YUrish qismi. Oldingi va orqa ko‘priklarni to`g`ri joylashishi, rama, shataklash asboblari,
kryuklar, osmalar holati tekshiriladi. Lozim bo`lganda xomutlar, stremyankalar, ressorlar barmog`i,
amortizatorlar, reaktiv shtangalar va muvozanatlovchilar qotiriladi.
Amortizatorlar germetikligi, disklar holati, g`ildiraklar, shinalarni qotirilganligi va ulardagi bosim
tekshiriladi. Lozim bo`lganda shinalar o`rni almashtiriladi va shinalardagi bosim me`yoriga keltiriladi.
protektorga kirib qolgan begona predmetlar olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |