254
4
3
2
1
0
3
2
1
0
2
1
0
1
0
0
Jadval qatorlari yuqoridan pastga tomon aynan bir tovar
qo‘shimcha birligining nafliligi pasayib borishini ko‘rsatadi.
Zarurligi jihatdan har qanday darajali tovarning birinchi birli-
gining nafliligi yuqori, har bir navbatdagi qo‘shimcha ketma-
ketlikda iste’mol qilinadiganlarining keyingi nafliligi oldingilariga
nisbatan kamayib boradi.
Iste’molchi uchun har bir keyingi iste’mol qilinadigan tovardan
kamroq qo‘shimcha naflilik olishi sababli u aynan shu tovarning
navbatdagi birligini narxi tushsagina sotib oladi. Bu esa talab egri
chizig‘ining pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘lishini taqozo etadi.
Iste’molchi narxlarning mavjud darajasida va mablag‘lari chek-
langanligidan kelib chiqib, tanlangan tovar (xizmat)laridan yuqori
naf olishni hohlaydi. Iste’molchi ratsiotnal harakat qiladi, shu
sababli u subyektiv sezgilariga asoslanib xarid qilinadigan
mahsulotlar to‘plamini naflilikning o‘sishini ta’minlaydigan
darajaga yetgunicha o‘zgartiradi. Va nihoyat iste’molchi A
tovarning navbatdagi birligidan V tovar foydasiga voz kechib,
ularning umumiy nafliligini ko‘paytirib berishi mumkinki, bu uning
tanlovi muvozanatli nuqtaga erishilganligini anglatadi.
Muvozanatli nuqta iste’molchi budjetining mavjud darajasida
umumiy naflilikni ko‘paytira olmasligini anglatadi va u o‘z iste’mo-
lida “nimani”dir o‘zgartirishdan to‘xtaydi. Bu bir tovarga sarflangan
pul hisobiga olingan keyingi naflilik boshqa tovarga sarflangan
shunday pulga olingan keyingi naflilikka teng bo‘lib qolganda ro‘y
beradi. Shu holda keyingi naflilik tengligi qoidasining amal qilishi
namoyon bo‘ladi.
A tovarning V tovarning
keyingi nafliligi keyingi nafliligi
--------------------------- = ---------------------------
A tovar narxi V tovar narxi
255
Bu qoida sarflangan pul birligiga to‘g‘ri keladigan keyingi nafli-
likka ega tovar xuddi shunday pul birligiga sotib olinadigan boshqa
tovar keyingi nafliligiga teng bo‘lmagunicha yuqori talab bilan
foydalanishini anglatadi.
MU1 MU2 MU3 MUn
-------- = ------- = -------- = …… = -------- = pul birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha
MU
P1 P2 P3 Pn
Кeyingi naflilikning barqaror pasayib borish tamoyili talab
qonunini ancha chuqur bilishiga yordam beradi. Кeyingi naflilik pa-
sayib borganda aynan bir tovar xaridning keyingi o‘sishi iste’mol-
chiga mos ravishda kamroq va yanada kamroq qoniqish keltiradi.
Demak, iste’molchi tovar yoki xizmatning ketma-ketlikda xarid
qilingan ikkinchi, uchinchi va keyingi birliklariga kamroq va yana
kamroq to‘lashni xohlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: