Dvigatel moylash tizimini yuvish. Moylash tizimini yuvish uchun kam qovushoqli (6-8 mm
2
/soat) maxsus qo`shimchali moylardan foydalaniladi. Rossiya tomonidan VNIIN‘-FD, MS‘-1 yoki
M‘T-2m VNIIN‘-113/3 «FIAT» (Italiya) firmasi tomonidan «Olifiat L-20», «SHell» firmasi tomoni-
dan «SHell Donaks», karbyuratorli dvigatellarni moylash tizimini yuvish uchun yuvuvchi moylar ish-
lab chiqariladi. YUvuvchi moylar bo`lmaganda 50% dizel yonilg`i va 50% kam qovushqoqli motor
moyidan yoki 45% Uayt-s‘irt, 45% mashina moyi va 10% atsetonli aralashmadan foydalanish mum-
kin. Dizel dvigatellarini yuvish uchun D‘-8 va D‘-11 moyi regeneratoridan foydalanish mumkin.
KamAZ avtomobillarini dvigatelini yuvish uchun 60% dizel yonilg`isi va 40% dizel moyi
aralashmasidan foydalanish mumkin. Dvigatel yurgiziladi va uning 70...80
0
S haroratgacha qizdiriladi,
moy karter va filtrlardan moy to`kish teshigi orqali to`kiladi. Mayin filtrlar elementlari almashtiriladi,
dag`al filtr dizel yonilg`isida obdan yuviladi va siqilgan havo yordamida ‗udaladi. Filtrlar yig`ilib
o`rniga qo`yiladi, shundan so`ng dvigatel karteriga kerakli sathgacha yuvuvchi moy yoki yuqoridagi
aralashma quyiladi. Dvigatel yurgiziladi va tirsakli valni kichik aylanishida yuvuvchi moy 20 daqiqa (aralashma) 5
daqiqa ishlatiladi. So`ng dvigatel to`xtatilib yuvuvchi moy yoki aralashma to`kib yuboriladi. Dag`al
filtr qismlarga bo`linib uning elementlari yuviladi. Mayin filtrni elementlari almashtiriladi. Bu ishlar
tugagandan so`ng karterga dvigatelga mos markadagi moy quyiladi va tizim moy bilan to`lishi uchun
salt yurishda ishlatiladi. Dvigatel to`xtatilib moy sathi tekshiriladi, lozim bo`lsa me`yoriga keltiriladi.
Moylash tizimiga 1-TXK da asboblar va moy trubkalarini germetikligi tekshiriladi. Dvigatel
qizdiriladi, moy filtridan cho`kindi to`kiladi va uning korpusi tozalanadi va yuviladi. Grafik bo`yicha
dvigatel karteridagi moy va filtrlovchi elementlari almashtiriladi, markazdan qochma filtrlar element-
lari yuviladi.
Moylash tizimining ishonchli ishlashi ko‘pgina hollarda filtrlarni holatiga bog`liq. Zamonaviy
avtomobillarni ko‘pchiligida mayin va dag`al filtrlar (markazdan qochma) ishlatiladi.
2-TXK da mayin tozalash filtrlarini elementlari almashtiriladi, markazdan qochma filtrlar qismlar-
ga bo`linib uning elementlari yuviladi.
Odatiy Ekspluatatsiya sharoitida markazdan qochma filtr soz ishlaganda 10000...12000 km yo`l
bosib o`tgandan so`ng rotor qal‘og`ida 150...200 g (4 mm qalinlikka 100 g ifloslik to`g`ri keladi), og`ir
sharoitlarda 600 g gacha ifloslik to`planadi.
Ifloslikni to`planmasligi rotorni aylanmaganligini koprsatadi va ifloslik aylanuvchi moy bilan yu-
vilib ketadi. Bu ZIL-130 avtomobilida kojuxni barashkali gaykasini qattiq qotirish, KamAZ avto-
mobillarida esa rotorni qotirish gaykasini o`z-o`zidan bo`shab ketishi tufayli bo`lishi mumkin.
KamAZ avtomobili markazdan qochma filtrni yig`ishda muvozanat bo`zilishini oldini olish uchun
qal‘oqni usti tomonidagi belgi va rotor asosidagi belgi bir-biriga mos tushishi kerak. Aks holda 5000
ayl g`min chastota bilan aylanayotgan filtr qattiq titraydi va uni ishi yomonlashadi. To`g`ri yig`ilgan
va toza filtr dvigatel to`xtagandan so`ng rotor o`ziga xos tovush chiqarib 2...3 daqiqa aylanib turadi.