1.10. Bеmorning individual tartibi
Bu tartibni bеmorga shaxsan shifokorningo’zi tayinlaydi: qanday tanlov bolishi bеmorning holatiga (kasallikning og’irlik darajasiga) qarab va kasallikni turiga qarab bеlgilaniladi.
Qat’iy yotoq tartibi-bеmorga yotoqda faol harakatqilish va turish qat’iy man etiladi; bеmor palata hamshirasi va kichik tibbiy xodim qaramog’i ostida bo’ladi (ovqatlanishi, shaxsiy gigienasi, sudna berish va h.k.lar).
Yotoq tartibi-bemorga krovatidan tushishga ruxsat berilmaydi, faqatgina yonga yonboshlashga va krovatida biroz vaqt o’tirishga ruxsat beriladi. Bеmor parvarishi palata hamshirasi va kichik tibbiy xodimlar tomonidan amalga oshiriladi (ovqatlanishi, shaxsiy gigienasi, sudna berish va h.k.lar).
Do'stlaringiz bilan baham: |