57
uzilgan bo`lishi; kommutator manbai uzatmasida uzilish bo`lishi; yondirishni ulash kontaktlari
tutashmasligi; yondirish g`altagini birlamchi chulg`amida uzilish bo`lishi; datchik-taqsimlagich valigi
aylanmasligi; kontaktsiz datchik yoki kommutator nosoz bo`lishi mumkin. Aniqlangan nosozliklar
bartaraf qilinadi.
Agar nazorat lampasi li‘‘illamasa, unda past kuchlanishli zanjir soz, nosozlikni yuqori
kuchlanish zanjiridan qidirish lozim. Bunday hollarda nosozliklar bo`lishi mumkin: yondirish tizimi
uzatma va asboblarida hamda datchik qo‘qog`i va rotorda namlik; taqsimlagich yon klemmalariga
yuqori kuchlanish uzatmalarini noto`g`ri tartibda o`rnatilgan yoki ular uyaga zich o`tirmagan;
yondirish momenti noto`g`ri o`rnatilgan; yondirish shamlari elektrodlari orasidagi tirqishni buzilishi,
ularni moylanib qolishi yoki shikastlanishi; datchik qo‘qog`i yoki rotorda darz bo`lishi; taqsimlagich
qo‘qog`idagi kopmir kontaktni osilib qolishi yoki shikastlanishi; ikkilamchi chulg`amda uzilish.
YOndirish shamlari qumli tozalash asbobida tozalangandan va siqilgan havo bilan ‗udalgandan
so`ng tekshiriladi. YOndirish shamlari sinash kamerasidagi havo bosimi 0,6…0,8 MPa bo`lganda
uchqun shakllanishi uzliksizligiga hamda korpusni ihotasi bilan birikmasini germetiklikka sinaladi.
qumli tozalash asbobi bo`lmaganda yondirish shamlari qurumdan maxsus suyuqlik bilan
namlangan cho`tka yoki 15…20 daq. ga atsetonga botirib qo`yib so`ng cho`tka yordamida tozalanadi.
YOndirish shamlari elektrodlarini qum qog`oz yordamida tozalash ham mumkin. YOndirish shamlari
tozalangandan so`ng ularni siqilgan havo bilan ‗udaladi va elektrodlari orasidagi tirqish sozlanadi.
SHamlarni dvigateldan yechib olganda obdon ko‘zdan kechirish lozim. Agar sham kulrang-sariqdan
och-jigarrangacha rang qurum bilan qoplangan bo`lsa, uni tozalash shart emas chunki bunday qurum
soz dvigatelda bo`ladi va u yondirish tizimi ishini buzmaydi. Loyqa-qoramtir, barxatli qurum dvigatel
boy yonilg`i aralashmada ishlayotganidan yoki sham elektrodlari orasidagi tirqish juda kattaligidan
dalolat beradi. YAltiroq (glantsevo`y)-qora qurum va shamlarni moylanishi yonish kamerasida juda
ko‘p miqdorda moy borligidan dalolat beradi. SHam elektrodlarida qalin qatlamli qurum hosil
bo`lganda, ular kuyganda hamda ihotasida darz paydo bo`lganda shamlar almashtirildai.
Kontaktli yondirish tizimida yondirish shamlarini ishga yaroqlili holati dvigatel ishlab turganda
har bir shamga borgan yuqori kuchlanishli uzatmani navbati bilan uzib tekshiriladi. Soz shamni
uzatmasini uzganda dvigatelni bir tekis ishlashi yo`qoladi va aylana pasayadi. Nosoz yondirish shami
uzatmasini uzganda dvigatelni ishlashida o`zgarish bo`lmaydi. Bundan tashqarii ishlamagan yondirish
shami boshqa shamlarga nisbatan sovuqroq bo`ladi.
YOndirish shami elektrodlari orasidagi tirqishni shchup yordamida tekshiriladi, sozlash esa yon
elektrodni egish bilan amalga oshiriladi. Dvigatellarda ishlatiladigan yondirish shamlari elektrodlari
orasidagi tirqish 0,7…0,8 mm bo`lishi lozim.
YOndirishni ilgarilanishini vakuum rostlagichi dvigatel o`rtacha aylanalarda tekshiriladi. Buning
uchun vakuum ichagini uzib-ulanadi. Agar tirsakli valni aylanishlar soni o`zgarmasa, regulyator
ishlamaya‘ti va uni almashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: