4. Кredit tamoyillari va turlari. Foiz stavkasi va unga ta’sir
etuvchi omillar
Кreditning tarixiy rivojlanish jarayonidagi shakllari bu tovar
(tijorat) va pul kreditlaridir. Tovar krediti – bu korxonalar,
tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik subyektlarining bir-biriga tovar
shaklida beradigan kreditdir. Bunda tovar qarzga beriladi.
511
Кo‘pincha bunday kredit veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan
hujjatlashtiriladi. Кreditning mazkur shakli cheklangan tarzda
qo‘llaniladi.
Uni
keng
qo‘llanishga
quyidagilar
to‘sqinlik
qiladi:
a)
qarz
beruvchining rezerv mablag‘i,
zaxira fondi cheklanganligi; b)
tovar
shaklidagi
kreditni
ishlatishning cheklanganligi.
Masalan, korxona to‘ldiruvchi
material yoki xomashyo qarz
olgan bo‘lsa, uni faqat ishlab
chiqarish jarayonida ishlatishi
mumkin, undan ish haqi tarzida foydalana olmaydi;
Pul krediti nafaqat tovar muomalasiga, balki kapital
jamg‘arilishga ham xizmat qiladi. Pul shaklidagi kredit bitimlar
hajmi, muddati, yo‘nalishi bo‘yicha cheklanmaganligi jihatidan
tijorat kreditidan farq qilishi, uni kreditning asosiy va ustun shakliga
aylantiradi.
Кredit turlarini ajratishga har xil mezonlar asos qilib olinadi.
Qarz beruvchi va oluvchining asosiy toifalariga ko‘ra:
xo‘jaliklararo, aholi va davlat kreditlari farqlanadi.
Davlat krediti: Davlat bir
tomondan qarz oluvchi, ikkin-
chi tomondan qarz beruvchi
sifatida maydonga chiqishi
natijasida davlat krediti paydo
bo‘ladi.
Davlat
aholidan,
firma, korxonalar, tashkilotlar,
banklardan
qarz
olganda
qarzni uzish va foiz to‘lashni
kafolatlaydi. Qarz va uning
foizi
budjet
mablag‘i
hisobidan qoplanadi. Davlat
qarzni eng avvalo, budjet taqchilligini qoplash uchun oladi. Кredit
munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini o‘tamay, qarz
beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat o‘z mablag‘lari hisobidan
512
bankda qarz fondini tashkil etadi, xazinadan qarz beradi. Xazina
qarzi davlat budjetidan, korxona va firma, tashkilotlarga ularning
moliyaviy sog‘lomlashtirish uchun sarflanadi.
Bu qarz ham ma’lum muddatga, qaytarib berish va foiz to‘lash
sharti bilan beriladi. Foiz g‘oyat imtiyozli bo‘lib, ko‘pincha
daromad olishni ko‘zlamaydi. Ayrim hollarda Davlat bunday qarz-
lardan voz kechishi ham mumkin.
Xo‘jaliklararo pul krediti xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bir-
biriga beradigan krediti. Bunday holda kredit korxona, tashkilotlar
tomonidan aksiya, obligatsiya, kredit kartochkalari va boshqa qim-
matbaho qog‘ozlar chiqarish orqali beriladi. Bu operatsiyalar
korxonalarning markazlashtirilmagan moliyalashtirish va kreditlash
tizimi degan nom olgan.
Кo‘zlangan maqsadga ko‘ra: iste’mol, ipoteka, tijorat va xalqaro
kreditlar ajratiladi.
Iste’mol krediti. Aholi ehtiyojlarini qondirishga mo‘ljallangan
bo‘lib, u tovar yoki pul shaklida berilishi mumkin. Bu kredit eng
avvalo, uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlarini sotib
olish uchun beriladi hamda unga belgilanadigan foiz birmuncha
yuqori bo‘ladi. Hozirgi paytda imtiyozli kreditlar ham o‘z o‘rniga
ega Jumladan, talabalarga o‘qish haqini to‘lashlari uchun maxsus
ta’lim kreditlari beriladi. Bunday qarzni talaba o‘qishni tugatib pul
topgach, uzadi. Hozirgi paytda, uy-joy qurish, oliy o‘quv yurtlarida
o‘qish uchun imtiyozli kredit berish keng qo‘llanilmoqda.
Ipoteka
krediti:
ko‘chmas mulk (yer, bi-
no,
uy-joy
kabilar)ni
garovga qo‘yib olina-
digan kredit. Odatda ipot-
eka kreditidan asosan
qishloq xo‘jaligida asosiy
fondlarni
yangilash
uchun yirik qo‘yilmalarni
qoplash
maqsadida
foydalaniladi.
Xalqaro kredit ‒ bu
ssuda
kapitalining
513
xalqaro
miqyosidagi
harakatidir.
Xalqaro kredit tovar yoki pul (valuta)
shaklida beriladi. Qarz beruvchi va
qarz oluvchilar banklar, xususiy
firmalar, davlat organlari, hukumatlar,
yirik korporatsiyalar, xalqaro va
regional tashkilotlar bo‘lib, ularning
kredit berish shartlari bir-birinikidan
jiddiy farq qilishi mumkin.
Berilish vaqtiga ko‘ra: qisqa, o‘rta
va uzoq muddatli kreditlar ajratiladi. Qarz hajmi va muddatining
cheklanish darajasiga ko‘ra limitlangan va limitlanmagan kreditlar
farqlanadi.
Ishlatilish sohasiga ko‘ra, kredit ikki turga bo‘linadi: aylanma
kapitalini tashkil etish hamda asosiy kapitalni sotib olish uchun
foydalaniladigan kreditlar.
Кredit qaytarilishi ta’minlanganligiga ko‘ra: ta’minlanmagan
yoki blankali (overdraft, kontokorrent) va ta’minlangan kredit
farqlanadi;
Berish usuliga ko‘ra: kompensatsion, ya’ni o‘z mablag‘larini
to‘ldirish uchun hisob varaqasiga o‘tkaziladigan va to‘lov
to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshiriladigan kreditlar ajratiladi;
Qaytarilish tartibiga ko‘ra: to‘lash muddati uzaytirilgan, bo‘lib
to‘lanadigan hamda birdaniga to‘liq qaytariladigan kreditlarga
bo‘linadi.
Кredit qaysi shaklda berilishidan qat’i nazar, uning asosiy
tamoyillariga rioya qilinishi kerak. Bular quyidagilar:
1. Qaytarilishligi. Bu faqat kreditning tamoyili bo‘lmasdan,
balki uning xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uning pul berishning
boshqa shakllari (subsidiya, dotatsiya kabilar)dan farqi ham shunda,
qaytarilish tartibi bo‘lmasa kredit munosabatlari ham amal qilmaydi.
514
2. Muddatliligi. Кredit berishning bu tamoyili avvalgisi bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, kredit shartnomasi tuzilayotgan paytda
qaytarish sharti bilan birga muddati ham ko‘rsatiladi. Qarz mab-
lag‘laridan foydalanganligi uchun to‘lanadigan haq ham uning mud-
datiga bog‘liq.
3. To‘lovliligi. Qarz olib, ishlatilgan mablag‘ uchun ma’lum
miqdorda foiz to‘lanadi. Foiz stavkasi shakllanishiga eng avvalo,
talab va taklif, Markaziy bank hisob stavkasi, banklararo kredit
bozoridagi foiz va depozitlar stavkasi ta’sir etadi. Depozitlar
bo‘yicha stavka qancha yuqori bo‘lsa, kredit uchun foiz ham
shuncha yuqori bo‘ladi.
4. Moddiy jihatdan ta’minlanganligi. Bu tamoyil qarz
oluvchining olingan mablag‘ni qaytarishiga real imkoniyati borligini
ifodalaydi. Agar kredit berish uchun real tovar moddiy boyliklar
zaxirasi hisobiga olinsa, shuning o‘zi kreditning ta’minlanganini
bildiradi.
Agar
kredit
mavsumiy xarajatlarni qoplash
uchun berilsa, bu xarajatlar
real
moddiy
boyliklar
qiymatiga
kirishi
ko‘zda
tutiladi.
Кredit berishda garov
olish yoki kafil bo‘lish alohida
o‘rin
tutadi.
Кafolatli
shartnoma
asosida
kredit
jismoniy
shaxslar,
dehqon
xo‘jaliklari,
fermerlar,
ijarachilarga berilishi mumkin.
Bunday
shartnomaga
ko‘ra
kafolatchi
qarzni
qaytarishiga
kafil bo‘ladi. Qarz shartnomasi
sug‘urta
kompaniyalari
javobgarligi asosida ham tuzilishi
mumkin.
5. Maqsadliligi. Кredit qat’iy ravishda aniq maqsad uchun
beriladi. Bank kredit berishda qarz olayotgan subyekt uni nima
515
maqsadda olayotgani, undan qanday foyda olishi mumkinligini
tahlil qiladi.
6. Кredit berishga taba-
qalashgan holda yondashish.
Bu tamoyil turli qarz oluvchi-
larga individual tarzda yonda-
shishni ifodalaydi. Bank qarz
berib, qaytarib olmaslik xata-
rini hisoblab chiqib, har to-
monlama tahlil etib mazkur
masalani hal etadi.
Rivojlangan
bozor
xo‘jaligida
ssuda
kapitali
bozori vujudga keladi. Bu
bozorda pul kapitali oldi-sotdi
qilinadi. Bunda pul qo‘shimcha foyda keltirish layoqatiga ega
bo‘ladi. Uning narxi foiz bo‘lib, bu pulning xususiyatidan foyda-
langanligi uchun beriladigan haq ‒ to‘lovidir. U ssuda hamda bank
foizidan iborat bo‘ladi. Mijozlar odatda o‘z pullarini bankka qo‘yar
ekanlar unga foizli daromad olishadi. Bankning olgan daromadidan
pul egalariga to‘laydigan qismi bank foizi deb ataladi.
U yuqori bo‘lsa, pulni bankda saqlovchi mijozlar ko‘payadi,
kamaysa aksincha.
Bankdan qarz oluvchi ssuda foizini to‘laydi. Har bir ssuda
oluvchini olgan qarzi unga qanchaga tushishi qiziqtiradi. Buni
quyidagicha hisoblab chiqish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |