Moylash mahsulotlarini tashib kelish va tarqatish
Moylash mahsulotlarini saqlash va tarqatishni to`g`ri tashkil qilish, ularning sifatini
saqlash, omborda bajariladigan operatsiyalar jarayonida moy sarfini kamaytirishni ta`minlaydi.
Moylash mahsulotlarini markazlashgan holda tashib kelish, saqlash va tarqatish koprsatilgan tal-
ablarni qoniqtiradi. Bunda moylar avtotsisterna, bochka yoki maxsus sig`imlarda tashib kelinadi,
tsisterna yoki boshqa sig`imlarda maxsus omborxonalarda saqlanadi va quvurlar yordamida moy-
lash postlariga yetkazib beriladi. Suyuq moylar avtomobil tsistrenalari yoki metall bochkalarda,
surkov moylari esa-yog`och yoki metall bochkalarda keltiriladi.
Ko‘pgina hollarda moy omborlari yerto`laga joylashtiriladi, bu o`z navbatida keltirilgan to-
za moylarning hamda moylash postidagi ishlatilgan moylarning oqib tushishini ta`minlaydi.
quvurlarning uzunligini kamaytirish maqsadida omborlar imkoniyatga qarab moylash postlariga
yaqinroq joylashtiriladi. Har bir turdagi moylash mahsuloti uchun alohida idish ajratiladi.
Suyuq moylar omborxonadagi idishlardan moylash postlariga siqilgan havo yoki nasos
yordamida yetkazib beriladi.
Moylash mahsulotlari omborida kerosin, dvigatel moylash tizimini yuvish suyuqligi,
tormoz suyuqligi va antifriz uchun joy ajratiladi.
Moy omborida toza va ishlatilgan moylarni saqlash uchun sig`imlar joylashtiriladi.
Agar korxonada moylarni qayta ishlash ko‘zda tutilmagan bo`lsa, ishlatilgan moyni qayta ishlashga
yuborish uchun avtotsisternalarga quyish imkoniyati yaratiladi. qayta ishlangan moy alohida idishlarda
saqlanadi. Moy shesternyali nasoslar yordamida uzatiladi. Hamma moy saqlash idishlari bug`
yordamida isitiladi. Moyni markazlashgan usulda tarqatish bilan birga, harakatlanuvchi idishlar
yordamida tarqatish ham ko‘zda tutiladi.
Avtomobilning moylanadigan joylariga surkov moylari 5 MPa bosim ostida shestrnyali nasos
hamda moy tarqatkichlar orqali yuboriladi. past haroratda moy qovushqoqligining kamayishini va hay-
dashga qarshiligining oshishini inobatga olib, omborxonani isitish nazarda tutilgan. Ishlatilgan moy-
lar moylash postidagi to`kkichlar yordamida yig`iladi va yerto`la-ombordagi idishga o`z harakati
bilan oqib tushadi. U yerdan quvur orqali qayta ishlash uchun haydalib Avtosistrenaga quyiladi.
YOng`inga qarshi himoya talablariga muvofiq, moy saqlash omborining poli betonlangan
yoki metlax plitalari bilan qoplangan bo`lishi kerak.
Koprib chiqilgan moy xo`jaligi katta ATK larda qo`llash uchun mo`ljallangan. Kichik ATK
larda harakatlanuvchi moy taqsimlovchi moylash-to`ldirish jihozlari ishlatiladi. Bular o`z navbatida
moy xo`jaligini zamonaviy darajada. Tashkil qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |