4.1. Transport vositalarini tozalash-yuvish ishlari texnologiyasi
Avtomobillarga kundalik texnik xizmat koprsatishni asosiy vazifasi, ularning tashqi koprin-
ishini yaxshilash, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish, toza holda ushlab turish, yonilg`i-moylash
materiallari va boshqa suyuqliklar sathini tekshirish va to`ldirishdan iboratdir.
Kundalik texnik xizmat koprsatishda avtomobillarni nazorat qilish, tozalash-yuvish, yonilg`i
moylash materiallari va boshqa suyuqliklarni sathini tekshirish va lozim bo`lganda to`ldirish hamda
yengil avtomobillar va avtobuslarga xos ishlar bajariladi.
Kundalik texnik xizmat koprsatishni asosiy qismi avtomobillarni tozalash-yuvish ishlarini o`z
ichiga oladi.
Tozalash-yuvish ishlari avtomobillarni toza holatda ushlab turish, ya`ni tashqi koprinishini
yaxshilash, yuk va yo`lovchi tashishda sanitariya-gigiena qoidalariga rioya qilish, lok-bo`yoq qopla-
malarini himoya qilish, nosozliklarni aniqlashni osonlashtirish hamda texnik xizmat koprsatish va
ta`mirlash mehnat sarfini kamaytirish uchun xizmat qiladi.
Avtomobillar har xil yo`l va tabiiy iqlim sharoitlarida Ekspluatatsiya qilinadi va ularni shassisi
va kuzovi har xil turdagi qoldiqlar (chang, loy, neft mahsulotlari qoldiqlari va hokazolar) bilan
ifloslanadi.
Atrof-muhit harorati va atmosfera ta`sirida kuzovga har xil organik va noorganik kislotali
iflosliklar yo‘ishib qoladi, bularni ta`sirida lok-bo`yoq qoplamalari qaytmas kimyoviy xossaga ega
bo`lishadi, ya`ni elastikligi yoqoladi. Lok-bo`yoq qoplamalarni elastikligini yoqolishi avtomobil hara-
katlanishida kuzovni deformatsiyalanishi va tebranishi natijasida ham sodir bo`ladi. Bularning na-
tijasida lok-bo`yoq materiallari sirtida mikroyorug`liklar paydo bo`ladi, metall sirti ochilib qoladi va
zanglash jarayoni tezlashadi. Zanglagan kuzov sirtidagi bo`yoq qoplamasi xiralashadi va shikastlanadi.
Avtomobillarni tag qismi tu‘roqli, qumli, organik va boshqa aralashmalar bilan ifloslanadi, bu esa
avtomobillarni tag qismini tekshirish va xizmat koprsatishda qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Kuzovni
xromlangan detallari havo tarkibidagi oltingugurt hamda sir‘anchiq vaqtida yo`lga se‘ilgan tuzlar
ta`sirida xiralashadi. Kuzovni ichki qoplamasi, yostiq va o`tirg`ich suyanchig`i, asboblar paneli va pol
chang va boshqa qoldiqlar bilan ifloslanadi.
YUqoridagilardan kelib chiqib kundalik texnik xizmat koprsatishda harkatlantiruvchi tarkibni
tozalash, yuvish, quritish va kuzovlarni doimo yaltiratish ishlari olib boriladi.
Avtomobillar sovuq yoki iliq (25-30
0
) suvda yuviladi. Kuzov bo`yoqlarini shikastlanishini
oldini olish uchun yuvilayotgan sirt va suv haroratlari orasidagi farq 18-20
0
dan ko‘p bo`lmasligi lo-
zim.
Suv oqimi bilan yuvilayotganda kuzovni silliqlangan sirtida ilashmagan changsimon
iflosliklardan juda mayda (30 mkm gacha) chang zarralari qoladi, bular yupqa suv qatlamida qoladi va
ular quriganda kuzovni sirtida kulrang qoldiq qoladi. SHuning uchun suv oqimi bilan yuvish samara-
dorligini oshirish uchun cho`tka yoki yumshoq g`ovak materialldan (gubka) foydalaniladi.
Suv oqimi bilan avtomobillar yuvilganda suv sarfi yetarlicha ko‘p bo`ladi. Suv bosimi 1,5 MPa
bo`lganda yuk avtomobilini yuvish uchun 600...1200 l suv sarflanadi. SHuning uchun avtomobillarni
yuvishda mexanizatsiyalashgan yuvish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |