33
Radiatorni germetiksizlanishini shkastlangan joylarni kavsharlash bilan tiklanadi. qattiq
shkastlangan o`zaklar yangisiga almashtiriladi yoki olib tashlanadi, o`rnatilgan joylari kavsharlanadi.
O`zaklarni 5% ni olib tashlash va 20% ni almashtirishga ruxsat etiladi. Latun qorishmali radiatorlarni
kavsharlash qiyinchilik tug`dirmaydi. Lekin alyuminiy qorishmasidan tayyorlangan radiatorlarning
payvandlashda bir qator qiyinchiliklar mavjud. Buning uchun gaz gorelkasi,
3...4 mm diametrli
SVAK 5 simli, 34A markali simli kavshar, F-34A konussimon flyus ishlatiladi. Kavsharlash uchun
tayyorlangan joy gorelka o`ti bilan 400...500
0
S gacha qizdiriladi.
Agar detal yetarlicha qizitilmasa, unda kavshar sirti bo`yicha bir xil taqsimlanmaydi, aloxida
bo`lib to`planib qoladi. Kavsharlash mintaqasini qiziganlik haroratini amalda yog`och kaltak bilan
aniqlash mumkin. Normal qizigan joyga tegizganda kaltak egiladi va qoramtir iz qoldiradi.
Radiatorni avtomobilga o`rnatishdan oldin 0,1 MPa siqilgan havo bilan 3...5 min davomida tekshiri-
ladi. Suv bilan tekshirilganda bosim 0,1...0,1 MPa bo`lishi lozim.
Termostatning asosiy klapani bekilmaganda dvigatel o`ta sovib ketadi. Buning uchun termostatni
ishlashini tekshirish lozim. Dvigatel sovutish suyuqligini past haroratda ishlaganda quvatini
yo`qotishiga olib keladi va krivoshi‘-shatun mexanizmini detallari jadal yeyiladi, buning natijasida
yonilg`i bug`lari kondentsasiyalanadi, tsilindr devorlaridan moy yuviladi va karterdagi moy suyulib
ketish sababli moylash sharoiti yomonlashadi.
Suyuqlik nasosi o`zi harakatlanuvchi salnik zichlagich yoki ‗odshibniklar shikastlanganda tamir-
lanadi. Suyuqlik nasosini tamirlashda avtomobildan yechib olinadi va qisimlarga ajratilib uni holati
tekshiriladi va detallari almashtiriladi. Zichlagich manjeti germitikligi buzilganda uni almashtirish
quyidagi qisimlarga ajratish ishlari bajariladi.
Universal s`yomnik yordamida krilchatka nasos o`qidan ajratib olinadi. So`ng press yoki opravka
yordamida podshipnik val bilan birgalikda korpusdan ajratib olinadi va yangisi korpusga ‗reslanadi.
Yig`ishdan oldin val ‗odshibnigi urilishsiz ishlashi, zichlagichlar shikastlanmaganligiga va juda katta
lyufti (podshipnikdagi o`q lyufti 5kgs yuklamada 0,13 mm dan oshmasligi lozim) bo`lmasligiga
ishonch xosil qilish kerak. Lozim bo`lganda yangi ‗odshibnik val va stupitsa bilan birga almashtiriladi.
Eski stupitsani yangi valikka o`rnatish tavsiya etilmaydi, valikdan ‗reslab chiqarilgan gupchak yangi
valikga ishonchli o`tirmasligi mumkin. Talab qilingan yig`ma o`lchamlarni ta`mirlash uchun nasos
valigiga gupchakni va krelchatkali ‗reslash uchun maxsus moslama ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: