81
t
o
t
const
P
o‘r
bu yerda:
t
o
-har bir postda bajariladigan ish hajmi, ishchi soat
R
o‘r
- har bir postdagi o‘rtacha ishchilar soni,ishchi
t - avtomobillarni postda bo‘lish vaqti,soat
Bunday postlarning yig‘indisi oqimli qatorni tashkil etadi. TXK jarayonini bunday tashkil qi-
lish usulida, avtomobilni postdan postga o‘tish vaqti kamayadi, egallanadigan ishlab chiqarish may-
doning yuzasi kamayadi va konveyr qo‘llash imkoniyati tug‘iladi.
Bu usulning kamchiligi postlarda bajariladigan ish hajmini o‘zgartirish mumkin emasligi va
qo‘shimcha ishchilarni ushlab turish (ish hajmining oshishini inobatga olib) mumkin emasligidadir.
Oqimli qatorlar to‘xtovsiz oqmli qator va to‘xtab-to‘xtab harakatlanuvchi oqimli qator kabi turlarga
bo‘linadi.
To‘xtovsiz oqimli qatorda TXK, avtomobil postdan-postga to‘xtovsiz harakatlanib turishida
amalga oshirilishi. Bu usul asosan KXK da qo‘llaniladi. Bunda konveyr tezligi V
k
0,8-1,5 m
min,
avtomobillar orasidagi masofa U
1,2-4 m ni tashkil etadi.
To‘xtab-to‘xtab harakatlanuvchi oqimli qator deb, avtomobilga TXK da konveyrning to‘xtab
turishi va postdan-postga o‘tishida harakatlanishi tushiniladi. Bu usulni KXK da qo‘llab bo‘lmaydi,
chunki KXK da mexanizatsiyalanish va avtomatlashtirilgan moslamalar qo‘llaniladi, hamda bu yerda
tezligi 10-15 m
min bo‘lgan konveyrlar qo‘llaniladi. Ishchi posti uzunligi L
i.p
La
U, m ga, yahni
La-avtomobil uzunligining va ikki avtomobil orasidagi masofaning(U) yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Operatsion post usulida, TXK dagi ish hajmi bir necha maxsus postlarga agregat va mexaniz-
mlar turlari bo‘yicha bo‘lib yuboriladi (1-oldi ko‘prik, 2-orqa ko‘prik, 3- uzatmalar qutisi va h.k.).
Bu usulda TXK boshi berk postlarda bajariladi va har bir postda avtomobillarni turish vaqti bir
xil bo‘lishi kerak. Avtomobillarni har qanday postga qo‘yish mumkinligi ishlarini tez va sifatli ba-
jarishga imkon yaratadi, ammo avtomobilning postdan-postga o‘tish vaqti ko‘pligi tufayli, atrof-
muhitni ifloslantirishni ko‘paytiradi. Bu usulda, avtomobillarga TXK ishlari bir necha bo‘laklarga
bo‘linib, bir necha kunda o‘tkazilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
TXK usulini tanlash tartibi - TXK texnologik jarayonini tashkil etish usulini tanlash, avto-
mobillar soni va turiga,TXK ga ajratilgan vaqtga, bahzi bir operatsiyalar va TXK jarayonlar ish hajmi-
ga va avtomobil liniyada ishlash vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda, har bir smenada avtomobillarga TXK lar soniga va ularning turiga qarab usul
tanlanadi (TXK-1 lar soni 11-13 ta, TXK-2 lar soni 3 va undan ortiq bo‘lganda oqimli qator, kam
bo‘lsa, universal postlar qabul qilinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: