlanadi. ZMZ-53 dvigatelidagi 
issiqlik tirqishini sozlashda birinchi tsilindr porshenini siqish taktida yuqori chetki nuqtaga (YUCHN) 
o`rnatiladi, buning uchun yondirish shamini tsilindrlar kallagidagi teshik tiqin bilan zichlab yo‘iladi va 
tirsakli  valni  dasta  yordamida  toki  tiqin  otilgunicha  aylantiriladi.  Tiqin  otilgandan  so`ng  shkivdagi 
kesik va taqsimlagich shesternyasi qo‘qog`iga o`rnatilgan tishli koprsatkichni o`rtasi bilan mos tushi-
shi lozim. Bu holatda birinchi tsilindrni klapanlar o`zagi va koromislo o`rtasidagi tirqish sozlanadi. 
Qolgan klapanlarni issiqlik tirqishlarini tsilindrdan tsilindrga o`tishda tirsakli valni 90 gradusga 
aylantirib tsilindrlarni ishlash tartibi (1-5-2-4-6-3-7-8) bo`yicha sozlanadi.  
Issiqlik  tirqishini  sozlashni  boshqa  uslubi  mavjud  (ZIL-130  misolida)  bo`lib,  unda  birinchi 
tsilindrni YUCHN o`rnatilgandan so`ng birinchi tsilindrdagi ikkala klapan, 2, 4 va 5 tsilindrlarni chi-
qish  klapanlar,  3,  7  va  8  tsilindrlarni  kirish  klapanlari  sozlanadi.  qolgan  klapanlar  esa  tirsakli  valni 
to`la aylantirgandan so`ng sozlanadi. 
KamAZ-740  avtomobili  klapanini  sozlash  uchun  maxovik  karteriga  o`rnatilgan  fiksatordan 
foydalanilanib birinchi tsilindrni yonilg`ini uzatishni boshlanishiga mos holatiga tirsakli val o`natiladi. 
So`ng ilashish muftasi karteridagi darcha (lyuk) orqali tirsakli val 60 gradusga aylantiriladi va birinchi 
va  beshinchi  tsilindrlardagi  klapanlar  sozlanadi.  Keyin  tirsakli  valni  180,  360  va  540  graduslarga 
aylantirib mos ravishda 4 va 2, 6 va 3, 7 va 8 tsilindrlardagi klapanlar sozlanadi. 
Tirsakli valni  o`rnatishdan  qat`i  nazar  sozlanayotgan  kirish  va  chiqish  klapanlari  berk  holatda 
bo`lishi lozim. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish