Nutq madaniyati va nutqning kommunikativ sifatlari
Nutq madaniyati fani tomonidan nutq oldiga qoyiladigan talablar lingvistik, psixik, estetik, logik talablar bolib, ular nutqning kommunikativ sifatlarini belgilaydi.
Nutqning kommunikativ sifatlari: togriligi, aniqligi, mantiqiyligi, tozaligi, tasirchanligi, boyligi va b.
1. Nutqning togriligi. Nutqning togriligi kommunikativ sifatining oziga xosligi shundaki, soz birikmasidagi togri sozi kochma, yani adabiy til qonun-qoidalariga, talablariga javob beradigan, unga mos bolgan manosini berib, nutq sozi bilan boglanib, mazkur fanning eng muhim terminlaridan biriga aylangan. Ayni vaqtda u nutqning kommunikativ sifatlari ichida eng asosiy, yani dominant (hukmron) sifat hisoblanadi. Chunki nutqning togriligi adabiy til qoidalari, meyorlari asosida yuzaga keladi. Shunga kora nutq jarayoni aniq, mantiqiy, maqsadga muvofiq boladi, suhbatdoshlar ortasida ozaro tushunish jarayoni ham amalga oshadi. Qiyoslang: Qalin ormon ichidan yorib otgan bir tutam nur oq qayinni, goyo ichidan yoritganday, shaffof qilib korsatar edi (A.Muxtor). Demak, ushbu nutq grammatik meyorga asoslangan, gap tuzish qoidalaridan togri foydalangan, shakl yasovchi qoshimchalar oz ornida qollangan holda, shuningdek, ega va kesim mosligiga, ayrim bolaklarning (soz va soz birikmalarining) ega yoki kesim bilan bevosita boglanishiga etibor qilgan, hatto bazi hollarda kelishik qoshimchasining qollanmasligi ham mumkin degan qoidaga amal qilgan holda tuzilgan. Ushbu nutqda, ayni vaqtda, fonetik jarayonga – soz urgusiga va mantiqiy urguga ham alohida etibor qaratilgan
2. Nutqning aniqligi. Nutqning aniqligi ham nutq faoliyatining eng muhim xususyatlaridan, sifatlaridan biridir. Qadimda Sharqda ham, Garbda ham buyuk allomalar nutqning aniqligini uning bosh sifatlari qatoriga kiritishgan. Demak, nutqning aniqligi, muhimligi jihatidan, nutqning togriligi kommunikativ sifatidan qolishmaydi.
Nutqning aniqligi obyektiv borliq predmetlari bilan nutqda ifodalangan fikr, mazmun orasidagi moslikni nazarda tutadi. Aytilgan fikr nuqtayi nazaridan quyidagi gapni tahlil qilar ekanmiz, unda predmet bilan uni anglatayotgan soz manosi ortasida moslik, muvofiqlik yoqligini koramiz. Qiyoslang: Dastlabki tergov materiallariga kora T.Sobirov
rashk holatida I.Sultonov bilan janjallashib, uning
bosh tepa qismiga, chap orqa kokrak sohasiga,
hayot uchun xavfli bolgan jarohat yetkazgan.1 Bu orinda chap orqa kokrak sohasiga birikmasi qollanishida inson tana azolarini yaxshi bilmaslik natijasida aniqlik buzilyapti. Chunki kokrak tananing boyindan qoringacha bolgan old qismi tushunchasini beradi.2
Yana qiyolang: Botir beliga qator beshta bomba qistirib,
Qoliga bomba ushlagan holda kochaga yugurdi (Maruf Hakim).
Ushbu gaplardan bomba sozining notogri qollanilayotgani yozuvchining bomba va granatani farqlamasligi, ularni bir narsa deb tushunishi malum boladi.3
Demak, nutqning togriligi va aniqligi nutqni nutq qiladigan, nutqning ijtimoiy-amaliy qimmatga ega bolishini kommunikatsiyalarini taminlaydigan, tilning qudratli, tengi yoq aloqa quroli ekanligini belgilaydigan, lisoniy taraqqiyotga xizmat qiladigan bosh funksiyasidir, sifatidir.
3. Nutqning mantiqiyligi. Nutqning mantiqiyligi terminida mantiqiylik logik kategoriya sifatida mantiqqa asoslangan, muayyan mantiqqa, mazmunga, goyaga ega bolgan manoni berib, togrilik va aniqlik tushunchalari bilan bevosita boglanadi. Chunki togri va aniq nutq mantiqan izchil boladi. Bu esa kommunikantlarning bir-birini toliq tushunishlari, nutqda ifodalanayotgan fikrning toliq yetib borishi, fikrni, goyani toliq anglashi uchun asosiy mezon hisoblanadi. Demak, nutqning mantiqiyligi nutqda ifodalanayotgan fikrning izchilligi, tushunilishini, nutqdagi lisoniy birliklarning muayyan maqsadga yonaltirishni talab qiladi. Qiyoslang: Yoz ogzidan bol tomizib, dunyoni sharbatga toldirdi (M.Ismoiliy). Kechagina chumak ura boshlagan chillaki uzumlar dasturxondan arib, ornini kahrabo husaynilarga boshatib berdi. (A.Muxtor).
ilgari 3 marotaba sariq kasal bolganini, jigar sirrozi boshlanib, ogriqqa jiday olmaganligi uchun IIB xodimlari aytgan korsatuvlarini birinchi kechasi yozib berganligini
bu haqda ishda birinchi kun qatnashgan advokatga ham aytganligini bayon etti1 Bu gapda
jigar sirrozi boshlanib, ogriqqa chiday olmaganligi uchun jumlasini tahlil qiladigan bolsak, sariq kasal bolganda jigar sirrozi bilan kasallangan insonlarda ogriq kuzatilmaydi. Demak, bu orinda mantiqiylik buzilgan, aksincha, nomantiqiylik yuzaga kelgan.
4. Nutqning tozaligi. Nutqning tozaligi terminidagi toza sozi kochma manoda kelib, nutqning tilimizga yot, begona bolgan, nutqning sofligini buzadigan, tilimiz uchun zarur bolmagan birliklardan holi qilishni anglatadi. Aniqrogi, nutqning tozaligi kommunikativ sifati nutqning adabiy til meyoriga zid bolgan, lisoniy asabimizga yoqimsiz tasir qiladigan sozlardan, qollanilishi mutlaqo shart bolmagan birliklardan yuz ogirish tushunchasini beradi. Demak, nutqning tozaligi nutqning adabiy til meyoriga muvofiq bolishini talab qiladi. Xullas, jamiyat azosi nutqiy faoliyatini adabiy til meyorlari, qoidalari, talablariga mos holda tuzishi, sozlashi yozishi lozim.
1.Ozbekiston advokatlarning himoya nutqlari T., 2006, 54-bet
Lisoniy adabiyotlarda nutqning tozaligini, sofligini buzuvchi hodisalar sifatida quyidagilar qayd etiladi:
1. Dialektizmlar.
2. Varvarizmlar.
3. Jargonizmlar.
4. Argoizmlar.
5. Vulgarizmlar.
6. Parazitmlar.
7. Kanselyarizmlar
1. Dialektalizmlar. Dialektalizmlar shevaga xos birliklar soz, soz birikmasi bolib, ularni nutqda orinsiz, yani nozarur qollash nutqni buzadi, uning tozaligiga, sofligiga putur yetadi. Qiyoslang: Qishloqdan ikki kun oldin bachalarni (bolalarni P.P) olib keldim (talabalar nutqidan). Ayni vaqtda shevaga oid sozlarni orinli, zaruriy qollash maqsadga muvofiq bolib, ushbu jarayon, asosan, badiiy asarlarda badiiylik, badiiy niyatni ifodalash uchun, estetik zavq uygotish, milliy ruhni berish uchun xizmat qiladi. Qiyoslang: Yoshulli, siz buni emas, meni tinglang. Bu manglayi qoraning sherigi bor (T.Malik). Bu orinda yoshulli, manglayi qora dialektizmlari muayyan hududga tegishlilikni anglatish uchun xizmat qiladi. Yana qiyoslang: Ishlaring yoqishma, Mirzo, deb soradi xon (A.Qodiriy).
2. Varvarizmlar. Varvarizmlar boshqa qardosh va qarindosh bolmagan tillarga oid soz va soz birikmalaridir. Ular, masalan: итак, просто, законный, уже, так, короче, остоновка, супер, во va b. – o‘zbek tiliga o‘zlashmaganligi, tilimiz tarkibiga singmaganligi bilan ajralib turadi. Aniqrog‘i, bunday birliklar stol, stakan, sport, vagon, kino, somolyot, poyezd kabi tilimizga o‘zlashgan, uning lugat tarkibidan joy olgan uzual birliklardan keskin farq qiladi. Tilimiz tarkibidan joy olmagan, yani okkozional birliklar nutqda maqsadga muvofiq qollanmasligi, yoqimsizligi, nutqiy faoliyat, yani fikr almashish jarayonida tinglovchining gashini keltirishi bilan ajralib turadi. Shunga kora ular varvarizmlar deb nomlanadi. Qiyoslang: Shahnoza, bugun Ruxsoraning tugilgan kuni, unga podarka olishimiz kerak (Talabalar nutqidan). Ostonovkada turibman, tez kel (Sozlashuv nutqidan). Varvarizmlar ham muayyan maqsadni kozlagan holda badiiy asarlarda u yoki bu obraz tabiatini, xarakterini ochishda qollanib, badiiylik uchun xizmat qiladi.
3. Jargonizmlar. Jargonizmlar biror ijtimoiy guruh azolari, masalan, otarchilar, firibgarlar, qimorbozlar, gadoylar, savdogarlar, qamalib chiqqanlar, fohishalar va b. tomonidan maxsus yaratilgan, ozlari uchungina tushunarli bolgan shunga kora xalq tilidan farqlanib turadigan soz va soz birikmalar. Jargonizmlaring oziga xos xususiyati shundaki, ularning ayrimlari kamsitish, yerga urish kabi salbiy konnotatsiyaga ega boladi. Qiyoslang: loy (pul), ment (militsioner), qaychi (revizor), soqqa, yakan, qurugi (pul), shuxer, atas, atanda (qochmoq), kok (dollor). Jargonizmlar ham badiiy asarlarda qollanilib, muayyan estetik vazifa bajaradi.
4. Argoizmlar. Argoizmlar ham jargonizmlar kabi biror ijtimoiy guruh tomonidan muayyan maqsadda suniy yaratilgan soz va soz birikmalaridir. Qiyoslang: qimorbozlar, ogrilar ortasida soqqa, qurugi, yakan, loy (pul); bezorilar, qamalganlar ortasida shuxer (qochmoq); dollarchilar ortasida kok (pul); sotuvchilar ortasida pixat qilmoq (molini aldab otkazmoq).
Argoizmlarning jargonizmlardan farqi shundaki, ularda kamsitish, pastga urish kabi salbiy boyoq bolmaydi.
5. Vulgarizmlar. Vulgarizmlar qopollik, haqorat, sokinish va qargish ifodalovchi soz va soz birikmalaridir. Bular, asosan, insonga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Bunday soz va soz birikmalari jamiyatning axloq va odob meyorlariga mutlaqo zid bolib, ularni nutqda qollaganlarning esa yuksak madaniyatdan, marifatdan uzoqligini korsatadi. Shunga qaramasdan vulgarizmlardan badiiy adabiyotlarda muayyan maqsadda foydalaniladi. Qiyoslang: ha, noinsof, ha koppak! Qoratoy boyni soka boshladi (Oybek).
6. Parazitizmlar. Parazitizmlar nutqning madaniyligiga, tozaligiga salbiy tasir qiluvchi, adabiy meyor talablariga javob bermaydigan birliklardir.
Fikrimizcha, aslida sozga nisbatan parazit terminini qollash maqsadga muvofiq emas, ota hurmatsizlikdir. Vaholangki, soz deb tan olingan har bir birlikning tilda (nutqda) oz orni, muayyan manosi, ahamiyati, qadri bor. Bu shak-shubhasizdir. Aytmoqchimizki, shu kungacha parazit sozlar deb atalgan lisoniy birliklar yashab keldimi, yashamoqdami, u yoki bu vazifa bajarmoqdami, demak, ular ham etiborga loyiq. Ular muayyan nutq faoliyatida jonlanadi, kuchga kiradi, parazitlikdan, yani boshqa sozlar hisobiga yashashdan chetlashadi. Bunday sozlarni nutq madaniyati, nutqning tozaligi nuqtayi nazaridan parazit solar emas. Balki tasodifiy, zarur bolmagan, keraksiz, ortiqcha sozlar deb nomlah maqsadga muvofiqdir. Bunday sozlar, asosan, ogzaki nutqda uchraydi. Qiyoslang: shunday qilib, anavi, aytmoqchimizki, anaqa, yani, manaqa, eslatamiz, bilasizmi, demak, xosh va b. Ushbu sozlar gap mazmuniga, gapda ifodalanayotgan fikrga biror zaruriy mano, tushuncha bermaganidagina, aniq manoda qollanib, gap mazmuniga tasir qilmaganidagina ular nutq uchun tasodifiy, nozarur, keraksiz sozlar sifatida voqelanadi. Qiyoslang: Xosh, fikrimizni davom ettiramiz (Domlalar nutqidan)
7. Kanselyarizmlar. Kanselyarizmlar muayyan korxona, zavod, fabrika, muassasa kabilarning qonuniy ish yuritish jarayoniga xos va mos bolgan, rasmiy ish qogozlarida doimiy ishlatiladigan, shaklan turgunlashgan, yani malum bir shaklda qotib qolgan, shu holda saqlanadigan soz va soz birikmalaridir. Ushbu lisoniy birliklar kanselyariya tiliga, uslubiga bevosita oid bolib, ular hujjatlar yozishda, ularni mantiqiy, rasmiy shakllantirishda xizmat qiladi. Bunday birliklar kanselyariya tiliga oid bolganligi, ularning qollanish orni qatiyligi, chegaralanganligi uchun ulardan badiiy adabiyotlarda deyarli foydalanilmaydi. Aks holda, tabiiyki, badiiy nutqning tozaligiga, sofligiga putur yetadi.
Xullas, kanselyarizmlar jamiyat hayotida, ishlab chiqarishda zaruriy birliklar bolib, ish qogozlarini hujjatlarni yozishda ularning ishlatilishi talab qilinadi. Qiyoslang: Ozbekistonda ishlab chiqariladigan avtomobillarning amaldagi narxlari quyidagicha
Avtomobillarga tolov milliy valyutada somda amalga oshiriladi. (Gazetadan)
5. Nutqning tasirchanligi. Nutqning tasirchanligi nutq orqali ifodalanayotgan fikr bevosita adresatga, yani eshituvchiga yonaltirilishi, tinglovchi psixikasiga salmoqli tasir qilishi, uning xotirasida yorqin iz qoldirishi, aniq aks etishi bilan belgilanadi. Ogzaki nutqqa ham, yozma nutqqa ham xos bolgan tasirchanlikning yuz berishi uchun, sozsiz, nutqning togri va aniq, toza va mantiqiy bolishi shart. Aks holda maqsadga tasirchanlikka erishilmaydi. Demak, tasirchan nutq ogzaki nutqda tinglovchining, yozma nutqda esa oquvchining diqqatini, etiborini ruhiyatini egallashi lozim. Nutq qanday bolmain, yani u dialogik nutqmi, monologik nutqmi, undan qati nazar tasir kuchiga ega bolishi shart. Chunki har bir inson nutq sozlar ekan, birinchi navbatda, u nutqning tasir quvvatiga, kuchiga etibor beradi. Shunga kora u nutqning kommunikativ sifatlariga diqqat qilgan holda auditoriyaning bilim darajasini, yoshini, kasbini, ruhiy holatini hisobga olib, nutqini tuzishga, rejalashtirishga harakat qiladi. Maqsad tinglovchiga nutqini, fikrini toliq yetkazish, toliq tushuntira olish va uni ishontira olishdir. Shundagina tasirchanlik jarayoni yuz beradi. Ayni vaqtda nutq sozlovchi bilan nutq tinglovchi ortasida uzviylik, ruhiy hamkorlik, ozaro hurmat bolihi, nutq hayotiy faktlarga boy, asoslangan boishi lozim. Shuningdek, nutqda tasviriy vositalarning, oxshatishlar, parafrazalar, frazeologik iboralar, maqol, metal, hikmatli iboralar, hadislardan namunalarning qollanilishi ham maqsadga muvofiqdir.
6. Nutqning boyligi. Yuqorida aytilganlar, ayni vaqtda, nutqning boyligini ham belgilaydi. Malum boladiki, nutqning tasirchan, boy bolishida nutq sozlovchiga katta masuliyat yuklanadi. Nutq sozlovchi ommani oziga jalb qiluvchi, oziga hurmat bilan qarashiga sazovor bolgan shaxs sifatida lisoniy, manaviy, ruhiy, estetik jihatdan tayyor, yetuk bolishini, albatta, bilim saviyasi yuqori, til-lugat boyligini mukammal egallagan bolishi shart. Nutqning tasirchanligi, birinchi navbatda, sozlovchiga adresantga, uning lisoniy va falsafiy dunyoqarashiga bogliqdir. Qiyoslang:
Ilmdan bir shula dilga tushgan on
Shunda bilursankim, ilm bepayon. (Firdavsiy)
Soz kuchidan yiqilur minbar ham, dor ham,
Soz birla chiqur indan ilon-murdor ham (Balxiy).
Kamprlar sim qoqdi (A.Qahhor).
Jamiiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi
Ona tili bu millatning ruhidir. Oz tilini yoqotgan har qanday millat ozligidan judo bolishi muqarrar (I.Karimov). Ona tilimizning boyligini, unga hurmatingiz va muhabbatingizni tilimizni dunyoga tarannum etish bilan korsatishingiz kerak (Sh.Mirziyoyev).
Nutqning tasirchan, ifodali, boy bolishida, albatta, sozlovchi nutq texnikasiga ham amal qilishi lozim. Aniqrogi, u nutq texnikaini ham puxta egallagan bolishi shart. Nutq sozlovchi nutqiy faoliyati jarayonida auditoriyani hisobga olgan holda ovozning tiniqligiga, jarangdorligiga, baland-pastligiga, sozlarning aniq va tiniq eshitilishiga, nutqning uzun va qisqaligiga, hayajonli bolishiga, diksiyasiga, urgudan togri va unumli foydalanishga etibor berishi ayni muddaodir. Aytilganlar nutqning tasirchan, ifodali, boy bolishini taminlaydigan zarur shartlardandir.
Xullas, nutq madaniyati ham, muloqot madaniyati ham ozaro dialektik bogliq tushunchalar sifatida jamiyatga ijtimoiy, madaniy, marifiy, iqtisodiy, siyosiy taraqqiyotga xizmat qiladi, ularning rivojiga yetakchi kuch hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |