O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Кreditning mohiyati, vazifalari va manbalari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

3. Кreditning mohiyati, vazifalari va manbalari 

 

Кredit pulni ma’lum shartlarga amal qilgan holda qarzga berish 



va  uni  maqsadli  ishlatishni  bildiradi.  Кredit  munosabatlari  juda 

qadim  zamonlarda  vujudga  kelgan.  Dastlab  natura  shaklida  (g‘alla, 

chorva  va  boshqalar)  mulkdorlar  tomonidan  qarzga  berish  udum 

bo‘la  boshlagan.  Qarzga  pul  berishning  dastlabki  shakli  sudxo‘rlik 

bo‘lib,  u  nihoyatda  yuqori  darajada  foiz  bilan  qaytarilishi  bilan 

kreditdan  farq  qilgan.  Qadimgi  Gretsiyada  eramizgacha  (IV  asrda) 

oyiga  42%,  yiliga  570%  gacha  foiz  to‘langani  tarixiy  manbalarda 

qayd etilgan. Bundan tashqari, sudxo‘r qarz oluvchidan qo‘shimcha 

imkoniyatlar  yaratilishini  ham 

talab qilgan.  

 Sudxo‘rlik  qarzi  ortib 

borganda bir tomondan mayda 

ishlab  chiqaruvchilarni  xona-

vayron 


qilgan, 

ikkinchi 

tomondan  kapitalning  dast-

labki  jamg‘arish  uchun  zarur 

mablag‘larning  shakllanishga 

yordam  bergan.  Industrial  ishlab  chiqarish  va  bozor  xo‘jaligining 

vujudga  kelishi  bilan  kreditsiz  ishlab  chiqarish  faoliyatini  yuritish 

qiyinlashib qoldi. 

Bunda  kapital  bir  xo‘jalikda  pul  shaklida,  ikkinchisida  tovar 

shaklida to‘planib, turli sohalarda ularning harakati bir-biriga to‘g‘ri 

kelmaydi. Кapital harakatning alohidalashgani tufayli bir xo‘jalikda 

pul  yetishmasa,  ikkinchisida  bo‘sh  pul  mablag‘lari  mavjud  bo‘ladi. 

Natijada  mablag‘i  yo‘qlar,  bo‘sh  pul  mablag‘ga  ega  bo‘lganlardan 

qarz olishga majbur bo‘ladi. 




508 

Bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat taraqqiy etishi bilan kredit 

munosabatlari  rivojlanib,  uning  yangi-yangi  imkoniyatlari  vujudga 

kela  boradi.  Hozirgi  iqtisodiyotni  kredit  munosabatlarisiz  tasavvur 

qilib bo‘lmaydi. 

Кredit iqtisodiy kategoriya sifatida vaqtincha o‘z egalari qo‘lida 

bo‘sh  turgan  pul  mablag‘larning  ma’lum  muddatga,  haq  to‘lash 

sharti  bilan  qarzga  berilishi  va  uni  qaytarib  berish  yuzasidan  kelib 

chiqadigan 

munosabatlarini 

ifodalaydi.  

Кredit 


munosabatlari 

ikki 


subyekt  o‘rtasida  yuz 

beradi.  Biri  bo‘sh  pul 

mablag‘lari 

egasi, 


ikkinchisi 

unga 


muhtoj, 

ya’ni 


qarz 

oluvchilardir. 

Кredit  subyektlari 

yuridik  hamda  jismoniy 

shaxslar, banklar, korxona, davlat va turli toifa aholi qatlami bo‘lishi 

mumkin.  Bir  subyektning  o‘zi  bir  vaqtda  ham  qarz  oluvchi,  ham 

qarz  beruvchi  sifatida  chiqishi  mumkin.  Кredit  aloqalari  pul  egasi 

bilan  qarz  oluvchi  o‘rtasida  bevosita  yoki  bilvosita  tartibda  amalga 

oshiriladi.  Birinchi  holda  ular  to‘g‘ridan-to‘g‘ri,  ikkinchi  holda 

vositachilar  orqali  bog‘lanadi.  Odatda,  asosiy  vositachi  rolini 

banklar  o‘ynaydi.  Кredit  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  qator  vazifa-

larni bajaradi. 

Taqsimlash  vazifasi.  Bunda  bo‘sh  pul  mablag‘larini  qarzga 

berish  orqali  kapitalni  turli  tarmoqlar,  korxonalar  o‘rtasida 

taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  amalga  oshiriladi  va  iqtisodiy 

resurslarning ko‘chib yurishi ta’minlanadi. 

Joriy  qilish.  Кredit  asosida  va  unga  bog‘liq  holda  pul  belgilari 

va  unga  tenglashtirilgan  naqd  pulsiz  to‘lov  vositalari,  turli 

qimmatbaho  qog‘ozlar  emissiya  qilinadi,  xo‘jalik  aylanmasiga 

kiritiladi. 




509 

Nazorat  qilish.  Кredit  operatsiyalarini  bajarish  jarayonida 

iqtisodiy  faoliyat,  moliyaviy  ahvol  nazorat  qilinadi.  Davlat  kredit 

munosabatlari 

orqali 

pul 


aylanmasi 

barcha 


jarayonlarini 

boshqarishni amalga oshiradi. 

Rag‘batlantirish.  U  yoki  bu  maqsad  uchun  qarz  berish,  qarzni 

undirish orqali tejamkorlik, iqtisodiy o‘sish rag‘batlantiriladi. 

Ishlab  chiqarish  uzluksizligini  ta’minlash.  Bunda  bo‘sh  pul 

mablag‘larini  harakatdagi  kapitalga  aylantirilib  tovar  ishlab 

chiqarish vaqti qisqartiriladi.  

Кredit mablag‘lari manbai sifatida quyidagilar chiqadi: 

Birinchidan,  korxonalarning  vaqtincha  bo‘sh  turgan  pul  mab-

lag‘lari.  Bu  mablag‘lar  kapitalning  doiraviy  aylanishi  bilan  bog‘liq 

bo‘lib,  ma’lum  muddat  uning  bir  qismi  bo‘sh  turadi.  Jumladan 

amortizatsiya ajratmalari, asosiy kapitalni yangilash vaqti kelguncha 

bo‘sh  bo‘lib,  bankdagi  hisob  raqamlarida  jamlanib  boradi. 

“jadallashtirilgan” amortizatsiya siyosati tufayli bu mablag‘lar o‘sib 

borish  tamoyiliga  ega  bo‘ladi.  Mahsulot  sotishdan  keladigan  pul 

tushumlari  ham  xomashyo,  materiallar  sotib  olish,  xodimlar 

mehnatiga haq to‘lash vaqti kelguncha bo‘sh turadi. Кorxonalarning 

ishlab  chiqarish,  fan  va  texnikani  rivojlantirish  fondlari,  moddiy 

rag‘batlantirish  fondlari  ham  jamlanib  borib,  belgilangan  maqsad 

bo‘yicha  ishlatilguncha  bo‘sh  turadi.  Кorxonalar  foydasi  davlat 

budjeti  va  kredit  tizimi  bilan  hisob-kitob  qilinguncha,  bankdagi 

hisoblarda saqlanadi.          

Ikkinchidan,  moliya-kredit  muassasalarining  pul  mablag‘lari. 

Ularning  daromadlari  bilan  xarajatlari  o‘rtasidagi  farq  bo‘sh  pul 

mablag‘larini  tashkil  etadi.  Tijorat  banklari  va  moliya-kredit 

muassasalarining  pul  zaxiralari 

ham 

ssuda 


fondi 

manbai 


hisoblanadi. 

Uchinchidan,  davlat  ixtiyo-

ridagi  zaxira  pul  mablag‘lari. 

Markaziy 

va 

mahalliy 



boshqaruv  bo‘g‘inlarining  xara-

jatlari  bilan  soliq  tushumlari 

o‘rtasidagi  farq  tarzida  bo‘sh 

pullar  mavjud  bo‘ladi.  Budjet 




510 

tizimi  mablag‘lari  harakati  natijasida  ham  ma’lum  miqdorda  bo‘sh 

pullar hosil bo‘ladi. 

To‘rtinchidan,  turli  maxsus  (pensiya,  sug‘urta,  xayriya)  va 

ijtimoiy  fondlarning  mablag‘lari.  Bu  fondlarda  pullarning  hosil 

bo‘lishi  va  ishlatilishi  har  xil  vaqtda  yuz  beradi.  Bu  ma’lum 

miqdorda  pul  mablag‘larining  bo‘sh  qolib,  qarz  fondiga  aylanishi 

uchun imkon beradi. 

Beshinchidan,  aholi  pul  daromadlari  va  jamg‘armalari. 

Aholining iste’molchi sifatida qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish 

va  marosimlar  o‘tkazish  maqsadidagi  pullari  ishlatilgunga  qadar 

bo‘sh turadi. 

Oltinchidan, tadbirkorlar qo‘lidagi bo‘sh pul mablag‘lari. 

Bulardan  tashqari  davlat  budjetidan  uzoq  muddatli  qarz  berish 

uchun  maxsus  mablag‘  ajratiladi.  Markaziy  bank  ham  qo‘shimcha 

emissiya  tufayli  moliya-kredit  muassasalariga  kreditlar  berishi 

mumkin. 

Ma’lum  vaqt  mobaynida  bo‘sh  pullar  uning  egalariga  hech 

qanday  daromad  keltirmaydilar,  shuning  uchun  kam  miqdordagi 

foiz  bilan  ham  qarz  berish  foydali  bo‘lib  qoladi.  Natijada  ana  shu 

bo‘sh  pullar  ssuda  kapitaliga  aylantiriladi.  Bunda  banklar  yuqori 

foiz  bilan  muhtoj  bo‘lgan  tadbirkorlar  va  boshqa  subyektlarga  o‘z 

maqsadlarini  amalga  oshirish  uchun  qarz  beradi.  Hozirgi  sharoitda 

xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishda qarz mablag‘lari ulushi oshib 

borishi  tamoyili  kuzatiladi.  Ularning  ulushi  ayniqsa  kapital 

quyilmalar hajmida ortib boradi. Bunday tamoyil Yaponiya, Italiya, 

Fransiyada  yaqqol  ko‘zga  tashlandi.  Masalan:  Yaponiya  firmalari 

ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflangan mablag‘larning 4/5 

qismini chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan mablag‘lar tashkil 

qiladi. 


 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish