73
5.4. Aylanma mablag’larni me’yorlashtirish. Aylanishini tezlashtirish
Aylanma mablag’larning
aylanishini tezlashtirish, ulardan samarali
foydalanish quyidagilarni talab qiladi:
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini keng qo‘llash;
ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida ilmiy jihatdan asoslangan me’yor
va me’yoriylar tizimini yaratish;
korxonalarni uzoq muddatli xo‘jalik aloqalari yuritishga o‘tkazish;
mahsulotlar, moliyaviy, moddiy va kuch-quvvat resurslarining sifat balansini
tuzish;
boshqarish tizimini tashkil etishning va rag’batlantirishning optimal
shakllarini qo‘llash.
Texnologik jarayonlami yaxshilash;
Xomashyoni kompleks qayta ishlash usullarini rivojlantirish;
Ishlab chiqarishni tashkil etishni yaxshilash.
Aylanma mablag’larning aylanishini tezlashtirish uchun ularni ishlab chiqarish
va muomalada bo‘lish muddatini qisqartirish kerak. Aylanma mablag’lardan
foydalanishni
yaxshilash, ularning aylanishini tezlashtirish ishlab chiqarish
samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
Misol: korxona 10 mln. so‘mlik aylanuvchi mablag’ga ega. Bitta aylanish
davomiyligi 90 kun. Demak, aylanma mablag’larning aylanish darajasi K
a
= 4 ga
teng.
90
360
a
K
.
Aylanma mablag’larning 1 so‘miga 4 so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi,
korxona yil davomida 40 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi. Agar korxona bir
aylanish davomiyligini 10 kunga qisqartirsa, ya’ni T - bir aylanishning davom etishi
90 kun emas 80 kun bo‘lsa,
unda aylanish darajasi K
a
= 4,5 ga teng
.
80
360
a
K
74
Korxona yil davomida 45 mln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqaradi. Agar
aylanish darajasi yiliga 4,5 ga teng bo‘lganda 40 mln. so‘mlik mahsulot ishlab
chiqarish rejalashtirilgan bo‘lsa, unda kam miqdorda aylanuvchi mablag’ talab
qilinadi. 40 mln.: 4,5 = 8,888 mln.so‘m, ya’ni 1,112 mln.so‘m aylanuvchi mablag’
bo‘shatib olinadi ( 10 mln.- 8,888 mln.).
Aylanma mablag’lar mutlaq va nisbiy ozod qilinadi.
Mutlaq ozod qilish korxonaning aylanma mablag’larga bo‘lgan ehtiyojini
kamaytirishni ifodalaydi hamda mavjud resurslardan
oqilona foydalanishga oid
chora-tadbirlar hisobiga amalga oshiriladi.
Misol: Korxona aylanma mablag’larining o‘rtacha miqdori 2016-yilda 10 mln.
so‘mni tashkil qilgan. 2017-yilda ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmagan holda 9
mln.so‘m miqdorida ehtiyoj rejalashtirilmoqda. Asosiy vositalarning mutlaq ozod
qilinishi 1 mln.so‘mni tashkil etadi.
Nisbiy ozod qilish aylanma mablag’lar hajmining o‘zgarishini hamda sotilgan
mahsulot hajmining o‘zgarishini aks ettiradi. Uni aniqlash uchun hisobot yilida
aylanma mablag’larga ehtiyojni, mahsulotni mazkur davr mobaynida sotish
bo‘yicha haqiqiy aylanish hamda o‘tgan davrdagi aylanishini inobatga olgan holda
hisoblash zarur.
Xulosa
Ishlab chiqarishida asosiy fondlar bilan bir vaqtning o‘zida aylanma mablag‘lar
ham harakatda bo‘ladi. Aylanma fondlaming ashyoviy
mazmunini asosiy va
yordamchi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, yarimfabrikatlar,
ehtiyot
qismlar, kam baholi hamda tez to‘ziydigan buyum va inventarlar, turli idishlar
(taralar) tashkil etadi. Aylanma mablagiarga esa tayyor mahsulot, yo‘ldagi mahsulot
va hisobdagi pullar ham kiradi.
Aylanma mablag‘lardan foydalanishni yaxshilash mavjud xom ashyo va
materiallar bilan ishlab chiqarish ko‘lamini yuqori darajaga ko‘tarish,
tarmoqlar
o‘rtasida yuqori tejamli nisbatlarni (proporsiyalami) belgilash, mehnat
75
unumdorligini oshirish va mahsulot tannarhini pasaytirishga imkon yaratadi. Ishlab
chiqarishni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish xom ashyo va
materiallardan, yoqilg‘i va elektr energiyasidan oqilona foydalanishni talab etadi.
Moddiy resurslarni tejash maqsadida ko‘p omillardan foydalanish mumkin.
Resurslarni tejashning asosiy omillariga ishlab chiqarishni
modemizatsiya qilish,
texnik yangilash va diverfikatiya qilish, innovatsion texnologiyalami keng jalb etish,
ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarishni yaxshilash, tejamkorlikni
rag‘batlantiruvchi dastak va stimullardan keng foydalanish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: