O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liqligi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet262/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

4. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘liqligi 

 

Davlatning  iqtisodiy  siyosatni  pul-kredit,  fiskal,  investitsion, 



agrar,  ijtimoiy,  daromadlarni  tartibga  solish,  tashqi  iqtisodiy  va 

global iqtisodiy siyosat kabilardan iborat bo‘ladi. 

Pul-kredit siyosati ‒ bu davlatning monetar siyosati bo‘lib, u pul 

muomalasini  tartiblash,  tovar  va  pul  massasi  o‘rtasidagi 




551 

muvozanatni  ta’minlash,  iqtisodiyotdagi  pul  oqimlarini  tartibga 

solib  turishga  qaratiladi.  Uning  maqsadi  narxlarni  va  shunga  mos 

ravishda  milliy  pul  birligi  xarid  qobiliyatini  ushlab  turish,  valuta 

kursini  barqarorlashtirish,  oxir-oqibatda  pulga  talab  bilan  uning 

taklifini muvozanatlashtirishga qaratilgan.  

Monetar  siyosatni  amalga  oshirishda  hisob  stavkasini  o‘zgar-

tirish,  ochiq  bozordagi  operatsiyalar  va  majburiy  ehtiyotlarni 

o‘rnatish kabi iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. 

Davlatning  monetar  siyosat  qattiq  yoki  yumshoq  pul-kredit 

siyosat bo‘lishi mumkin. 

Qattiq  pul-kredit  siyosatni  amalga  oshirishda  pul  massasining 

uni  emissiya  qilish  hisobidan  o‘sib  borishi  qat’iy  chegaralanadi. 

Natijada  pul  taklifi  qisqarib 

tovar  massasiga  tenglashadi. 

Pul 


taklifining 

qisqarishi 

talabni  kamaytiradi,  natijada 

narxlar  va  pul  birligining  xarid 

qobiliyati  barqarorlashadi.  Ish-

lab  pul  topishga  intilish  iqtiso-

diyotning 

jonlanishiga 

olib 

keladi.  Bunday  siyosat  odatda 



iqtisodiyotni 

tanglikdan 

chiqarish 

yoki 


inflatsiyani 

bartaraf 

qilish 

maqsadida 

qo‘llaniladi. 

Yumshoq  pul-kredit  siyosatini  amalga  oshirishda  davlat  pul 

massasining 

ortishiga 

to‘sqinlik 

qilmaydi, 

pul 

emissiyasi 



mutlaq 

chek-


lanmaydi,  natijada  pul  taklifi 

ko‘payib,  tovarlarning  arzon-

lashuvi  yuz  beradi.  Yumshoq 

pul-kredit 

siyosati 

iqtisodiyotning o‘sish pallasida 

bo‘lganda 

ko‘proq 


qo‘llaniladi, 

chunki 


pul 

massasining o‘sishiga qarab tovarlar massasi ham ko‘payadi. Bunda 




552 

tovar-pul muvozanati pul taklifini qisqartirish hisobidan emas, balki 

tovarlarning ko‘payishi tufayli ta’minlanib turadi. 

Fiskal  siyosat  ‒  bu  davlatning  soliq-budjet  siyosatidir,  unga 

binoan  soliq  tushumlari  belgilanadi,  budjet  mablag‘lari  aniq 

maqsadlar yo‘lida ishlatilishi ko‘zda tutiladi. 

Soliq  siyosatini  amalga  oshirishda  davlat  soliqlar  vositasida 

budjetga pul tushumini ta’minlaydi. Unga binoan soliq turlari, soliq 

stavkalari,  soliq  solinadigan  obyektlar,  soliq  imtiyozlari,  soliq 

undirish tartibi belgilanadi. 

Soliqlar davlatning iqtiso-

diyotga  ta’sir  etishida  qo‘lla-

niladigan  asosiy  moliyaviy 

dastakdir. 

“Soliq, 

tizimi 


nafaqat  soliqlarni  undirish, 

balki  birinchi  galda,  rag‘bat-

lantirish 

xususiyatiga 

ega 

bo‘lishi lozim”. 



Iqtisodiyotni 

rag‘batlantirish 

zarur 

bo‘lganda 



soliqlardan 

imtiyozlar beriladi. Bunda soliq yuki kamaytiriladi, soliqni undirish 

muddati  cho‘ziladi  yoki  umuman  soliqdan  ozod  qilinadi.  Natijada 

korxonalar  tasarrufidagi  foyda  ko‘payadi,  uni  investitsiya  qilish, 

ya’ni qaytadan ishlab chiqarishni o‘stirishga yo‘naltirish imkoniyati 

kengayadi.  Ishlab  chiqarishni  rag‘batlantirish  maqsadida  O‘z-

bekistonda  foydadan  to‘lanadigan  soliq  stavkasi  2004-yildagi 

24%dan  2009-yilda  12%,  2012-yilda  9%  va  2016-yilda  8%  ga 

tushirildi.  

Fiskal siyosat ikki xil yo‘ldan amalga oshiriladi. 

1.  Iqtisodiyotni  barqarorlashtiruvchi  amaldagi  moliyaviy 

normativlarni  qo‘llashni  davom  ettirish.  Bular  jumlasiga  soliq 

stavkalarini,  ishsizlik  nafaqasi,  daromadlarning  inflatsiyaga  qarab 

indeksatsiyalash,  ijtimoiy  yordam  ko‘rsatish  normativlarini  kiritish 

mumkin.  

 2. Yangi moliyaviy normativlarni kiritish. Bu diskretsion fiskal 

siyosat  deb  yuritiladi.  Mazkur  siyosat  doirasida  yangi  soliq 

stavkalari  joriy  etiladi,  uning  yangi  turlari  kiritiladi,  budjet 




553 

mablag‘larini  sarflash  normativlari  o‘zgartiriladi.  Diskretsion 

siyosat  iqtisodiyotning  o‘zgargan  sharoitga  moslashish  siyosatidir. 

Iqtisodiyot  bir  maromda  o‘sib  borganda  birinchisi,  u  tanglikka 

uchraganda diskretsion siyosat ustuvor bo‘ladi. 

Fiskal  siyosatda  davlat  budjeti  orqali  ham  iqtisodiy  faollikka 

ta’sir  ko‘rsatadi.  Budjet  mablag‘lari  hisobidan  davlat  ishlab 

chiqarish  infratuzilmasiga  katta  hajmdagi  investitsiyalarni  ajratadi, 

milliy  iqtisodiyot  uchun  ahamiyatli  faoliyat  (masalan,  yangi 

texnologiyani 

yaratish) 

bilan 


shug‘ullanuvchi 

korxonalarga 

subsidiya  beriladi.  Subsidiya  moliyaviy  yordam  sifatida  qaytarib 

olinmaydi, uning hisobidan xarajatlar qoplanib foyda ko‘payadi, bu 

bilan korxonalar faoliyati rag‘batlantiriladi. 

Budjet siyosati ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini uzluksiz ke-

rakli miqdordagi pul mablag‘lari bilan ta’minlab turishga ham qara-

tiladi.  Davlat  budjeti  balanslashgan  bo‘lishi,  ya’ni  taqchillikka  yo‘l 

qo‘ymaslik,  u  yuz  bergan  taqdirda  ham  me’yorida  bo‘lishiga 

qaratiladi.  Fiskal  siyosat  davlatning  ichki  va  tashqi  qarzlari 

me’yorida bo‘lishini ta’minlashda ham ahamiyatli. 

Fiskal siyosat faol yoki passiv tavsifga ega bo‘lishi mumkin. 

Faol  fiskal  siyosatni  amalga  oshirishda  diskretsion  vositalar 

ishga  solinadi,  jumladan,  soliqlar  kamaytiriladi,  ulardan  siylovlar 

beriladi,  budjetdan  transfertlar  berish  ko‘paytiriladi,  firmalar 

subsidiyalar oladi. Bularning barchasi iqtisodiy faollikka olib keladi, 

korxonalar  xarajati  qisqarib  foydasi  ortadi,  aholining  transfertlar 

hisobidan  xarid  qobiliyati  oshadi.  Xullas,  bu  siyosat  yalpi  talabni 

rag‘batlantiradi. 

Passiv  fiskal  siyosat  moliyaviy  dastaklarni  o‘zgartirmay, 

ularning  erkin  ishlashiga  yo‘l  berishga  qaratiladi.  Iqtisodiyotning 

barqaror 

yuksalib 

borishi 


tufayli 

moliyaviy 

dastaklarni 

o‘zgartirishga  zaruriyat  qolmaydi.  Demak,  bu  siyosat  iqtisodiy 

o‘sish tuxtovsiz borayotgan kezlarda naf beradi.  



554 

Agrar 


siyosat 

davlatning 

qishloq 

xo‘jaligini 

qo‘llab-

quvvatlashga qaratilgan siyosatidir. U qishloq xo‘jaligining barqaror 

o‘sishini,  oziq-ovqat  mustaqilligi  va  xavfsizligini  ta’minlashni 

ko‘zda  tutadi.  Mazkur  siyosat  doirasida  davlat  qishloqda  ishlab 

chiqarish  infratuzilmasining  (suv  xo‘jaligi,  yo‘l  qurilishi,  gaz  va 

elektrenergiya  ta’minotining)  xarajatlarini  qisman  o‘z  zimmasiga 

oladi,  yerni  ijaraga  olib  ishlatilishini,  uni  garovga  qo‘yib  kredit 

olishni huquqiy jihatdan ta’minlaydi. Agrar siyosatda xarid narxlari, 

davlat  subsidiyalari  kabi  moliyaviy  dastaklar  qo‘llaniladi.  Dehqon 

va fermerlarni qo‘llab-quvvatlash uchun yer solig‘i yuki yengillash-

tiriladi. Masalan, O‘zbekistonda yagona yer solig‘i qishloq xo‘jaligi 

mahsulotlarining bozor qiymatining 3—5%idan oshmaydi.  

Qishloq  xo‘jaligida  rentabellik  nisbatan  past  bo‘lganligidan 

kapitalning  tarmoqdan  chiqib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun 

davlat  fermerlarga  subsidiya  berib,  uning  hisobidan  xarajatlarni 

qisman  qoplaydi  va  ular  me’yordagi  daromadga  ega  bo‘lishni 

ta’minlaydi.  

Hozirgi davrda davlatning agrar siyosatida: 

birinchidan  “...ekin  maydonlari  va  ekinlar  tarkibini  opti-

mallashtirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni 

oshirish, meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko‘paytirish”; 

ikkinchidan, 

“fermer  xo‘jaliklarining  moliyaviy-iqtisodiy 

holatini mustahkamlash. Oxirgi 10 yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, 

yoqilg‘i-moylash  materiallari  va  urug‘lik  narxining  o‘sishi  bilan 

paxta  xomashyosi  va  g‘allani  xarid  qilish  narxlari  o‘sishi  o‘rtasida 

keskin farq borligi kuzatilmoqda”;  

uchinchidan, “agrotexnika 

tadbirlarini  moliyalashtirishda 

ijobiy  natija  bermayotgan  va 

mutlaqo chala tizimga barham 

berish” 


ga 

ustuvorlik  

qaratiladi.  



555 

Tashqi  iqtisodiy  siyosat  davlatning  o‘zaro  foydali  tashqi 

iqtisodiy  aloqalarini  rivojlantirish,  mamlakat  iqtisodiyotini  jahon 

xo‘jaligi  bilan  integratsiyalashuvini  ta’minlashga  qaratiladi.  Bu 

siyosatning  asosiy  maqsadi  milliy  iqtisodiyotning  jahon  xo‘ja-

ligidagi  mavqeini  mustahkamlab  borishdan  iborat.  Unga  binoan 

eksport  va  import,  chetga  kapital  chiqarish  va  chetdan  kapital 

kiritish,  ish  kuchi  migratsiyasini  tartibga  solishga  doir  tadbirlar 

amalga  oshiriladi.  Bu  siyosatda  bojxona  to‘lovlari,  eksport-import 

litsenziyalari va kvotalari kabi vositalar qo‘llaniladi. Eksportni ko‘-

paytirish  zarur  bo‘lsa  unga  litsenziyalar  beriladi,  eksport  kvotasi 

oshiriladi. Importni qisqartirish ma’qul bo‘lsa, uning kvotasi kamay-

tiriladi,  import  uchun  boj  to‘lovi  oshiriladi,  unga  litsenziya  berish 

chegaralanadi.  

Davlatning  tashqi  iqtisodiy  siyosati  kapital  chiqarish  va  kapital 

kiritish  tartibini  ham  belgilaydi.  Кapital  kiritish  zarur  bo‘lsa,  u 

rag‘batlantiriladi.  Кapital  chiqishi  ma’qul  bo‘lsa  davlat  bunga  turli 

imtiyozlar  orqali  sharoit  yaratib  beradi.  Davlat  chetga  ish  kuchini 

chiqarishni  ham  tartibga 

soladi. 


Bordi-yu, 

mamlakatga  arzon  ish 

kuchi  kerak  bo‘lsa,  uning 

chetdan 


kirib 

kelishi 


uchun 

migratsiya 

qoidalari 

(chegaradan 

o‘tish,  yashash  va  ishlash 

uchun  ruxsat  olish  va 

h.k.) 

yengillashtiriladi. 



Davlat  tashqi  iqtisodiy 

siyosatida 

xalqaro 

iqtisodiy tashqilotlar bilan 

hamkorlik qilish ham ko‘zda tutiladi. 

Davlat  tashqi  iqtisodiy  siyosatining  samaradorligi  iqtisodiy 

o‘sish sur’atlari, inflatsiya darajasi, eksport va import holati, tashqi 

qarz  miqdori,  savdo  va  to‘lov  balansi  holati  kabi  ko‘rsatkichlar 

orqali baholanadi. 

Global  iqtisodiy  siyosat  iqtisodiy  resurslar,  yaratilgan  tovar  va 

xizmatlarni  dunyo  mamlakatlari  o‘rtasida  taqsimlab,  ulardan  sama-



556 

rali  foydalanishni  maqsad  qilib  qo‘yadi.  Bu  siyosatda  chetga 

kapitalni  investitsiya  sifatida  chiqarib,  uni  serfoyda  sohalarga 

joylashtirish  uchun  o‘zaro  kelishilgan  soliqlar,  bank  foizlari,  boj 

to‘lovlari,  kvotalar  kabi  dastaklardan  foydalaniladi.  Tovarlarning 

qimmatlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun eksport soliqlar bilan 

cheklanib,  ularning  importiga  soliq  belgilanmaydi.  Bu  ikki 

tomonlama  soliqqa  tortishni  bartaraf  etish  deb  yuritiladi.  Masalan, 

qo‘shilgan qiymat yoki aksiz soliqlari tovarlar chetga chiqarilganda 

undirilib,  ular  import  qilinganda  olinmaydi.  O‘zaro  kelishuvlar 

asosida  import  qilingan  texnologiya  ham  soliqdan  ozod  qilinadi. 

Xalqaro savdo-sotiqda o‘zaro kelishilgan yengillashtirilgan bojxona 

to‘lovlari  qo‘llaniladi.  Jumladan,  xalqaro  savdo  tashkiloti  a’zolari 

o‘zaro  savdo  qilganda,  mazkur  to‘lovlari  tovar  qiymatining  10 

foizidan  oshmasligi  kerak. 

Xalqaro  kredit  berish  tartibi 

ham  birgalikda  belgilanadi. 

Bunga  ko‘ra  kredit  kvo-

talari, uni berish muddati va 

kredit  uchun  foiz  stavkasi 

o‘rnatiladi. Xalqaro kreditda 

kelishilgan  foiz  stavkasi 

libor  deb  yuritiladi.  Liborni 

yirik 


London 

banklari 

o‘rnatadi,  boshqa  xalqaro 

banklar  shunga  qarab  o‘z  foizlarini  belgilaydilar.  Xalqaro  kredit 

siyosatini  yirik  kreditor  —  qarz  beruvchi  mamlakatlar  banklari 

amalga  oshiradi.  Bular  Parij  va  London  qarz  beruvchilar  klubini 

tashkil  etadi.  Bu  kredit  siyosati  kimga  va  qancha  qarz  berishni, 

qanday qarzlarni kechib yuborishni, qaysilarining to‘lash muddatini 

cho‘zishni belgilab beradi. 

Yirik  xalqaro  korporatsiyalar  davlat  ishtirokida  eksport  va 

import  kvotalari  o‘rnatadilar.  Bularga  binoan  qayerga  qancha 

tovarni eksport va import qilish hamda uning tartibi aniqlab beriladi. 

Integratsion  ittifoqlarga  kirgan  mamlakatlarda,  masalan,  Yevropa 

ittifoqida, davlatlararo eksport va import uchun qulay sharoit yaratib 

beriladi, bunda ayrim mamlakatlar tovarlarini diskriminatsiya qilish, 

ya’ni kamsitishga yo‘l qo‘yilmaydi. 




557 

Global 


iqtisodiy 

siyosatni 

transmilliy, 

ya’ni 


xalqaro 

korporatsiya  va  tashkilotlar,  yetakchi  davlatlar  hukumati,  davlat-

lararo  muassasalar  va  parlament  belgilaydi.  Bunga  misol  qilib 

Yevroparlament, Yevropa ministrlar kengashi qo‘llaydigan siyosatni 

olish  mumkin.  Bu  siyosatda  o‘zaro  va  boshqalar  bilan  bo‘ladigan 

iqtisodiy aloqalarning qaysi yo‘nalishda va qanday tartibda bo‘lishi 

ko‘rsatiladi.  Global  siyosat  umuman  yoki  ayrim  sohalarga  tatbiqan 

qo‘llaniladi.  Transmilliy  korporat-siyalar  faqat  o‘z  faoliyati  do-

irasidagi  xalqaro  siyosatni  belgilaydi.  Masalan,  OPEК  tashkiloti 

neftni  qazib  olish  va  qayta  ishlash  kvotalarini,  uning  narxini  o‘z 

siyosatiga binoan belgilaydi. Bu yerda qabul qilingan neft narxining 

amal  qilish  doirasi  o‘rnatiladi.  Xalqaro  savdo  birjalari  jahon 

narxlarini o‘rnatishga doir siyosatni amalga oshiradi. 

Xalqaro  Valuta  fondi,  Jahon  banki,  Yevropa  Tiklanish  va 

Tarraqiyot  banki,  Osiyo  Rivojlanish  banki  kabi  xalqaro  institutlar 

valuta  rejimini  mustahkamlash,  kreditni  rivojlantirishga  qaratilgan 

siyosatni  qo‘llaydilar.  Ular  milliy  valuta  kursini  barqarorlashtirish 

va  uning  tahlikasini  kamaytirish  uchun,  milliy  iqtisodiyotni 

rivojlantirib  eksport  salohiyatini  oshirishga  qaratilgan  kredit 

siyosatini 

qo‘llab-

quvvatlaydi. 

Global  iqtisodiy 

siyosat 


davlatlararo 

ishchi 


kuchi 

migratsiyasiga 

ham 

taalluqlidir. 



Ishchi 

kuchi  migratsiyasini 

tartibga  solish  uchun 

unga 


oid 

xalqaro 


qoidalar 

ishlab 


chiqiladi. 

Turli 


mamlakat 

hukumati 

va 

parlamentlari 



belgilagan  migratsiya  qoidalari  bir-biriga  yaqin  turadi.  Migrasiya 

oqimini  nazorat  qilish  tartibi  ham  kelishiladi,  migratsiyaga  oid 

o‘zaro axborot almashlab turiladi. 



558 

Global  siyosat  tabiiy  ravishda  globallashuv  jarayonining 

afzalliklaridan  foydalanish,  uning  salbiy  oqibatlarini  kamaytirishga 

qaratiladi. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish