O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Ishsizlik va uning turlari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

 

5. Ishsizlik va uning turlari 

 

Ishsizlar  –  bu  mehnatga 



layoqatli  bo‘lib,  ishlashni 

xohlagan,  lekin  ish  bilan 

ta’minlanmaganlardir. 

 Ishsizlik 

kelib 

chiqishining  asosiy  sababi–



ishchi  kuchi  (mehnat)ning 

aniq bozorida taklifning unga 

bo‘lgan  talabdan  ortib  ketishi  va  buning  natijasida  iqtisodiy  faol 

aholi bir qismining ish bilan ta’minlanmasligidir. 

O‘zbekiston  Respublikasining  Mehnat  kodeksiga  muvofiq  16 

yoshdan  boshlab  pensiyaga  chiqish  huquqini  olish  yoshigacha  ish 

joyiga  va  ish  haqi  (mehnat  daromadi)ga  ega  bo‘lmagan,  haqiqatda 

ish qidirayotgan, mehnat qilishga layoqatli, kasb-korga ega va qayta 




456 

tayyorgarlikdan o‘tishga tayyor, davlat bandlik xizmati muassasalari 

maqbul  keladigan  ishni  taklif  qilmagan,  shaxslar  ishsizlar  deb 

yuritiladi. Ishsizlik kelib chiqish sabablariga ko‘ra: friksion, tarkibiy 

va siklik ishsizlikka bo‘linadi. 

Friksion ishsizlikka yangi joyga ko‘chib o‘tishi natijasida asosiy 

ish joyini vaqtincha yo‘qotgan, lekin faol ish qidirayotganlar kiradi. 

Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: 

‒ o‘z xohishi bilan ish joyini o‘zgartirganlar; 

‒ ishdan bo‘shatilganligi tufayli yangi ish joyi qidirayotganlar

‒ vaqtinchalik ish joyini yo‘qotganlar; 

‒  birinchi  marta  ishga  joylashish  uchun  ish  qidirib  yurgan 

yoshlar. 

Bu  turdagi  ishsizlar  u  yoki  bu  sababga  ko‘ra  ish  joyini  yo‘qot-

ganlar  bo‘lib,  har  doim  mavjud  bo‘ladi  va  mehnat  bozorini 

to‘ldiradi. 

Friksion  ishsizlik  muqarrar  hisoblanadi,  chunki  ko‘pchilik 

ishlovchilarda  kam  haq  to‘lanadigan  ish  joyidan,  ko‘proq  haq 

oladigan ishga o‘tishga xohish bo‘ladi. Bu ish kuchining malakasini 

va  mahoratini  oshirishga  undaydi  shu  bilan  birga  mehnat  resurs-

larining  samarali  taqsimlanishi  real  milliy  mahsulotlarning  ko‘pa-

yishiga olib keladi. 

Tarkibiy  ishsizlik  ‒  iste’molchi  talabi  va  texnologiyadagi 

o‘zgarishlar  oqibati  hisoblangan  tarkibiy  o‘zgarishlar  natijasida 

kelib  chiqadi.  Tarkibiy  ishsizlar  maxsus  tayyorgarlik  qilmasdan, 

yangi ish turiga ko‘nikma hosil qilmasdan ish topa olmaydilar. 

Friksion  ishsizlik  qisqa  muddatli  tavsifga  ega  bo‘lsa,  tarkibiy 

ishsizlik esa uzoq muddatga cho‘zilib jiddiy ijtimoiy muammolarni 

keltirib chiqarishi mumkin. 

 Siklik 


ishsizlik 

– 

iqtisodiy 



inqiroz 

fazasi 


bilan bog‘liq ravishda kelib 

chiqadi 


va 

majburiy 

ishsizlik 

hisoblanadi. 

Masalan,  AQSHda  1982-

yildagi 


krizis 

davrida 


ishsizlik  darajasi  9,7%ga 

ko‘tarilgan, 

“Buyuk 



457 

turg‘unlik”  davri  –  1933-yilda  esa  siklli  ishsizlik  darajasi  25%ga 

yetgan. 2008-yilgi jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi natijasida bu 

turdagi ishsizlik darajasi 5 - 6%ni tashkil qilgan. 

Ishsizlik  namoyon  bo‘lish  xususiyatiga  ko‘ra  ixtiyoriy, 

muassasaviy  (Institutsional),  texnologik,  hududiy,  yashirin  va 

turg‘un turlarga bo‘linadi. 

Ixtiyoriy ishsizlikka – odatda o‘z xohishi bilan ishlamayotganlar 

kiritiladi.  Кishilar  ish  haqining  pasayishi  sababli  yoki  uy  xo‘jaligi 

bilan  mashg‘ul  bo‘lishi,  bola  boqish  va  boshqa  sabablarga  ko‘ra 

ixtiyoriy ravishda ishlamasliklari mumkin. 

Muassasaviy  ishsizlik  ‒  bu  mehnat  bozorlarining  samarali 

tashkil  etilmasligi  natijasida  kelib  chiqadi.  Masalan,  vakantli  joylar 

to‘g‘risida  ma’lumot  yetarli  bo‘lmay  kishilar  bo‘sh  ish  o‘rinlaridan 

xabarsiz qoladi. 

Texnologik  ishsizlik  ‒  ishlab  chiqarishning  texnologik  usuli 

o‘zgarishi,  xususan  mexanizatsiyalash  va  avtomatlashtirish,  robot-

lashtirish  va  informatsion    texnologiyalarning  qo‘llash  natijasida 

vujudga keladi. 

Hududiy  ishsizlik  ‒  hududiy,  tarixiy,  demografik,  madaniy, 

milliy va ijtimoiy-ruhiy omillar bilan bog‘liq holda mavjud bo‘ladi. 

Yashirin  ishsizlik  –  faol  aholining  ish  kuni  yoki  ish  haftasi 

davomida to‘liq band bo‘lmagan qismidir. 

Turg‘un  ishsizlik  ‒  mehnatga  layoqatli  aholining  ish  joyini 

yo‘qotgan, ishsizlik nafaqasini olishdan mahrum bo‘lgan va mehnat 

faoliyatiga hech qanday qiziqishi bo‘lmagan qismi. 

Ishsizlik  davom  etish  vaqtiga  qarab  qisqa  va  uzoq  muddatli 

ishsizlikka bo‘linadi. Кo‘pgina mamlakatlarda 6 oygacha ishsizlikni 

qisqa  muddatli,  undan  ortiq  muddatga  cho‘zilganda  uzoq  muddatli 

ishsizlik  hisoblanadi.  Iqtisodiy  faol  aholining  ish  bilan  bandligini 

tahlil  qilish  maqsadida  ishsizlik  darajasi  aniqlanadi.  Ishsizlik 

darajasi  ishsizlar  sonining  ishchi  kuchi  umumiy  soniga  nisbatining 

foizdagi ifodasidir: 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish