46
berilgan bosimga qarshi va bosimda (YAMZ-236 dvigateli uchun stend valigini 1050 aylanasida beril-
gan bosimga qarshi 150-170 KPa va yonilg`i kanali to`la yo‘iq bo`lganda bosim 380 KPa da yonilg`i
nasosini unumdorligi 2,2 l/min bo`lishi lozim) yonilg`i kanali to`la yo‘iq bo`lganda ma`lum unumdor-
likka ega bo`lishi lozim.
YOqori bosim yonilg`i nasosi dvigatel tsilindriga yonilg`ini uzatishni boshlanishi, tekis taqsim-
lanishi va uzatishni miqdori bo`yicha tekshiriladi. YOnilg`ini uzatishni boshlanishini aniqlash uchun
nasosni chiqish shtutseriga o`rnatilgan ichki diametri 1,5...2,0 mm li shisha quvurli momentosko‘ va
nasos valiga qotirilgan graduslangan disk (limb) ishlatiladi. Stend valigini aylantirganda nasos
sektsiyasi yonilg`ini momentosko‘ quvuriga uzatadi. Birinchi tsilindr quvurida yonilg`ini harakatlan-
ishini boshlanish lahzasini graduslangan disk bo`yicha belgilanadi. Bu holat nol, ya`ni hisobni bosh-
lanishi deb qabul qilinadi. Keyingi tsilindrlarga yonilg`ini uzatilishi tsilindrlarni ishlash tartibiga
(KamAZ-740 dvigatelini ishlash tartibi 1-5-4-2-6-3-7-8) mos ravishda valikni burilishini ma`lum
burchaklari orqali amalga oshiriladi. YOnilg`ini beshinchi tsilindrga uzatishi 45 gradusda, keyingi
tsilindrlarga yonilg`i uzatish 4 (4-sektsiya)-90
0
, 2 (5-sektsiya)-135
0
, 6 (7-sektsiya)-180
0
, 3 (3-sektsiya)-
225
0
, 7 (6-sektsiya)-270
0
, 8 (2-sektsiya)-3150 amalga oshiriladi. Bunda har bir sektsiyani yonilg`ini
uzatishni boshlanishi birinchi sektsiyaga nisbatan oralig`i 0,5
0
ko‘p bo`lmasligi lozim.
Stendda sinashda nasosni har bir seksiyasini tsilindrga uzatayotgan yonilg`i miqdori o`lchov
menzurkasi yordamida aniqlanadi. Buning uchun nasos stendga o`rnatiladi va elektrodvigatel
yordamida stend valigi harakatga keltiriladi. YUBYON soz va rostlangan forsunkalar komplekti bilan
birgalikda sinovdan o`tkaziladi. Bunda yonilg`i uzatish miqdori (‗lunjerni bitta yo`lida sektsiya uzata-
digan yonilg`i miqdori) KamAZ-740 dvigateli uchun 72,5...75,0 mm
3
g`tsikl ni tashkil etadi. Nasosni
yonilg`i uzatishni notekisligi 5 foizdan oshmasligi lozim. YOnilg`ini notekis uzatish quyidagi formula
bilan aniqlanadi:
%
100
)
(
2
min
max
min
max
V
V
V
V
,
bu yerda
max
V
- maksimal unumdorlik bilan sektsiyani tsiklli uzatmasi;
min
V
- minimal unumdorlik bilan sektsiyani tsiklli uzatmasi.
Dizel dvigateli forsunkasini NIIAT-1609 stendida germetiklikka, ninani koptarilishini bosh-
lanishidagi bosimga va yonilg`i purkash sifatiga tekshiriladi. Nasos sektsiyasini ‗lunjeri ‗ishang
yordamida qo`lda harakatga keltirildai. Forsunkani germetiklikka tekshirish uchun uni rostlash vinti
tortiladi, shundan so`ng stendni nasosini sektsiyasi yordamida unda 30 MPa gacha bosim hosil qilinadi
va bosimni 30,0 dan 23,0 MPa gacha tushish vaqti aniqlanadi. yeyilgan forsunkalar uchun bosimni
tushish vaqti 5 soniyadan, yangi purkagichli forsunkalar uchun esa 20 soniyadan kam bo`lmasligi lo-
zim. Forsunka ninasini koptarilishini boshlanish bosimini nasos sektsiyasini bosimi oshiriladi va uni
miqdori aniqlanadi. KamAZ dvigatellarini forsunkasida yonilg`ini purkash 17,6 MPa bosimda,
YAMZ-236 va YAMZ-238 dvigatellarida esa 14,7
q0,5
MPa boshlanadi.
Ishlayotgan dvigatelda ninani koptarilishini boshlanishini maksimetr yordamida aniqlash mum-
kin. Bu asbob ishlash tamoyili bo`yicha forsunkaga o`xshash, lekin rostlash gaykasida nonius shkalali
mikrometr qurilmasi mavjud bo`lib, ninani koptarilishini boshlanishi bosimini belgilaydi. Maksimetr
yuqori bosim yonilg`i nasosi sektsiyasi va tekshirilayotgan forsunka orasiga o`rnatiladi. Forsunka va
maksimetr bilan yonilg`i bir vaqtda purkalishiga erishilganda maksimetrni holati bo`yicha u qanday
bosimda sodir bo`lganligi aniqlanadi.
NIIAT-1609 asbobi yordamida forsunkani purkash sifatini ham tekshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: