GAZ-53A avtomobili g`ildiragining tormoz mexanizmini qismlarga ajratish va yig`ish.
Tormoz barabani uni g`ildirak gupchagiga mahkamlaydigan uchta vintni otvyortka bilan burab
chiqarib olinadi. g`nldirak tsilindrining porshenlarini. tushib ketmasligi uchun mahkamlab, prujinalar
kolodkalarning teshiklaridan s`yomnnk yordamida chiqarkb olinadi. Tayanch barmoqlarning
gaykalarini burab chiqarib, tayanch barmoqlar, ekstsentrik shaybalar, tayanch barmoqlarning
plastnnalari va tormoz kolodkalari yechib olinadi.
So`ngra g`ildirak tsilindridan himoya qal‘oqlari turtkichlar bilan birga chiqarib olinadi,
porshenlar, manjetalar va prujina chiqarib olinadi, keyin tsnlnndr korpusidan klapan burab chiqariladi.
Boltlarni tayanch diskdan burab olib issiqlikni izolyatsiyalovchi ekran va g`ildirak tsilindri olinadi.
Yig`ish qismlarga ajratishga teskari ketma-ketlikda bajari-ladi.
ZIL-130 avtomobili tormoz kamerasini qismlarga ajratish va yig`ish. qo‘qoqni
mahkamlovchi boltlardan gaykalarni burab olib, qo‘qoq va diafragma olinadi. Kontrgaykani bo`shatib,
shtok vilkasi richagdan ajratiladi, shundan keyin korpusdan shtok prujinalar va tayanch disk bilan
birga chiqarib olinadi.
Yig`ish qismlarga ajratishga teskari ketma-ketlikda bajariladi.
Tormoz jo`mragini qismlarga ajratish va yig`ish. Jo`mrakni tiskiga mahkamlab, stop-signal
vklyuchatelining korpusi yig`iq holda burab chiqariladi. Richag qo‘qog`ini korpusga mahkamlovchi
boltlarni burab olib, richag qo‘qog`i va qistirma olinadi. Tormoz jo`mragining qo‘qog`idan ‗robkani
burab olib, kiritish klapanining egari, kiritish va chiqarish klapanlari qaytarish prujinasi bilan birga
chiqarib olinadi. Keyin tormoz jo`mragining qo‘qog`ini korpusga mahkamlovchi boltlar burab olinib,
tormoz jo`mragiiing qo‘qog`i olinadi va uning bo`shlig`idan chiqarish klapanining egari diafragma
bilan birga chiqarib olinadi. Korpusdan stakan muvozanatlovchn prujina bilan birga chiqarib olinadi.
Yig`ish qismlarga ajratishga teskari ketma-ketlikda bajariladi.
Asosiy va ish tormozlari tsilindrlarining karterlarini tiklash. Karterlarda quyidagi
nuqsonlar bo`lishi mumkin: karterni mahkamlash boltlari va shtutser buraladigan teshik rez balari
eziladi, uziladi yoki yeyiladi, tsilindr sirti tirnaladi.
Ezilgan rez ba ‗rogonka qilib, rez basi uzilgan yoki yeyil-gan teshiklar payvandlab, so`ng
parmalab va yangi rez ba ochib yoki rez bali prujinasimon qo`ymalar o`rnatib bartaraf etiladi.
TSilindrning sirtidagi mayda chiziqchalar xoninglab bartaraf etiladi. Ish sirtlari chuqur chizilgan yoki
ko‘p yeyilgan tsilindrlar yo`nib kengaytiriladi, so`ng remont o`lchamiga muvofiq xoninglanadi. Bu
holda yig`ish vaqtida tegishli remont o`lchamiga ega bo`lgan porshenlar va manjetalar o`rnatiladi.
Tormoz barabanlarini tiklash. Ish sirtlari 0,5 mm dan ortiq yeyilgan barabanlar gupchaklar
va konussimon rolikli podshipniklarning tashqi halqalari bilan yig`ilgan holda remont o`lchamiga
muvofiq opravkada yo`niladi. Avtomobillarni yig`ishda cha‘ va o`ng g`ildiraklariga o`lchamlari bir xil
bo`lgan tormoz barabanlari o`rnatiladi, aks holda tormoz berilganda g`ildiraklardagi tormozlash
kuchlari bir xil bo`lmay, avtomobil o`z turg`unligini yo`qotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |