2. Iste’molchi budjeti, uning cheklanganligi va omillari
Iste’molchi xulqini tahlil qilishning asosiy dastagi bo‘lib farqsiz
egri chizig‘i xizmat qiladi. Farqsizlik egri chizig‘i iste’molchi uchun
A va B tovarlarning u yoki bu teng qiymatli to‘plamini aks
ettiruvchi nuqtalarning geometrik joylashishidir.
Farqsizlik egri chizig‘i tegishli nuqtalarga mos keluvchi ikki
tovarning barcha to‘plami (muqobil variantlari) iste’molchi uchun
bir xil nafli. Shu sababli, iste’molchi ularning bir to‘plamdan
boshqasiga oson o‘tishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |