O`zbeкistоn rеspubliкаsi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi


-ma`ruza. Transport vositalariga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash tizimi



Download 2,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/210
Sana31.12.2021
Hajmi2,34 Mb.
#212659
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   210
Bog'liq
avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

3-ma`ruza. Transport vositalariga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash tizimi 
 
O`quv moduli birliklari 
1. 
TXK  va  T  tizimining  maqadi  va  vazifalari.  2.  Transport  vositalariga  TXK  va  T  to`g`isidagi 
«Nizom».  3.  Transport  vositalariga  TXK  va  T  turlari.  4.  TXK  va  T  ishlari  tasnifi.  5.  TXK  ishlari 
me`yorlari.  6.  Ta`mirlash  ishlari  hajmi.  7.  Respublikamiz  sharoitida  transport  vositalariga  TXK  va  T 
me`yorlari va ularga o`zgartirishlar kiritish. 
 
Tayanch so`z va iboralar 
 
Texnik  xizmat  koprsatish  (TXK).  Joriy  ta`mirlash  (JT).  TXK  va  T  to`g`risidagi  Nizom.  TXK 
turlari.  Ta`mirlash  turlari.  TXK  da  bajariladigan  ishlar.  Ta`mirlashda  bajariladigan  ishlar.  TXK  va  T 
me`yorlari.  
 
 Avtomobillarga texnik xizmat koprsatish va ta`mirlash tizimi 
 
Ekspluatatsiya  jarayonida  tarmoq,  agregat  va  butunlay  avtomobilni  texnik  holati  parametrlarini 
o`zgarish  -qonuniyatlarini  miqdoriy  va  sifat  tavsiflarini  bilish  ish  qobilyatini  va  texnik  holatini 
boshqarishga, ya`ni uni ish qobilyatini ushlab turish va tiklashga imkon yaratadi. Bu ishlar ikkita katta 
guruhga bo`linadi-texnik xizmat koprsatish (TXK) va ta`mirlash (T). 
Harakatdagi  tarkibni  ishlash  qobilyatini  yuqori  darajada  ushlab  turish,  ko‘proq  qismlar 
ogohlantirilgan bo`lishi, ya`ni buyumni ishlash qobilyati nosozlik paydo bo`lishidan oldin tiklanishini 
talab  qiladi.  SHuning  uchun  TXK  ni  asosiy  vazifasi  buzilishlar  paydo  bo`lishini  va  nosozliklarni 
ogohlantirish va uni oldini olishdan, ta`mirlashni vazifasi esa ularni tiklashdan (ishlash qobilyatini ti-
klash) iborat. 
 Buzuqliklar  va  nosozliklarni  ogohlantirish  TXK  ni  reglamentlashni,  ya`ni  reja  bo`yicha 
o`rnatilgan davriylik va mehnat sig`imi bo`yicha alohida operatsiyalarni bajarishni talab qiladi. Bajari-
ladigan operatsiyalar nomlanishi, ularni davriyliklari va mehnat sig`imlari TXK rejimini tashkil qiladi. 
  Avtomobillarga TXK va T reja asosida o`tkaziladi. TXK va ta`mirlash tizimi avtomobillarni Ek-
spluatatsiya  jarayonida  berilgan  sifat  koprsatkichlarini  ta`minlash  maqsadida  TXK  va  T  bo`yicha 
o`tkaziladigan ishlar tartibini aniqlovchi o`zaro bog`liq Nizom va me`yorlar majmuidan iborat. 
 Deyarli  hamma  davlatlarni  avtomobil  transportida  rejali-ogohlantiruvchi  tizimdan  foydalaniladi. 
TXK ogohlantiruvchi (‗roflaktik) harakterga ega bo`lib, avtomobil ma`lum yo`l bosib o`tganidan (ish-
lash muddatidan) so`ng majburiy ravishda o`tkaziladi, ta`mir esa odatda talab bo`yicha, ya`ni nosozlik 
paydo bo`lgandan keyin bajariladi.  
 Avtomobillarga TXK va T tizimiga quyidagi talablar quyiladi: 
-  mehnat  va  materiallarni  unumli  sarfida  avtomobil  saroyini  Ekspluatatsion  ishonchliligini 
ta`minlovchi; 
- resurs tejovchi va atrof-muhitni himoya qilishga yo`naltirish; 
- avtotransport korxonasidagi ishchi joyidan boshlab toki umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan re-
jalash  tashkilotlarigacha  avtokorxona  ichida  va  avtokorxonalar  orasida  xo`jalik  hisobini  me`yoriy 
ta`minlash; 
 - avtotransport korxonasidagi ishchi joyidan boshlab toki umumdavlat ahamiyatiga ega bo`lgan re-
jalash  tashkilotlarigacha  TXK  va  T  ni  rejalash  va  tashkil  etish  bo`yicha  avtokorxona  ichida  va 
avtokorxonalar orasida xo`jalik hisobiga o`tish; 
-  qaysi  tarmoqqa  bo`ysunishidan  qat`i  nazar  (ichki  ishlar  va  harbiy  vazirliklarga  qarashli  avto-
mobillar bundan mustasno) avtomobil transportiga ega bo`lgan hamma korxona va tashkilotlar uchun 
majburiydir; 
-  avtomobil  transporti  muhandis-texnik  xodimlari  hamma  zvenolarini  qo`llash  va  qaror  qabul  qi-
lishi uchun aniq imkoniyatli va yaroqli bo`lishi; 
- avtomobillarni Ekspluatatsiya sharoitini, konstruktsiyasini va ishonchliligini hamda xo`jalik mex-
anizmini hisobga oluvchi asosiy tamoyillarini turg`unligi va aniq me`yorlarini egiluvchanligi; 
- avtomobillarni Ekspluatatsiya sharoiti har xilligini hisobga olish. 
Harakatlanuvchi  tarkibga  TXK  va  ta`mirlashni  tashkil  etish  va  me`yorlarni  tamoyilli  asoslari  hara-
katlanuvchi tarkib  avtomobil transportiga TXK va ta`mirlash haqidagi  «Nizom» bilan reglamentlanadi. 
Bu «Nizom» avtomobillarni texnik Ekspluatatsiyasidagi ilmiy tekshirishlar, ilg`or avtotransport korxon-
alari  tajribasi  va  avtomobil  sanoati  tomonidan  avtomobillarni  sifatini  oshirish  bo`yicha  qilingan  ishlar 
natijasidir.  Bu  hujjat  avtomobillarga  TXK  va  ta`mirlash  bo`yicha  asosiy  me`yoriy  hujjat  hisoblanib,  u 
asosida  TXK  va  ta`mirlash  ishlari  rejalashtiriladi  va  tashkil  qilinadi,  resurslar  aniqlanadi,  avtotransport 
korxonalari loyihalanadi va rekonstruktsiya qilinadi hamda bir qator me`yoriy-texnologik hujjatlar ishlab 
chiqiladi


 
13 
 Harakatlanuvchi  tarkibga  TXK  va  T  «Nizomi»  ikki  qismdan  iborat  bo`lib,  birinchi  qismida 
avtmobil  transportiga  TXK  va  ta`mirlash  tizimini  va  texnik  siyosatini  aniqlovchi  TXK  va  T  asoslari 
berilgan. Birinchi qism TXK va ta`mirlash tizimi va turlarini hamda ularni reglamentlovchi dastlabki 
me`yorlarni:  Ekspluatatsiya  sharoitini  tasnifini  va  me`yorlarni  to`g`rilash  uslublarini;  avtotransport 
korxonalarida  TXK  va  ta`mirlash  ishlarini  tashkil  qilish  tamoyillarini;  TXK  operatsiyalari  va  boshqa 
asosiy hujjatlarni o`z ichiga oladi. 
  «Nizomni»  ikkinchi  qismi  avtomobilarni  modellari  bo`yicha  me`yorlarni  o`z  ichiga  oladi.  Ular 
alohida  ilova  sifatida  avtomobilni  konstruktsiyasi,  Ekspluatatsiya  sharoiti  va  boshqa  omillar 
o`zgarganda ishlab chiqiladi. 
  «Nizom»  asosida  avtotransport  korxonalarida  TXK  va  T  ni  samarali  tashkil  qilish  aniqlangan. 
Ishlab chiqarish texnik negizi va hududdagi harkatlanuvchi tarkibga TXK va ta`mirlashni tashkil qilish 
shaklini rivojlanishi tamoyillari va  yo`nalishlari, ish turlari va hajmlari aniqlangan. TXK davriyligini, 
yo`lakay  TXK  postlarida  bajariladigan  joriy  ta`mirlashni  ruxsat  etilgan  hajmini  rejalashtirish 
uslublarini  tanlash  bo`yicha,  TXK  uslublarini  tanlash,  texnik  holatini  aniqlash  uchun  diagnostik 
vositalar va texnik jarayonlarni loyihalash uchun aniq tavsiyalar berilgan. Avtotransport korxonalarida 
hisobga olish tizimiga talablar ko‘zda tutilgan. 
«Nizom»  ni  ilovasida  harakatdagi  tarkibni  ishga  yaroqli  holatini  ta`minlovchi  kom‘leks  koprsat-
kichlari; agregat, tarmoq va detallar nomlanishlari, ularni texnik holati avtomobil transporti ishlaganda 
xavfsiz  harakatlanishini,  yonilg`ini  tejamli  sarfini  va  atrof-muhit  himoyasini  ta`minlaydi;  DAST 
25549-82  ni  hisobga  olgan  holda  namunviy  ximmotologik  karta;  TXK  va  ta`mirlash  ishlab 
chiqarishida  harakatlanuvchi  tarkibni  texnologik  o`xshashi  bo`yicha  guruhlash;  DAST  16350-80  ga 
asosan  tabiiy-iqlim  sharoiti  bo`yicha  guruhlash;  avtomobil  transportini  xavfsiz  harakatlanishini 
ta`minlovchi  tarmoq  va  tizimlarni  texnik  holatini  tekshirish  uchun  jihozlarga  qo`yiladigan  talablar 
keltirilgan. 
 Avtmobillarga  xizmat  koprsatishni  maqsadi-harakatlanuvchi  tarkibni  ishga  yaroqli  holatini  va 
tashqi  koprinishini  ushlab  turish,  detallarni  yeyilish  jadalligini  kamaytirish,  buzilishlar  nosozliklarni 
ogohlantirishdan  iborat.  Bular  profilaktik  tadbir  bo`lib,  majburiy  reja  asosida  ma`lum  bosib  o`tgan 
yo`ldan yoki vaqtdan keyin o`tkaziladi. 
 Ta`mirlash ishlari mukammal ta`mirlash va joriy ta`mirlashlarga bo`linadi. Mukammal ta`mirlash 
ishga  yaroqli  holatini  yo`qotgan  avtomobil  va  uni  agregatlari  uchun,  ularni  keyingi  mukammal 
ta`mirgacha yoki ruyxatdan chiqarguncha buzilmasdan ishlashini ta`minlash uchun o`tkaziladi. 
Avtomobil  va  agregatlarni  mukammal  ta`mirlash,  ularni  to`la  qismlarga  bo`lish,  nuqsonlarini 
aniqlash, detallarni ish qobilyatini tiklash yoki almashtirish, butlash, yig`ish, sozlash va sinash ishlarini 
o`z ichiga oladi. Avtomobillarni yoki agregatlarni bazaviy detallari ta`mirlashga muhtoj bo`lsa hamda 
agregatni ish qobilyatini joriy ta`mirlashda tiklab bo`lmasa mukammal ta`mir o`tkaziladi. 

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish