1.20. Balg’amni tekshirish
Balg„am (lot. sputum) deb yo‗tal vaqtida patologiyasi o‗zgargan traxeya,
bronx va o‗pka shilliq qavatida ajraladigan sekretsiyaning so‗lak va shuningdek
burun bo‗shlig‗i shilliq qavati va burun atrofi bo‗shlig‗ining sekretsiya
aralashmasiga aytiladi.
Balg‗am xususiyatlari - miqdori, rangi, hidi, konsistensiyasi (suyuq,
quruq, yopishqoq), tarkibi(qon, yiring va boshqa aralashmalar) kasalliklarga va
boshqa laboratoriya va instrumental tekshirish usullari natijalariga bog‗liq
bo‘lib, nafas olish tizimi va boshqa organlar kasalliklarini diagnostikasida katta
ahamiyatga ega.
Balg‗amning sutkalik miqdori - surunkali bronxitda bir necha millilitrdan
, bronxoektatik kasalliklar, o‗pka absessini bronxga qarab yorilishi, o‗pka
gangrenasida 1-1.5 l.gacha etishi mumkin.
Balg‗amni xarakteriga ko‘ra kuyidagi ko‗rinishlari mavjud:
Shilliqli balg‗am (sputum mucosum) - rangsiz, tiniq, yopishqoq, deyarli
hujayra qoldiqlari bo‗lmaydigan balg‗am.
Seroz balg‗am (sputum serosum) – o‗pka shishida ajraladigan suyuq
ko‗pikli balg‗am.
Yiringli balg‗am
(sputum purulentum) -
o‗zida yiring
saqlaydigan
balg‗am (o‗ziga xos, xususan o‘pka absessini bronx bo‘shlig‘iga yorilishi
natijasida ).
Chirigan balg‗am (sputum putridum) – chirindi xidi keladigan yiringli
balg‗am.
84
Qonli balg‗am
(sputum sanguinolentum) – o‗zida qon aralashlarini
saqlaydigan balg‗am (masalan, o‗pka rakida nafas yo‗llarining biridan qon
ketishi).
"Zangli" balg‗am (sputum rubiginosum) - balg‗am kon aralash, zang
rangida bo‗ladi bu tarkibida gemoglabin bo‗lishi natijasida yuzaga keladi
(masalan, pnevmoniyada, silda paydo bo‗ladi).
Marjonsimon balg‗am - balg‗am
tarkibida
yumaloq ulanish,
atipik
hujayralar va detritdan tashkil topgan (masalan, yassi to‗qimali bronx rakida
kuzatiladi).
Detrit (lot. detritus –
eyilib
ketgan) - to‗qimalarning
parchalangan
mahsuloti.
Uch qavatli balg‗am – balg‗am ko‗p miqdorda, yiringli, himoyalangan
uchta qatlam bo‗lib ajraladigan balg‗am : yuqoridagisi - kulrang ko‗pikli,
o‗rtadagisi - sersuv tiniq, pastdagisi - kir kulrang-yashil rangda, yiring va
nekrozga uchragan to‗qima qoldiqlarini o‗z ichiga oladi (o‗pka gangrenasida
kuzatiladi).
Balg‗am borligida tibbiyot hamshirasi tozalikga rioya qilishi va
tupikdonni o‗z vaqtidagi bo‗shatishni ta‘minlash lozim.
Atrofdagilarni kasallanishini oldini olish maqsadida hamshira bemorga
balg'am bilan tog‘ri munosabatda bo‘lishni tushuntirishi kerak:
• sog'lom odamlar yaqinida yo‘talmaslik.
• yo'tal paytida qo'li yoki ro'molcha bilan og'zingizni yopish kerak.
• yerga balg‘amni tupurmaslik,chunki u balg‘am qurib chang bilan birga
ko‘tarilib atrofdagilarni zararlashi mumkin. Singapurda bu tog‘risida qonun
qabul qilingan,ya‘ni ko‘chada yoki xonada tupurgan odamlarga nisbatan 500 $
jarima solinadi.
Balg‘amni maxsus usti mahkam yopqichli tupikdonga yeg‘ish zarur,
uning tubida 0,5% xloramin B bo‘lishi shart.
85
Balg‘amni har doim kuzatib borish,har kungi miqdorini qog‘ozga yozish
zarur.Tupikdonni xloramin B bilan dezinfeksiya qilish kerak.Sil kasalligi bilan
kasallangan
bemorlar
balg‘amini
yoqiladi
yoki
kanalizatsiyaga
zararsizlantirilgandan so‘ng oqizib yuboriladi. Balg‘amni vizual tekshirib
boriladi, agar qon paydo bo‘lsa zudlik bilan shifokorga xabar beriladi.
Balg‘am kasalliklarning, ayniqsa, silning tarqalish manbasi bo‘lishi
mumkin.
Balg‘amni yig‘ish uchun tuflagichlar ishlatiladi. Balg‘am tuflay olmasdan,
uni yutib yuboradigan bemorlar tuflagichga balg‘am ajratishning maxsus
usullariga o‘rgatiladi.
Atrofdagilarga yuqtirmaslik maqsadida bemorga quyidagilarni o‘rgatish
zarur:
- Bevosita sog‘odamlar yonida bo‘lganda yo‘talmaslikka harakat qilish.
Yo‘talni tutib turolmasa, balg‘am zarrachalari boshqa odamga tegib ketmasligi
uchun og‘izni ro‘molcha yoki shaxsiy salfetka bilan yopish zarur.
- Balg‘amni polga tuflamaslik kerak chunki u qurib qolayotganda havoni,
havo orqali esa sog‘ odamlarni zararlaydi.
- Balg‘amni tuflagichga yoki maxsus moslangan shisha idishga yig‘ish
zarur; ishlatishdan oldin zararsizlantirish va balg‘am idishning devorlariga
yopishmasligi uchun tuflagichning 1x3 qismiga 5 foizli xloramin eritmasi
quyiladi.
2 soat mobaynida xlorli ohak bilan ishlangandan so‘ng sil bilan kasallangan
bemorning balg‘ami kanalizatsiyaga oqizib yuboriladi (100 g balg‘amga 2—3 g
quruq xlorli ohak).
Do'stlaringiz bilan baham: |