1.19. Nafas olish tizimi kasalliklarining belgilari
Dyspnoe - Harsillash (Nafas olishni qiyinlashishi) Nafas olish – bu tashqi
muhitdan kislorodning avval o'pkaga, keyin qonga, so'ngra butun organizmning
a'zo va to'qimalariga kelishi, hamda organizmdan karbonat angidrid gazini
chiqarilishi bilan bog'liq jarayondir. Harsillash (grek.dys - qiyinlashish, pnoe -
nafas) nafas tezligini susayishi, nafas olish qiyinlashuvi, havo etishmasligi,
chuqur nafas olib chiqarishni buzilishi, nafas muskullari faoliyatini ortishida
namoyon bo'ladi, bemor bug'ilib havo etishmayotganini his qiladi. Shuningdek,
harsillash - yurak, o'pka, asab, plevra kasalliklarida, kamqonlikda ham uchrashi
mumkin.
Nafas harakatlari tezligiga ko'ra harsillash ikki turga ajratiladi: Tachypnoe -
Tez–tez yuza nafas olish (1minutda 20dan ziyod) Nafas siqilishining bir turi,
nevroz, ba'zi yurak va endokrin kasalliklarida uchraydi. Ko'pincha o'pka
yallig'lanishi (masalan, pnevmoniyada) lixoradka, qon kasalliklari (masalan,
kamqonlikda) kuzatiladi. Nafas tezligi jazavani eslato'vchi holatida minutda 60-
80 dan oshishi mumkin, bunday tez tez nafas olishni ―Holdan toygan, sillasi
qurigan hayvon nafas olishi‖ deyiladi.
Bradynoe – haddan tashqari sekin nafas olish, nafasi ichiga tushib ketish
holati (1minutda 16dan kam) Qandli diabet kasalligida modda almashinuvi
nordon mahsulotlar qonda to'planishi (atsidoz) va diabetik komada nafas
markazi ezilishi, to'qimalarda kislorodni kamayishini davomli, og'ir holati
(masalan yurak etishmovchiligi sababli)da, miya po'stlog'i, bosh miya kasal-
liklari(miyaga qon quyilishi,miyadagi xavfli o'sma)da kuzatiladi.Nafas faza
(davrlari)si buzilishiga ko'ra harsillash quyidagi turlarga ajratiladi.
81
Inspirator harsillash nafas olishning qiyinlashishi, hiqildoq va kekirdak
teshiklarini difteriya pardalari bug'ib qo'yganda yoki o'sma, poliplar siqib
qo'yganda ro'y beradi.
Ekspirator harsillash nafas qisishi sababli olingan havoni tashqariga
chiqarib yuborishni qiyinlashuvi, bu holat nafas yo'llari ichida shilliq bo'lganda
kuzatiladi.
Issiqdan harsillash tashqi muhit harorati ko'tarilganda nafas olishni
tezlashishi bo'lib, issiq havo tana haroratini turg'un holda saqlashga xizmat
qiladi.
Aralash harsillash nafas qisishi sababli nafas olish va chiqarishning
qiyinlashishi, bu o'pka nafas olish yuzasining kichrayib qolishiga bog'liq.
Nafas ritmi o'lchoviga ko'ra harsillash quyidagi asosiy shakl (―davriy
nafas‖deyiladi) larda farqlanadi: Nafas qisilishi astma yoki bug'ilish
(grek.asthma – og'ir qisqa nafas) - harsillashning turlicha o'tkir xurujini umumiy
nomi. Nafas yo'llari og'rig'i sababli o'pkadagi bug'ilish xuruji ro'y
berishi(bronxial astma) nafas yo'llari bug'ilishi deyiladi. Qon aylanishida qon
harakatining susayib yoki qotib qolishi yurak qisilishi (astma)ni avj oldiradi.
Bemorda nafas qisishi yoki entikib qolish ro'y berganda hamshira zudlik bilan
davolovchi shifokorga bemorning harsillash turini, nafas tezligini o'zi kuzatgan
holatni etkazib, bemor engil tortishi choralarini ko'radi. Bemor atrofida sokin,
osoyishtalik muhitini yaratib, bemor va uning atrofdagilarini tinchlantiradi.
Bemorga yarim o'tirgan holatida boshini ko'tarib, krovatga suyantirib boshi
va bo`yni ko'taradigan yostiq qo'yishga yordam beradi, siqib turgan kiyimlarini
echib, ustidagi og'ir ko'rpani olib qo'yiladi. Xonada oynasini qiya qilib ochib
qo'yilsa toza havo kirib turishi ta'minlanadi.
Nafasi qisilgan bemorga shifokor tavsiyasiga ko'ra cho'ntak ingolyatori
be-riladi, nafas yo'lini sun'iy ochish uchun undan qanday foydalanishni
ko'rsatiladi. Nafas yo'llari bug'ilishida cho'ntak ingolyatoridan foydalanish
uchun: suyuqlik (aerozol) ballonchasi og'zidan himoya qadpoqchasi
82
olinib ,balloncha tepadan pastga qarab aylantirilib silkitiladi va bemordan
chuqur nafas chiqarishini so'raladi. Bemorga chuqur nafas olishidan oldin
balloncha og'zini labida qisib, balloncha klapanini bosish, chuqur nafas olish va
bir necha soniya nafasni ushlab turishni tushuntirish lozim. Shundan so'ng
bemor og'zidan ballonchani uzoqlashtiradi, sekin asta nafas chiqaradi.
Ballonchadagi dori suyuqligi miqdorini, har qancha vaqtda foydalanishni
davolovchi shifokor aniqlaydi. Glyukokartikoid garmoni bilan nafas olgan
bemor og'iz bo'shlig'i infektsiyasi oldini olish uchun og'zini chayib tashlashi
kerak. Glyukokartikoidlar - buyrak usti bezi po'stlog'i gormoni bo'lib,
prednizolon, prednizon va boshqalar glyukokartikoidlarning sintetik analogi
hisoblanadi.
Yo'tal – murakkab reflektor jarayon, ko'krak bo'shlig'i pardasi va nafas
yo'llari retseptorlari qo'zg'alishida vujudga keladi. Yo'tal refleksi nafas
yo'llarining turli omillari – shilimshiqlar, bronxlar qisqarishi, siqilishi, og'iz
bo'shlig'i qatlami shilliq qurishi, tana yot jismlari yoki nafas yo'llari tuzilishidagi
o'zgarishlar ta'sirida paydo bo'ladi. Yo'talning fiziologik faoliyati nafas yo'llariga
tashqidan tushgan moddalar, turli bezlar ishlab chiqaradigan suyuqliklardan
tozalashdan iborat. Yo'tal turtkisi birdaniga qattiq nafas chiqarish natijasida
ko'krak qafasi devorini turtilishi yoki tovush boylamlari chuqurchasida tiqilib
qolgan nafas to'satdan ho'l balg'am (qoqiriq) va tana yot jismlari havosi bilan
birga og'izdan chiqib ketishini tashkil qiladi.
Yutal paydo bulish sabablari kuyidagilar:
Nafas yullari yalliglanish kasalliklari: laringit, traxeit, bronxit, bronxiolit,
bronxial astma, zotiljam, upka abstsessi va boshkalar.
Organizmga allergenlar (usimliklar changi, chang xasharotlari, kir yuvish
kukuni) kirishiga immun javob.
Yurak kon tomir tizimi kasalliklaridagi kichik kon aylanish doirasida
dimlanish sabablari – yurak nuksonlari, yurak ishemik kasalligi, dilyatatsion
kardiomiopatiya va boshkalar.
83
Mexanik
ta'sirlanish
sabablari
–
pnevmokoniozlar,
bronxlar
o`tkazuvchanligini o`sma bilan bosilishi, yot jism tiqilib qolishi xisobiga yuzaga
keladi.
Pnevmokoniozlar – uzoq vakt davomida ishlab chikarish changlarini xisobiga
yuzaga keluvchi kasb kasalliklari guruxidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |