YOnilg`i-moylash materiallarini tejash yo`llari
Respublikamizda qayta ishlanayotgan neft mahsulotlarining yarmidan ko‘prog`i, shu
jumladan benzinning 65% i, dizel yonilg`isini 35% i avtomobil transporti ehtiyoji uchun ishlatiladi.
YUk tashish tannarxining 15-20% i yonilg`i-moy mahsulotlari uchun sarflanadi. SHu sababli,
yonilg`i va moy mahsulotlarini tejash yuk tashish tannarxini kamaytiribgina qolmay, balki mamla-
katimiz energetik zahiralarini asrashga ham imkon beradi. Bundan yonilg`i-moy mahsulotlarini
omborlardan tashib kelishda, saqlashda va avtomobillarga tarqatishda ularni tejashga qaratilgan tad-
birlarni amalga oshirish kerakligi namoyon bo`ladi.
Mamlakatimizda avtomobillar sonining ko‘payish sur`ati, asosiy yonilg`i xomashyosi
bo`lgan neft qazib olish sur`atidan ancha yuqori. SHu sababli, yonilg`ini tejab sarflaydigan tadbirlar
qo`llanilishi kerak. Hozirgi paytda bu muammo quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
1. YOnilg`ini sarfini kamaytirish. Bunga:
■dvigatel konstruksiyalarini takomillashtirish;
■avtomobil konstruksiyasidagi metall qismlar hajmini kamaytirish;
• dizel yonilg`isi bilan ishlaydigan dvigatellarga o`tish;
• avtomobillarni Ekspluatatsiya qilishda yonilg`i sarfini kamaytirish bilan erishiladi.
Avtomobillarni Ekspluatatsiya qilishda yonilg`i sarfiga quyidagi omillar ta`sir koprsatadi:
- transport ‗rotsessini tashkil qilish;
- ishlatiladigan yonilg`i navlarining texnik hujjat va ishlash sharoitlariga to`g`ri kelishi;
- avtomobillami boshqarish mahorati;
- yonilg`i yetkazib berish jihozlarining holati;
- yondirish tizimining to`g`ri qo`yilishi;
:
- dvigatelning texnik holati;
- avtomobillar yurish tizimining holati;
103
-yonilg`ini tashib kclish, saqlash va tarqatish qoidalariga rioya qilish kabi omillarga
bog`liqdir.
2. YOnilg`ining boshqa turlaridan foydalanish. Keyingi yillarda dunyo mamlakatlarida
yonilg`ining boshqa turlarida ishlaydigan avtomobillarning soni kun sayin ko‘payib bormoqda.
Bu yonilg`ilarga quyidagilar kiradi:
•siqilgan gaz, tarkibi metan 82-98%, etan, ‗ro‘an 1,5% gacha, butan 1%;
■suyultirilgan gaz (tarkibi: ‗ro‘an, butan, ‗ro‘ilin);
•YOg`och s‘irti;
■gazokondensatorlar aralashmasi;
• Benzin va suv aralashmalari;
• Benzin va vodorod aralashmalari.
Avtomobillarni Ekspluatatsiya qilish jarayonida sarflashni tejash uchun yonilg`i sarfi
nimalarga bog`liqligini bilishimiz kerak. U shu avtomobilning texnik holatiga juda bog`liqdir.
YOnilg`ini saqlashdagi yo`qotish zichsizlashgan birikmalar orqali sizib chiqish, sig`imlarni
to`ldirish paytidagi to`kilish va shamollatish natijasida hamda qo`yosh nuri ta`sirida nafas olish
klapanlari orqali bug`lanish oqibatlarida sodir bo`ladi. YUqoridagilardan koprinib turibdiki,
yo`qotish miqdoriy yoki sifat bo`yicha bo`lishi mumkin. YOnilg`ining miqdoriy yo`qolishini ka-
maytirish uchun zichligi ta`minlangan soz idishlarda tashish va to`kilishning oldini olish kerak. Sifat
bo`yicha yo`qotishni kamaytirish uchun yonilg`i saqlanadigan idishlar quyosh nurini qaytaruvchi
yorqin rangga bo`yalishi kerak. Sig`imdagi zang qoldiqlari, chang va suv yonilg`ini ifloslantirishi
oqibatida sifat yo`qotishi ko‘payadi. Idishlar qo‘qoqlari to`liq yo‘ilmasligi yonilg`ining 3-5% i
bug`lanib ketishiga olib keladi. Nafas olish klapani orqali 1% yonilg`i yo`qotiladi.
quyish vaqtidagi yo`qotish yonilg`ining yerga to`kilishi va quyilayotgan yonilg`ini no-
to`g`ri hisoblash evaziga sodir bo`ladi.
YOnilg`i sarfini kamaytirishning me`yoriy shartlaridan biri ratsional me`yorlash va
hisobga olish tizimini qo`llash hamda ishchilarni yonilg`i-moy materiallarini tejashga qiziqtirish
hisoblanadi.
104
Do'stlaringiz bilan baham: |