O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


 Siydik hosil qilish va ajratish tizimi kasalliklarida bemorlarni



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/253
Sana23.06.2021
Hajmi2,51 Mb.
#99769
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   253
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish

1.26. Siydik hosil qilish va ajratish tizimi kasalliklarida bemorlarni 

kuzatish va parvarishi qilish 

Buyrak  va  siydik  chiqaruv  nayi  kasalliklari  bilan  kasallangan 

bemorlarning parvarishi va nazorati 2 yo‘nalishda olib boriladi. 

Umumiy  chora-tadbirlar  –  turli  a‘zolar  va  tizimlar  kasalliklari  bilan 

og‘rigan bemorlarni ko‘zdan kechirish va tekshirish: bemorni umumiy ko‘zdan 

kechirish, termometriya, puls va arteriya bosimini tekshirish, harorat varaqasini 

to‘ldirish, bemor shaxsiy gigiyenasi va boshqalar. 

Maxsus chora-tadbirlar – siydik ayiruv a‘zolari kasalliklardagi simptomlar 

asosida  tekshirish  va  ko‘zdan  kechirish:  shish,  beldagi  og‘riq,  arterial 

gipertenziya va boshqalar. 

Buyrak va siydik yo'llalari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni kuzatish 

ehtiyotkorlik  va  muntazam  parvarishlashni  talab  qiladi. Qachonki  bemorning: 

siydik  rangi  o'zgarishi,  qon  bosimining  ko‘tarilishi,  dispeptik  buzilishlar  sodir 

bo‘lganda,  umumiy  ahvoli  yomonlashganda  darhol  shifokorga  xabar  berish 

kerak bo‘ladi. 

 

Buyraklar asosiy vazifasi – ajratish. Buyraklar organizmdan siydik, suvda 



erigan  tuz,  metabolizm  mahsulotlarini  ajratadi  (xususan,  protein  metabolizm 

mahsulotlari  –  ―azot-qoldig`I‖  bo'ladi). Bundan  tashqari,  buyraklar  oqsillar, 

uglevodlar  va  yog'lar  almashinuv  jarayonlarida,  gemodinamikani  tartibga 

solishda  ishtirok  etadigan  biologik  faol  moddalar  (eritropoietin,  renin, 

prostaglandinlar va boshqalar) ishlab chiqaradi.

 

Har  5-10  minutda  buyraklar  orqali  tanamizdagi  barcha  qon  oqib  o'tadi, 



sutkada  buyraklarda  1000  litr  gacha qon  aylanadi.  Buyrakdagi  siydik  doimiy 

asta-sekinlik  bilan  siydik  pufagida  to`planadi. Keng  ma'noda,  «diurez"  so‘zi 

siydik  shakllanishi  va  siydik  ajratish  ma‘nosini  bildiradi,  lekin  u  ko'pincha 

siydik  chiqishi  miqdorini  tavsiflash uchun  ishlatiladi  (yunoncha diureo  -  siydik 

ajratmoq).  Kun  davomida  ajratiladigan  umumiy  siydik  miqdori  sutkalik  diurez 

deyiladi.  Bir  daqiqadagi  o‘rtacha  diurez  minutlik  diurez  deyiladi  (bu  buyrak 




114 

 

funksiyasini  ifodalaydi).    Katta  yoshli  odamlarda  siydik  ajratish  kundalik 



miqdori  odatda,  qabul  qilingan  suyuqlikning  50-80%  ini  tashkil  qiladi,  ya‘ni 

1000 dan 2000 ml orasida o'zgarib turadi. Suyuqlikning qolgan hajmi teri orqali 

(300-400  ml  /  kuniga)  o`pka  orqali  (300-400  mlgacha,  jismoniy  zo‘riqish 

paytida  500  ml  gacha)  ajraladi. Ichaklar  orqali  100  ml  gacha  suyuqlik 

ajraladi.  Jismoniy, og`ir ish bajarganda va issiq havoda haddan tashqari terlash, 

qayt  qilish,  ich  ketishi  paytida  siydik  ajralishi  kamayadi  va  aksincha,  ko‘p 

suyuqlik qabul qilinganda siydik ajralishi ko‘payadi.  

Buyrak  va  siydik  yo'llari  kasalliklari  bilan  og`rigan  bemorlarda  turli  xil 

shikoyotlar  kuzatiladi. Bunda  bel  sohasida  shish,  dizuriya,  og'riq,  siydik 

ajralishini  buzilishi,  qon  bosimini  oshishi  kabi  alomatlar  nisbatan  ko‘p 

kuzatiladi.   

Buyrak  kasalliklari  bilan  og‘rigan  bemorlar  parvarishining  muhim  qismi 

ajralgan siydikning xususiyatlarini o‘zgarganliginikuzatishdir.  

Siydikning  rangi  pigmentlar  (uroxrom,  urobilin  va  boshqalar)  ga  bog‘liq 

bo‘lib, odatda och sariq rangdan qizgish-sariq ranggacha o‘zgarib turadi. Quyuq 

siydik  achchiqchoy  rangida  bo‘ladi.  Siydik  rangining  ochroq  yoki  to‘q  bo‘lishi 

uning  nisbiy  zichligi  va  ajratilgan  siydik  miqdoriga  bog‘liq  ravishda  o‘zgarib 

turadi: zichligi yuqori bo‘lganda sariq rangda bo‘lsa? Nisbatan och tusli siydik 

nisbiy zichligi past hollarda kuzatiladi. 

 Siydikning  rangi  qabul  qilingan  dorilar  va  qabul  qilinga  ovqatlarga 

bog‘liq holda o‘zgarib turadi.  

Siydikning rangi turli patalogik hollarda ham o‘zgaradi. Masalan, qusish, 

ich  ketish,  organizmning  suvsizlanishi  to‘q  sariq,  pollakuriyada  siydik  suvdek 

rangsizlanadi. Buyrakdagi tosh siljishida siydik qon hisobiga qizil rangga kiradi, 

o‘tkir nefritda ―go‘sht yuvindisi ―rangli gemzturiyac kuzatiladi.  

Gematuriya  (grek.  Haimatos  –  qon,  top-  siydik)  siydikda  qon  yoki 

eritrotsitlarni paydo bo‘lishi.  




115 

 

Hidi.  Normada  siydik  o‘tkir  bo‘lmagan,  o‘ziga  xos  hidga  ega.  Ammiak 

hidli  siydik-  siydik  yo‘llarida  yoki  havoda  peshobga  bakterialar  tushishida 

kuzatiladi (o‘tkir sistit, o‘smaning parchalanishida). Diabetik komada mevali hid 

(olmali)  keton  tanachalari  hisobiga;  sarimsoq  qabul  qilganda  esa  siydik  darhol 

o‘tkir, yoqimsiz hidli bo‘lib qoladi.  



Tiniqligi.  Normada  siydik  tiniq,  shaffof  bo‘ladi.  Xiralashishi  siydikda 

ko‘p  miqdorda  tuzlarning,  yog‘  tomchilari,  shilliq,  bakteriya,  hujayra 

elementlarining  mavjudligini  bildiradi.  Siydik  tiniqligi  4  xil  bo‘ladi:  to‘liq, 

noto‘liq,  qisman  xiralashgan,  xira.  Xiralashgan  siydik  piyelonefritda,  pastki 

siydik yo‘llari infeksiyalarida tuz ajralishida kuzatiladi. Biroz xiralashgan siydik 

norma ham bo‘lishi mumkin.  

Bunday  bemorlarda,  albatta,  iste‘mol  qilinayotgan  suyuqlik  va 

ajratilayotgan  siydikning  miqdorini  nazorat  qilish  lozim.  Bemorlar  mustaqil 

tarzda  yoki tibbiy  xodimlarning  yordami  bilan  sutkalik  diurezni aniqlashi sharr 

va  hamshira  olingan  ma‘lumotlarni  harorat  varaqasiga  qayd  etishi,  sutkalik 

diurezni ml larda ifodalab yozishi lozim. Qabul qilingan suyuqlikni hisoblashda 

nafaqat  so‘rvalar,  choy,  soklar  hisoblanadi,  balki,  ichilayotgan  dori  vositalari, 

qolaversa  parenteral  kiritilayotgan  dori  vositalari  ham  hisoblanadi.  Bemordan 

ajralayotgan siydikning barcha miqdori o‘lchamli bankaga yig‘ib boriladi va kun 

oxirida umumlashtiriladi. Shundan keyin qabul qilingan suyuqliklar miqdori va 

sutkalik  diurez  ko‘rsatkichlari  solishtiriladi.  Agarda  qabul  qilingan  suyuqlik 

ajratilgan  siydik  miqdoridan  ortiq  bo‘lsa,  manfiy  diurez,  aksincha,  ajratilgan 

siydik sutka davomida iste‘mol qilingan suyuqlikka teng yoki undan ortiq bo‘lsa 

musbat diurez deyiladi.  

 Siydik  chiqarish  buzilishi  mavjud  bemorlar  kata  e‘tiborga  muhtoj 

hisoblanadi.  Bemorlar  palatalari  iliq  bo‘lishi  kerak,  agar,  bemorlar  soviq 

qotishsa,  ayniqsa,  oyoqlari,  siydik  chiqarish  tezlashadi.  Enurez  kuzatilayotgan 

bemorlar  to‘shaklari  kleyonkalar  bilan  qoplanilish  maqsadga  muvofiq  bo‘ladi. 



116 

 

Poliuruya  kuzatilayotgan  bemorlarga  maxsus  tagliklar  (pampers)  qo‘llashimiz 



mumkin.    

Diurezning o`zgarishi



 

Bu buyrak va siydik ayiruv yo`llari kasalliklarida eng ko`p kuzatiladigan 

belgilrdan biri. 

Poliuriya  (yunoncha  polys  -  ko‘p,  uron  -  siydik)  sutkalik  siydiq  miqdori 

2000 ml dan oshishi. Quyidagi hollarda kuzatiladi. 

 Fiziologik  -  sutkalik  suyuqlik  iste‘moli  ortib  ketganda,  xomiladorlik  va 

kuchli stress xolatlarida.  

Shish, ekssudat, transsudatlarning so‘rilishida. 

O‘tkir nefrit va pielonefritda 

Qandli diabetda 

Surunkali buyrak yetishmovchiligida 

Poliuriyada doimiy ravishda chanqoqlik va suvga tashnalik kuchli bo`ladi.  




Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish