O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


Akkumulyatorlar batareyalariga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Akkumulyatorlar batareyalariga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash 
Akkumulyatorlar batareyalarini nosozliklari. Akkumulyatorlar batareyasini xizmat muddati uni 
to`g`ri  ishlatilganda  va  o`z  vaqtida  xizmat  koprsatilganda  taxminan  3…4  yil  yoki  avtomobilni 
75000…100 000  km  bosib  o`tgan  yo`lini,  yillik  bosib  o`tgan  yo`l  kichik  bo`lganda  6  yilni  tashkil 
qiladi.  Elektrolitlarni  ifloslanganligi,  yuqori  haroratli  va  sathi  past  elektrolitni  ishlatish  va  saqlash, 
avtomobilda akkumulyatorlar batareyasini zaryadlash tartibini buzilishi,  yuqori zichlikka ega bo`lgan 
elektrolitni  quyish  akkumulyatorlar  batareyalarini  texnik  holatiga  katta  ta`sir  koprsatadi.  Sanab 
o`tilgan  sabablar  qo`yidagi  nosozliklarni  keltirib  chiqaradi:  o`z-o`zidan  razryadlanishni  oshishi 
plastinalarda  qisqa  tutashuv  va  plastinani  sulfatlanishi.  Koprsatib  o`tilgan  nosozliklar  batareyani 
sig`imini  kamaytirishga,  yuklama  ostida  EYUK  va  kuchlanishni  pasayishiga  olib  keladi. 
Akkumulyatorlar batareyalarini koprsatilgan nosozliklarini asosiy belgilari dvigatelni ishga tushirishda 
startyor  yordamida tirsakli valni aylantirishni sekinlanishi hamda lampalarni xira yonishi va tovushni 
signalini  pasayishi.  Bundan  tashqari  Ekspluatatsiya  davrida  batareyalarni  yupqa  shtirlarida  va 
klemmalarida  oksidlanish  hamda  korpusda  yorilish  paydo  bo`ladi.  Bu  nosozliklar  dvigatelni  ishga 
tushirishda  startyorni  normal  ishlashini  buzilishiga  va  batareyadan  elektrolit  oqib  ketishiga  sabab 
bo`ladi. 
Akkumulyatorlar batareyasini ishlatishda va saqlashda qo`yidagi  sabablarga ko‘ra  o`z-o`zidan 
razryadlanishi  mumkin: ichki  qisqa  tutashuv;  batareyani  tashqi  sirtini  ifloslanishi;  batareyaga  quyish 
uchun  distillangan  suv  o`rniga  tarkibida  ishqor  va  tuz  bo`lgan  odatiy  suvni  ishlatish;  galvanik  juftlik 
hosil  qiluvchi  metall  zarrachalari  va  boshqa  buyumlarni  batareya  ichiga  tushishi.  plastinani  faol 
massasida  mahalliy  toklarni  paydo  bo`lishi  natijasida  batareya  o`z-o`zidan  razryadlanadi.  Bu  toklar 
plastinani  faol  okislangan  massasi  va  panjarasi  orasida  paydo  bo`ladigan  EYUK  hisobiga  paydo 
bo`ladi. Bundan tashqari uzoq muddat saqlaganda akkumulyatorlar batareyalaridagi elektrolit tinadi va 
batareyani pastki qismida elektrolit zichligi yuqori qismiga nisbatan ko‘payadi. Bu ‗otentsiallar farqini 
paydo  bo`lishiga  va  plastina  sirtida  teng  toklarni  hosil  bo`lishiga  olib  keladi.  Xizmat 
koprsatilmaydigan,  to`la  zaryadlangan  soz  akkumulyatorlar  batareyasini  sutkalik  o`z-o`zidan 
razryadlanishi 0,2…0,3 foizni tashkil qiladi. 
Har  xil  nomlanishdagi  plastinalarda  qisqa  tutashuv  alohida  akkumulyatorlarda  elektrolitni 
«qaynashi», sig`imini va kuchlanishni pasayishi bilan kuzatiladi. Bu hodisalarni kelib chiqish sabablari 
se‘eratorlarni shikastlanishi, ‗latinalarni tob tashashi va ulardan faol massalarni to`kilib ketishi bo`lishi 
mumkin. Faol massalarni to`kilib ketishiga avtomobilda batareyani sistematik ravishda razryadlanishi, 
qotirmasini  bo`shashi  natijasida  uni  doimiy  tebranib  (vibratsiya)  turishi  sabab  bo`ladi.  ‗latinalarda 
qisqa tutashuv bo`lganda, ular almashtiriladi. 
plastinalarni  sulfatlanishi  ularda  katta  kristalli  qo`rg`oshinni  oltinguggurtli  oksidini 
plastinalarda  oq  dog`  koprinishida  paydo  bo`lishi  bilan  bog`liq.  Bunda  akkumulyatorlarni  elektrik 
qarshiligi  oshadi.  Sulfat  qo`rg`oshinni  yirik  kristallari  faol  massa  g`ovaklarini  berkitib,  zaryadlashda 
elektrolitni o`tishiga va faol massani shakllanishiga to`sqinlik qiladi. Buning natijasida plastinani faol 
sirti kichrayadi va batareyani sig`imi kamayadi. plastinalarni sulfatlanishini sabablari shundan iboratki, 
batareyani zaryadlashda kuchlanish va elektrolit harorati tez oshadi va elektrolit «qaynaydi», elektrolit 
zichligini  oshishi  deyarli  sezilmaydi.  Bundan  keyingi  razryadlash  va  startyorni  ishlatganda  sig`imni 
kamligidan  batareya  tez  razryadlanadi.  Sulfatlanishni  kelitirib  chiqishini  asosiy  sababi  batareyani 
EYUK  miqdorigacha  razryadlanishi,  ya`ni  10,5  V  dan  kam,  elektrolit  sathini  kamayishi  natijasida 


 
49 
plastinalarni  yalang`ochlanishi,  razryadlangan  akkumulyatorlar  batareyalarini  uzoq  muddat  saqlash, 
elektrolit  zichligini  juda  kattaligi,  dvigatelni  yurgizishda  startyorni  ko‘p  vaqt  ishlatish.  Kam 
miqdordagi sulfatlanishni batareyalarni qayta tiklash zaryadi bilan bartaraf qilish mumkin. plastinalar 
ko‘p  miqdorda  sulfatlanganda  va  buning  natijasida  akkumulyatorlar  batareyalarini  normal 
Ekspluatatsiya qilish imkoniyati bo`lmaganda ular almashtiriladi. 
Musbat  shtirlarni  oksidlanishi  tashqi  zanjirda  qarshilikni  ko‘payishiga  va  hatto  tok 
o`tmasligiga olib keladi. Bu nosozlikni bartaraf qilish uchun uzatmalar klemmalari shtirlardan olinadi, 
shtirlar  va  klemmalar  metalsimon  yaltirashgacha  tozalanadi  va  klemma  shtirga  o`rnatiladi.  SHundan 
so`ng  klemmalar  va  shtirlartashqi  tomonidan  VTV-1  texnik  vazelini  yoki  boshqa  kislotaga  chidamli 
moy bilan yupqa qatlamda moylanadi.  
Korpusdagi  darzlardan  elektrolitni  to`kilishini  kuzatish  bilan  aniqlash  mumkin.  Uzatmalar 
klemmalarini  qo`‘ol  ajratib  olish  natijasida  darzlar  ko‘pincha  batareyalarni  shitirlari  atrofida  hamda 
korpus mexanik shikastlanganda paydo bo`ladi. plastmassali korpusdagi uncha katta bo`lmagan darzni 
polietilen ‗archasini kavsharlash qurilmasi  yordamida berkitiladi.  Korpusidagi   shikastlanish  sezilarli 
bo`lsa,  batareya  almashtiriladi.  Darzi  bor  akkumulyatorlar  batareyasini  majburiy  Ekspluatatsiya 
qilishda  shikastlangan  batareyaga  doimiy  elektrolit  quyish  lozim,  distillangan  suv  quyish  mumkin 
emas. 
Quruq  zaryadlangan  akkumulyatorlar  batareyalarini  ishchi  holatga  keltirish  uchun  qo`yidagi 
ishlarni bajarish lozim: 
-batareyani shamollatish teshiklaridagi germetizatorlar olib tashlanadi; 
-kerakli zichlikdagi elektrolit talab etilgan sathgacha quyiladi; 
-elektrodlar elektrolitga to`yinguncha batareyalar ikki soat davomida turadi; 
-batareyani texnik holati tekshiriladi: elektrolitni zichligi va harorati tekshiriladi; 
-lozim  bo`lganda  batareyani  zaryadlash  va  elektrolit  zichligi  va  sathiga  o`zgartirish  kiritish 
bilan uning texnik holatini tekshirish. 
Qo`rg`oshinli  akkumulyatorlar  batareyasida  elektrolit  sifatida  maxsus  akkumulyatorli  yoki 
kimyoviy toza CHDA markali oltingugurt kislotasini suvdagi eritmasi ishlatiladi.  
quruq  zaryadlangan  batareyalarga  quyish  uchun  sotuvda  mavjud  1,27  yoki  1,28  g/sm
3
  li 
elektrolitdan  foydalanish  mumkin.  Lekin  elektrolitni  o‘timal  zichligi  Ekspluatatsiya  sharoitiga 
bog`liqligini hisobga olib, kerakli zichlikka ega bo`lgan elektrolitni tayyorlash va uni to`g`rilash lozim 
bo`ladi.  
Kislota  bilan  ishlaganda  uni  odamni  ochiq  badaniga  tushishi  natijasida  kuyish  ehtimoli 
borligini hisobga olib elektrolit tayyorlashda qo`yidagi ehtiyot choralarini koprish lozim. 
Kislotani  distallangan  suv  bilan  aralashtirishda  asosiy  qoida  kerakli  miqdordagi  distillangan 
suvga  yupqa  oqimli  kislotani  asta-sekin  quyiladi,  quyish  vaqtida  plastmassa  kaltakcha  yoki  qoshiq 
bilan aralashtirib turiladi.  

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish