Nazorat savollari:
1. Kichik rejali operatsiyalarga qanday tayyorgarlik o‘tkaziladi?
349
2. Rejali operatsiyalarga bolalar qanday tayyorlanadi?
3. Shoshilinch operatsiyalarga bemorlar qanday tayyorlanadi?
4. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik qanday
o‘tkaziladi?
5. Qon ketgan bemorlarga operatsiya oldi tayyorgarligi qanday o‘tkaziladi?
6. Hayotiy zarur a‘zolar funktsiyasi buzilgan bemorlar operatsiyaga qanday
tayyorlanadi?
7. Qabul bo‘limida bemorlarni sanitar tozalash turlari qanday?
4.7. Kasalxona ichi infeksiya tushunchasi va uni oldini olish
Kasalxona ichi infeksiyasi – bu bemorning kasalxonada davolanishi
paytida yoki kasalxonada qolishi vaqtida, hamda kasalxonadan chiqarilishidan
so‘ng kasalxonada yuqtirilgan mikrobial kelib chiqqan, shuningdek, tibbiy
muassasadagi xodimning yuqumli kasalligi ushbu tashkilotda ishlayotganida
uning yuqtirishi sababli rivojlangan kasalliklar guruhidir.
Kasalxona ichi infeksiyasi rivojlanishining asosiy sabablari
Tibbiy muassasada kasalxona ichi infeksiyasining paydo bo‘lishi va
rivojlanishiga olib keluvchi omillarga kiradi:
• tibbiy xodimlar va bemorlar orasida aniqlanmagan kasalliklar va infeksiya
tashuvchilarning mavjudligi;
• sterilizatsiya qilishning maxsus usullarini talab qiladigan murakkab
uskunalardan keng foydalanish;
• katta shifoxonalar komplekslarini yaratish, shifoxonalar va poliklinikalarda
kaltalanish, binolarning (kameralar, davolash xonalari va boshqalar) nisbatan
yaqinligi;
• aseptika va antiseptika qoidalarini buzish, shifoxona va poliklinikalar uchun
sanitariya-gigiyena standartidan chetga chiqish;
• tibbiy asboblar, apparatlar, asboblar va h.k. dezinfeksiya qilishni, sterilizatsiya
qilishning buzilishi;
• tibbiy muassasada joylar, asosiy va yordamchi binolar qurilish qoidalarining
350
buzilishi, hamda sanitariya-epidemiyaga qarshi sanitariya-gigiyena tartib
qoidalarining buzishi;
• kasalxona ichi infeksiyaning oldini olishda muhim rol o‘ynaydigan tibbiyot
xodimlarining, ayniqsa, bemorlarning parvarishiga bevosita ishtirok etadigan
xodimlar malakasining yetarli emasligi.
Kasalxona ichi infeksiyasi qo‟zg‟atuvchilari
Kasalxona ichi infeksiyasi patogen va shartli patogen mikroorganizmlar
vakillarini o‘z ichiga olgan katta guruh mikroorganizmlar tufayli rivojlanadi.
Bular: stafilokokklar, streptokokklar, Pseudomonas auraeginosa, proteylar,
klebsiyella, E.coli, salmonellalar, enterobatsterlar, enterokokklar, serratia,
bakteroidlar, klostridiylar, kandida va boshqa mikroorganizmlar. Kasalxona ichi
infeksiyasi
etiologiyasida
gripp
viruslari,
adenoviruslar,
rotaviruslar,
enteroviruslar, virusli gepatit va boshqa viruslar muhim o‘rin egallaydi. Bundan
tashqari lepyunellalar, pnevmotsistalar, aspergillalar va boshqa kamyob, yoki
ilgari noma‘lum qo‘zg‘atuvchilar tomonidan ham rivojlanishi mumkin.
Kasalxona ichi infeksiyasi odatda tasodifiy va epidemik ko‘rinishda
aniqlanadi. Shifoxonada davolanayotgan deyarli har qanday bemorlar yuqumli
jarayonlarini rivojlanishiga moyil hisoblanadi.
Har qanday yuqumli kasallik kelib chiqishi va tarqalishi uchta asosiy
komponentlarni o‘z ichiga oladi: infeksiya manbai, yuqish yo‟li va qabul
qiluvchi sub‟yekt.
Kasalxona ichi infeksiyasi manbai hisoblanadi: bemorlar, patogen
mikroorganizmlar tashuvchilar, bemorlarni parvarishida ishtirok etuvchi tibbiy
xodimlar, shu jumladan talabalar, bemor qarindoshlari.
Kasalxona ichi infeksiyasining polietiologligi va patogen manbalarining
hamda bu kasallikning mexanizmlarining xilma-xilligi, uzatish yo‘llari va
omillarining turliligi kabi xususiyatilarini belgilaydi.
351
Kasalxona ichi infeksiyasining infeksiya qo‘zg‘atuvchilari havo-tomchi,
havo-chang, transplatsentar, alimentar, transfuzion hamda jinsiy yo‘llar va
homilaning tug‘ruq yo‘lidan o‘tish vaqtida ham yuqishi mumkin.
Kasalxona ichi infeksiyasini oldini olish
I. Nospetsifik profilaktikasi
• Statsionar va ambulatoriya poliklinikalari tashkilotlari inshootlarini ratsional
rejalashtirilgan me‟moriy yechimlari prinsipiga muvofiq qurish va
rekonstruksiya qilish.
• Sanitariya-texnik tadbirlar: samarali sun‘iy va tabiiy shamollatish; suv
ta‘minotini tartibga solish va unga yetarli shart-sharoitlarini yaratish.
• Sanitariya va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar: kasalxona ichi
infeksiyasini epidemiologik kuzatuvi, shu jumladan, kasalxona ichi infeksiyasi
tarqalishini tahlil qilish; tibbiy muassasalarda sanitariya-epidemiyaga qarshi
kurashni nazorat qilish.
• Dezinfeksiya va sterilizatsiya choralari: kimyoviy dezinfeksiya vositalaridan
foydalanish; fizik dezinfeksiya usullarini qo‘llash; asboblarni va tibbiy jihozlarni
sterilizatsiyadan oldingi tozalash; ultrabinafsha bakteritsid nurlatish; xonani
dezinfeksiya qilish;
• Aseptika – mikroorganizmlarning yaraga va umuman tanaga kirishini oldini
olishga qaratilgan tashkiliy profilaktik tadbirlar kompleksidir.
• Antiseptika – yara va umuman tanada mikroorganizmlarni yo‘q qilishga
qaratilgan terapevtik va profilaktik choralar majmui.
II. Maxsus profilaktikasi
Kasalxonada infeksiya
xavfini
kamaytirishning
eng
muhim
usullari
quyidagilardir:
• tibbiy xodimlar tomonidan gigiyenaning barcha talablarini vijdonan
bajarilishi, qo‘l yuvish va himoya kiyim-kechaklarini qo‘llash;
• bemorlarni parvarishlashda yuqumli kasalliklarning tarqalishini minimumga
keltiradigan barcha usullarini diqqat bilan bajarish;
352
• shifoxonada mavjud bo‘lgan, yuqumli kasalliklar sonini kamaytirishga
mo‘ljallangan, sanitariya usullaridan foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |