Bemor bolalarni operatsiyaga umumiy tayyorlash. Ba‘zi xirurgik
kasalliklar: chov churrasi, moyak istisqosi, kriptorxizm, kichkina o‘smalar
bemor gospitalizatsiya qilingandan keyingi kuniyoq operatsiya qilinadi. Bunday
holatlarda operatsiyadan oldingi laborator tahlillar gospitalizatsiyagacha
poliklinikada tayyorlanib olib kelinadi.
Ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i, buyrak va siydik chiqarish a‘zolaridagi
katta va travmatik operatsiyalardan oldin, shuningdek ba‘zi ortopedik
operatsiyalardan oldin maxsus tekshiruvlarga qo‘shimcha ravishda bolaning
342
hayotiy zarur a‘zolari holati tekshiriladi. Buyrak faoliyatini, umumiy qon
hajmini va qon tarkibini, plazma va eritrotsitlardagi asosiy elektrolitlarni
miqdorini, azot balansini, gormonal holatini aniqlash katta ahamiyat kasb etadi.
Ba‘zi holatlarda qon ivish faktorlarini va qon ivishiga qarshi faktorlarni bilish
juda zarur.
Ushbu harakatlarga binoan xirurgik bo‘lim profiliga ko‘ra bemorlarni
operatsiyaga tayyorlash o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Operatsiyadan oldingi asosiy tekshiruvlarga kiradi: bola bo‘yi va tana
vaznini o‘lchash; arterial qon bosimini o‘lchash; qon va siydik tahlili; qon
guruxi va rezus-faktorni aniqlash; ko‘krak qafasi a‘zolari rentgenoskopiyasi.
Qon bioximik tahlillari natijalariga qarab quyidagicha kompleks davo
muolajalari buyuriladi: ratsional va to‘g‘ri ovqatlantirish, qon va boshqa
oziqlantiruvchi suyuqliklar, vitamin, aminokislota quyish, davolovchi fizkul‘tura
va h.o. Tayyorlov ba‘zan bir necha haftagacha cho‘zilishi mumkin. Tayyorlov
bosqichini samaradorligi bemor umumiy ahvolini, qon ko‘rsatkichlarini
yaxshilanishi, tana vaznini ortishi bilan baholanadi. SHuning uchun ham
buyurilgan muolajalarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri bajarilishini ta‘minlash, davriy
bemor tana vaznini o‘lchash zarur hisoblanadi. Ba‘zi bemorlar bo‘limga
kasallik xarakteriga bog‘liq holda yoki organizmdagi ikkilamchi o‘zgarishlar
natijasida o‘rta og‘ir yoki og‘ir ahvolda yotqiziladi. Ikkilamchi o‘zgarishlar
surunkali ochlik, intoksikatsiya, qaytalanuvchi qon ketishlar va boshqa
sabablarga ko‘ra bo‘ladi. Tashqaridan bu teri rangparligi, bola aktivligini
pasayishi va h.o. belgilardan bilinadi. Asosiy kasallikni bartaraf etuvchi
operatsiya muolajasidan oldin individual qaratilgan tayyorgarlik o‘tkaziladi,
ya‘ni bemor umumiy ahvoli yaxshilanpdi, ikkilamchi o‘zgarishlar korreksiya
qilinadi.
Bolani operatsiya psixologik tayyorlash ham katta ahamiyatga ega.
Operatsiya uchun yotqizilgan bemor psixik holati konservativ davo uchun
343
yotqizilgan bemor psixik holatidan katta farq qiladi, sababi operatsiya katta fizik
va psixik travma hisoblanadi. Bu davrda hamshira rolini baholash juda qiyin.
His-hayajonga beriluvchi, operatsiyadan qo‘rquvchi bolalar ko‘pincha
gapirishadi: ‖Meni operatsiya qilishlarin hohlamayman‖ yoki ―Meni qachon
operatsiya qilishadi?‖, ―Menga og‘riqli bo‘ladimi?‖. Bunday bolalar og‘riqni
juda qiyin qabul qilishadi, og‘riqqa sezgirligi yuqori bo‘ladi, operatsiyadan
keyingi davrda o0riqni yengishga juda qiynalishadi. SHu sababli ham ular
operatsiyaga juda yaxshi tayyorlanishi, kerak bo‘lsa dorilar bilan tayyorlanishi,
ota-onasi chaqirilishi lozim. Shifokor o‘z vaqtida bemor negativ psixik holati
to‘g‘risida ogohlantirilishi, o‘z navbatida bemorga operatsiya kerakligi, zarurligi
to‘g‘risida yumshoq darajada tushuntirishi lozim.
Ba‘zan savol tug‘iladi, ya‘ni bolaga operatsiya bo‘lishi to‘g‘risida gapirish
kerakmi? Bu savol bir tomonlama hal etilishi kerak emas. Masalan, maktab
o‘quvchisi bo‘lsa kerak. Katta yoshli bolalar operatsiyaga tayyorgarlik bosqichi
to‘g‘risida bilishadi (nonushtani to‘xtatish, anesteziolog ko‘rigi, premedikatsiya
va h.o.), hattoki bo‘ladigan soatigacha. Shuning uchun ham ulardan yashirishni
hojati yo‘q. Maktabgacha yoshdagi bolalar esa ―operatsiya‖ so‘zidan
qo‘rqishadi, vaholanki uning ahamiyatini, mohiyatini tushunishmaydi. Shu
sababli ham ularga ―Seni stolga yotqizamiz va qorningni chiroq bilan isitamiz‖
yoki shunga o‘xshash so‘zlar bilan aldash lozim. Bolaga baqirish, so‘kish
umuman mumkin emas. Yuqori sezgirlikka ega, allargik reaksiya va astma
xurujiga moyilligi bor bolalarga tinchlantiruvchi – ―kichik trankvilizatorlar‖
beriladi.
Bolalarni rejali operatsiyaga tayyorlash ko‘p hollarda xirurgik kasallik turi
va bola yoshiga bog‘liq bo‘ladi.
Operatsiyadan bir kun oldin shifokor infeksiya xavfini kamaytiruvchi
muolajalar o‘tkazadi: ichki kiyim va yotoq choyshablarini almashtirib gigiyenik
vanna qabul qilish, katta bolalarda operatsiya maydoni sochlarini olish.
Operatsiyadan bir kun oldin kechqurun va ertalab tozalovchi ho‘qna qilinadi.
344
Asosan ho‘qna oraliq va orqa teshikda o‘tkaziladigan operatsiyalarda juda
muhim hisoblanadi. Bunday holalatlarda operatsiyadan oldin to toza suv
chiqquncha 2-3 martalab tozalovchi ho‘qna qilinadi. Ertalab bolaga hech nima
berilmaydi va ichirilmaydi.
Umumiy va maxsus operatsiya oldi tayyorgarligida hamshira asosiy
o‘rinni egallaydi. Bu vaqtda u hamma ―mayda-chuydalarga‖ e‘tibor qaratishi
lozim. Masalan, balog‘at yoshidagi qizda operatsiyadan bir kun oldin hayz sikli
boshlansa hamshira bu haqda shifokorga aytishi kerak, sababi hayz davrida
rejali operatsiya o‘tkazilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |