56
maxovikni aylanishi bo`yicha 1…2 bo`lim yetib kelmasligi lozim. Boshqa avtomobillarda shkivdagi
belgi blokdagi ikkinchi belgiga mos kelishi lozim. Belgilarni mos tushishi uchun uzgich-
taqsimlagichni qotirish bolti bo`shatilib taqsimlagich korpusi aylantiriladi.
YOndirishni ilgarilanish burchagini nazorat lampasi yordamida qo`yidagicha sozlanadi.
1. Birinchi tsilindr porshenini siqish takti oxiriga o`rnatiladi. Buning uchun birichi tsilindrdagi
yondirish shami olinib o`rniga tiqin tiqiladi va tirsakli val tiqin otilguncha aylantiriladi. SHundan so`ng
tirsakli valni asta-sekin yondirishni o`rnatish belgisiga mos kelguncha aylantiriladi.
2. Taqsimlagich qo‘qog`i olinadi va uning rotorini birinchi tsilindrga boruvchi uzatma uchun
qo‘qoqdagi klemmaga mos kelguncha aylantiriladi, so`ng taqsimlagichni blokdagi uyaga o`rnatiladi.
3.
Rotorni yengil aylantirib taqsimlagich valigini uzatma bilan ilashishiga olib kelinadi va
taqsimlagich (datchik-taqsimlagich) korpusi gaykasini (gaykalarini) qo`l bilan qotiriladi.
4. Taqsimlagichni past kuchlanishli klemmasiga nazorat lampasini yoki lampali maxsus tekshirish
qurilmasini datchik-taqsimlagich klemmasiga ulanadi va yondirish ishga tushiriladi.
5. Taqsimlagich korpusini u yoki bu tomonga burab lampani yonish-yonmaslik lahzasi aniqlanadi
va korpus holatini gaykani qotirish bilan o`rnatiladi.
6. Taqsimlagich qo‘qog`iga yondirish hamlaridan kelgan uzatmalarni soat strelkasi bo`yicha
tsilindrlarni ishlash tartibiga mos ravishda ulanadi. O`rnatilgan taqsimlagichni yondirish burchagini
qo`shimcha sozlashda o`rnatish belgisini siljitish lozim.
YOndirishni ilgarilanish burchagini to`g`riligini amalda harakatlanayotgan avtomobilda
tekshiriladi. Buning uchun normal haroratgacha qizdirilgan avtomobilni 50 km/soat tezlik bilan yuqori
uzatmada harakatlanayotganda gaz pedaliga birdaniga bosiladi, bunda drossel zaslonkasi ochiladi.
Bunda dvigatelda qattiq bo`lmagan va tez so`nuvchi detanatsion taqqillash eshitiladi. Umuman
taqqillashni bo`lmasa, yondirishni juda kechikishini, davomli taqqillash esa yondirishni juda ertaligini
bildiradi.
past va yuqori kuchlanishli zanjirlarni tekshirish. YOndirish tizimi zanjiridagi elektr jarayonlar
to`g`risidagi aniq ma`lumotlarni ostsillografli diagnostik stendlar yordamida olish mumkin.
Ostsillogramma yordamida yondirish tizimi elementlarini ishga yaroqliligini yetarlicha oddiy va tez
aniqlash mumkin. Buning uchun ostsillografni past (yondirish g`altagini birlamchi chulg`ami
klemmasiga) va yuqori (yondirish g`altagini ikkilamchi chulg`ami klemmasiga) kuchlanishli zanjirga
ulanadi. YOndirish tizimini namunaviy ostsillogrammasida qo`yidagi xarakterli maydonlarni koprish
mumkin.
A-yondirish shamlari elektrodlari orasida yoyni yonish davomiyligi maydoni. Uchqun quvvati
(egrilik am‘litudasi) va yoyni yonish vaqti (egrilik davomiyligi maydoni) uzgich kontaktlari holatiga
va ular orasidagi tirqishga bog`liq;
B-yondirish g`altagi qoldiq energiyasining tarqalish maydoni. Bu maydondagi egri chiziq
yondirish g`altagi va kondensatorni tebranuvchi konturi sozligini aniqlaydi;
V-tebranishni tugash momentidan kontaktlarni tutashigacha vaqt maydoni;
G-kontaktlarni tutashgan holati burchagi maydoni.
YOndirish tizimini olingan egrilik shaklini etalonli Bilan solishtirish orqali baholanadi.
YUqori kuchlanishli zanjir sozligini tekshirish uchun (past kuchlanishli zanjir soz bo`lganda)
taqsimlagich qo‘qog`ini yechib olinadi, tirsakli valni aylantirish bilan uzgich kontaktlari to`la
tutashtiriladi va taqsimlagichni markaziy klemmasidan yuqori kuchlanish uzatmasi olinadi. So`ngra
yondirish ishlatiladi va uzatma oxirini «massa»dan 4…5 mm masofada ushlab turib uzgich kontaktlari
ajratiladi. Uzatma oxirida uchqunni yo`qligi yuqori kuchlanish zanjiri yoki kondensator nosozligini
bildiradi. Sababini to`la aniqlash uchun kondensatorni almashtiriladi va tekshirish takrorlanadi, agar
uchqun bo`lmasa yondirish g`altagini almashtirish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: