Oligouriya (yunoncha olygos – kam, uron - siydik) sutkalik siydikni 500
ml va undan kam ajralishi. Bu quydagi xolatlar kuzatiladi:
Fiziologik – suyuqlik qabul qilish cheklanganda, ko‘p terlashda, jismoniy
zo‘riqishlarda
O‘tkir va surunkali nefritlarda
Yurak yetishmovchiligi
Kuyish kasalligi (shok bosqichida)
Buyrak zaxarlanishlarida
Turli etiologiyali shoklarda
Qorin bo‘shlig‘I o‘smalarida va kichik chanoq a‘zolari o‘smalarida
Anuriya (yunoncha an – yo‘q, uron – siydik) siydik ajralishi to‘xtashi
hisobiga siydik pufagiga siydik tushmasligi (200 ml / sutka va undan kam).
Anuriya buyrak yetishmovchiligida (buyrakka aloqador) arterial bosim tushib
ketishi (buyrakdan tashqari anuriya), siydikning ajralishiga to‘siq mavjud
117
bo‘lgan xollarda (masallan siydik ayiruv naylarining o‘sma bilan bosib
qo‘yilishi xolatlarida) kuzatiladi.
Ishuriya (yun. ischo-to`xtash, yoki to`sqinlik qilish, uron- siydik). Bunda
siydik pufagi to`lganda ham uni tashqariga chiqara olmaslik kuzatiladi. Ishuriya
siydik pufagi atoniyasi yoki siydik yo‘li torayishida kuzatiladi.
Ishuriya yuzaga kelganda kechiktirmagan xolda siydik pufagini bo`shatish
lozim. Bunday xolatlarda bemorlarda mustaqil ravishda siydikni ajralishini
kasalning atrofida xuddi jumrakdan suv oqib turganidek yoki choynakda suvni
tomchilatilgandek shovqinnixosil qilib, yoki jinsiy a‘zolarni issiq suvda yuvish
orqali yoki qov usti sohasiga grelka quyishni qo`llash bilan yuzaga keltirish
mumkin.
Agarda bularning xech qaysisi samara bermasa bemorga siydik chiqarish
nayi (kateter) ulab qo‘yiladi.
Nikturiya. Buyraklarning normal faoliyati uchun kunduzgi diurezning
ustunligi xosdir (kunduzgi diurezning tungi diurezga nisbati taxminan 4:1).
Nikturiya (yunoncha nyktos – tun, uron - siydik) - tungi diurez ortishi hisobiga
ushbu nisbatning o‘zgarishi (siydikning ko‘p qismini kunduzi emas tunda
ko‘proq ajralishi). Nikturiya turli buyrak xastaliklarda, prostate bezi
gipertrofiyasi va qandsiz diabetga chalingan bemorlarda kuzatiladi. Nikturiya
buyrak kasalliklarining erta simptomlaridan biri bo‘lib, ayniqsa keksalarda ko‘p
uchraydi.
Enurez. Asosan yoshi kattalar va qariyalarda nikturiya siydik tuta
olmaslik - enurez (yunoncha enureo – xo‘llash) bilan birga kechadi. Enurez
yoshi katta kishilarda prostata bezi adenomasida kuzatiladi.
Pollakiuriya. Odatda sutkada normada 3-4 marta siydik ajraladi.
Pollakiuriyada (yunoncha pollakis - ko‘p marta, tez tez, uron - siydik) sutkalik
siydik ajralishi 6-7 martadan yuqori boladi. Bu holat ko‘p suv ichganda, siydik
ajratish yo‘llari yallig‘lanishida ifodalangan prostate bezi adenomasida va
poliuriya bilan kechuvchi kasalliklarda kuzatiladi.
118
Dizuriya (yunoncha dys - funksiyaning buzilishi, uron - siydik) - siydik
qopidan siydik ajralishining tezlashishi va/yoki qiyinlashishi, og‘riqli bo‘lishi
bilan harakterlanadigan siydik chiqarishni buzilishlarining umumiy nomi.
Dizuriya simptomlari siydik ayiruv tizimining yallig‘lanish kasalliklari (sistit,
uretrit, piyelonefrit, buyrak tuberkulyozida va bosh.) va siydik yo‘lida tosh
mavjudligida namoyon bo‘ladi.
Stranguriya (yunoncha strangos –tomchi, uron-siydik) og‘riqli siydik
ajralishi boshqa o‘zgarish va buzilishlar kuzatilmagan holda.
Shishlar. Buyrak kasalliklarida kuzatiladigan shishlar ko‘pincha ertalab
yuzlarda namoyon bo‘ladi (paraorbitalni shish), ifodalangan shish sindromida
esa tananing pastki qismlarida ham kuzatiladi. Ba‘zida shishlar yaqqol
ifadalangan, yuzlarga, qo‘l-oyoqlarga tarqalgan bo‘ladi va anasarka rivojlanishi
bilan kechadi.
Shishlar kelib chiqan bemorlarni kuzatishda nafaqat sutkalik diurezni
aniqlash, balki tana vaznini ham aniqlash lozim.
Beldagi og`riqlar. Buyrak va siydik chiqarish yo`llari kasalliklaridagi bel
sohasida og‘riq buyraklar kapsulasinig taraglashishi (masalan buyrakdagi
yallig‘lanish jarayonlarda–nefritda) va/yoki siydik ayiruv naylari obstuksiyasida
(tosh, qon laxtalari bilan) kuzatiladi. Og‘riqning doimiy bolishi ikki xil holatda:
glomerulonefritda-umumiy og‘riq va piyelonefritda faqat ma‘lum bir tarafda
kuzatiladi. Kuchli, to‘lg‘oqsimon, bel sohasining bir tarafidagi va oraliq
sohasiga tarqaluvchi og‘riqlar – buyrak sanchig‘I - siydik tosh kasalliklarida
namoyon bo‘ladi.
Buyrak sanchigiga birinchi yordam - shifokor kelguniga qadar iliq suvli
vanna yoki grelka qo`yiladi. Uvning harorat 38-39C, vanna qabul qilish
davomiyligi 10-20 minutni tashkil qiladi. Bundan tashqari shifokor tavsiyasiga
ko‘ra bemorga spazmolitik va anal‘getiklar kiritiladi.
Arterial gipertenziya
119
Buyrak patologiyalar natijasida kelib chiqadigan simptomatik arterial
gipertenziyaning simptomidir. Buyraklar arterial gipertenziyasi amaliy jihatdan
simptomsiz kechishi mumkin va davolash ham etarlicha murakkab bo‘ladi.
Aterial gipertenziya aniqlanganda, bemorda tizimli ravishda qon bosimi sutkada
2- 3 marta yoki undan ham ko‘po‘lchab turiladi va albatta shifokor tavsiyasiga
ko‘ra antigipertenziv vositalar qabul qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |