Og’ir bemor burun bo’shlig’ini parvarishi
Maqsad: Burun yo’llarini korkalardan tozalash
Ko’rsatma: Passiv (yotoq yoki yarim yotoq) rejimda bo’lgan bemorlar burnini tiqinardan tozalash.
Zarur ashyolar: Paxtali turundalar; vazelin yoki boshqa suyuq yog’lar: kungaboqar, zaytun moylari yoki gilserin; ikkita buyrak shaklidagi idish (lotok): toza va ishlatilgan turundalar uchun.
Bajarish tartibi:
Bemorning boshi balandroq joylashtiriladi, ko’kragiga sochiq qo’yiladi.
Turundalar tayyorlangan moylar bilan namlanadi.
Bemorni boshi biroz orqaga yoziladi.
Ho’llangan turunda olinib, biroz siqiladi va aylanma harakatlar bilan burun yo’llarining biriga aylantiriladi.
Turunda 1-2 minutgacha burun ichiga qoldiriladi, so’ng burun yo’llarini korkalardan aylanma harakatlar bilan tozalanadi.
Amalni ikkinchi burun yo’lida ham xuddi shu asnoda bajariladi.
Burun terisini sochiq bilan artiladi va bemorga qulay tarzda yotishiga yordam beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |