Moy sarfini ko’payishi. Klapanlar moy qaytaruvchi kal‘achoklarini, tsilindr porshen guruhi detal-
larini yeyilishi hamda karterda moy sathini koptarilib ketishi natijasida yonish kamerasiga moyni
tushishi va birikmalardan tomishi sababli moy sarfi ko‘payadi. Moy sarfi avtomobillarni 100 km. bosib
o`tgan yo`liga moy sarfi VAZ dvigatellari uchun 40...50 g dan GAZ-53A dvigateli uchun 150 g, ZIL-
130 dvigateli uchun 200 g, KamAZ-740 dvigateli uchun 300 g dan ko‘p bo`lmasligi lozim. Agar moy
sarfi 100 km bosib o`tgan yo`lga VAZ dvigatellari uchun 200 g dan oshsa (moy qaytaruvchi kol‘achok
yeyilmagan bo`lish sharti bilan) tsilindr porshen guruhi ta`mirlanadi. Bundan tashqari moy sarfi avto-
mobilni chiniqtirayotganda 5000 km yo`l bosib o`tishgacha ko‘payishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |