1.26. Siydik hosil qilish va ajratish tizimi kasalliklarida bemorlarni
kuzatish va parvarishi qilish
Buyrak va siydik chiqaruv nayi kasalliklari bilan kasallangan
bemorlarning parvarishi va nazorati 2 yo‘nalishda olib boriladi.
Umumiy chora-tadbirlar – turli a‘zolar va tizimlar kasalliklari bilan
og‘rigan bemorlarni ko‘zdan kechirish va tekshirish: bemorni umumiy ko‘zdan
kechirish, termometriya, puls va arteriya bosimini tekshirish, harorat varaqasini
to‘ldirish, bemor shaxsiy gigiyenasi va boshqalar.
Maxsus chora-tadbirlar – siydik ayiruv a‘zolari kasalliklardagi simptomlar
asosida tekshirish va ko‘zdan kechirish: shish, beldagi og‘riq, arterial
gipertenziya va boshqalar.
Buyrak va siydik yo'llalari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarni kuzatish
ehtiyotkorlik va muntazam parvarishlashni talab qiladi. Qachonki bemorning:
siydik rangi o'zgarishi, qon bosimining ko‘tarilishi, dispeptik buzilishlar sodir
bo‘lganda, umumiy ahvoli yomonlashganda darhol shifokorga xabar berish
kerak bo‘ladi.
Buyraklar asosiy vazifasi – ajratish. Buyraklar organizmdan siydik, suvda
erigan tuz, metabolizm mahsulotlarini ajratadi (xususan, protein metabolizm
mahsulotlari – ―azot-qoldig`I‖ bo'ladi). Bundan tashqari, buyraklar oqsillar,
uglevodlar va yog'lar almashinuv jarayonlarida, gemodinamikani tartibga
solishda ishtirok etadigan biologik faol moddalar (eritropoietin, renin,
prostaglandinlar va boshqalar) ishlab chiqaradi.
Har 5-10 minutda buyraklar orqali tanamizdagi barcha qon oqib o'tadi,
sutkada buyraklarda 1000 litr gacha qon aylanadi. Buyrakdagi siydik doimiy
asta-sekinlik bilan siydik pufagida to`planadi. Keng ma'noda, «diurez" so‘zi
siydik shakllanishi va siydik ajratish ma‘nosini bildiradi, lekin u ko'pincha
siydik chiqishi miqdorini tavsiflash uchun ishlatiladi (yunoncha diureo - siydik
ajratmoq). Kun davomida ajratiladigan umumiy siydik miqdori sutkalik diurez
deyiladi. Bir daqiqadagi o‘rtacha diurez minutlik diurez deyiladi (bu buyrak
114
funksiyasini ifodalaydi). Katta yoshli odamlarda siydik ajratish kundalik
miqdori odatda, qabul qilingan suyuqlikning 50-80% ini tashkil qiladi, ya‘ni
1000 dan 2000 ml orasida o'zgarib turadi. Suyuqlikning qolgan hajmi teri orqali
(300-400 ml / kuniga) o`pka orqali (300-400 mlgacha, jismoniy zo‘riqish
paytida 500 ml gacha) ajraladi. Ichaklar orqali 100 ml gacha suyuqlik
ajraladi. Jismoniy, og`ir ish bajarganda va issiq havoda haddan tashqari terlash,
qayt qilish, ich ketishi paytida siydik ajralishi kamayadi va aksincha, ko‘p
suyuqlik qabul qilinganda siydik ajralishi ko‘payadi.
Buyrak va siydik yo'llari kasalliklari bilan og`rigan bemorlarda turli xil
shikoyotlar kuzatiladi. Bunda bel sohasida shish, dizuriya, og'riq, siydik
ajralishini buzilishi, qon bosimini oshishi kabi alomatlar nisbatan ko‘p
kuzatiladi.
Buyrak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar parvarishining muhim qismi
ajralgan siydikning xususiyatlarini o‘zgarganliginikuzatishdir.
Siydikning rangi pigmentlar (uroxrom, urobilin va boshqalar) ga bog‘liq
bo‘lib, odatda och sariq rangdan qizgish-sariq ranggacha o‘zgarib turadi. Quyuq
siydik achchiqchoy rangida bo‘ladi. Siydik rangining ochroq yoki to‘q bo‘lishi
uning nisbiy zichligi va ajratilgan siydik miqdoriga bog‘liq ravishda o‘zgarib
turadi: zichligi yuqori bo‘lganda sariq rangda bo‘lsa? Nisbatan och tusli siydik
nisbiy zichligi past hollarda kuzatiladi.
Siydikning rangi qabul qilingan dorilar va qabul qilinga ovqatlarga
bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Siydikning rangi turli patalogik hollarda ham o‘zgaradi. Masalan, qusish,
ich ketish, organizmning suvsizlanishi to‘q sariq, pollakuriyada siydik suvdek
rangsizlanadi. Buyrakdagi tosh siljishida siydik qon hisobiga qizil rangga kiradi,
o‘tkir nefritda ―go‘sht yuvindisi ―rangli gemzturiyac kuzatiladi.
Gematuriya (grek. Haimatos – qon, top- siydik) siydikda qon yoki
eritrotsitlarni paydo bo‘lishi.
115
Hidi. Normada siydik o‘tkir bo‘lmagan, o‘ziga xos hidga ega. Ammiak
hidli siydik- siydik yo‘llarida yoki havoda peshobga bakterialar tushishida
kuzatiladi (o‘tkir sistit, o‘smaning parchalanishida). Diabetik komada mevali hid
(olmali) keton tanachalari hisobiga; sarimsoq qabul qilganda esa siydik darhol
o‘tkir, yoqimsiz hidli bo‘lib qoladi.
Tiniqligi. Normada siydik tiniq, shaffof bo‘ladi. Xiralashishi siydikda
ko‘p miqdorda tuzlarning, yog‘ tomchilari, shilliq, bakteriya, hujayra
elementlarining mavjudligini bildiradi. Siydik tiniqligi 4 xil bo‘ladi: to‘liq,
noto‘liq, qisman xiralashgan, xira. Xiralashgan siydik piyelonefritda, pastki
siydik yo‘llari infeksiyalarida tuz ajralishida kuzatiladi. Biroz xiralashgan siydik
norma ham bo‘lishi mumkin.
Bunday bemorlarda, albatta, iste‘mol qilinayotgan suyuqlik va
ajratilayotgan siydikning miqdorini nazorat qilish lozim. Bemorlar mustaqil
tarzda yoki tibbiy xodimlarning yordami bilan sutkalik diurezni aniqlashi sharr
va hamshira olingan ma‘lumotlarni harorat varaqasiga qayd etishi, sutkalik
diurezni ml larda ifodalab yozishi lozim. Qabul qilingan suyuqlikni hisoblashda
nafaqat so‘rvalar, choy, soklar hisoblanadi, balki, ichilayotgan dori vositalari,
qolaversa parenteral kiritilayotgan dori vositalari ham hisoblanadi. Bemordan
ajralayotgan siydikning barcha miqdori o‘lchamli bankaga yig‘ib boriladi va kun
oxirida umumlashtiriladi. Shundan keyin qabul qilingan suyuqliklar miqdori va
sutkalik diurez ko‘rsatkichlari solishtiriladi. Agarda qabul qilingan suyuqlik
ajratilgan siydik miqdoridan ortiq bo‘lsa, manfiy diurez, aksincha, ajratilgan
siydik sutka davomida iste‘mol qilingan suyuqlikka teng yoki undan ortiq bo‘lsa
musbat diurez deyiladi.
Siydik chiqarish buzilishi mavjud bemorlar kata e‘tiborga muhtoj
hisoblanadi. Bemorlar palatalari iliq bo‘lishi kerak, agar, bemorlar soviq
qotishsa, ayniqsa, oyoqlari, siydik chiqarish tezlashadi. Enurez kuzatilayotgan
bemorlar to‘shaklari kleyonkalar bilan qoplanilish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
116
Poliuruya kuzatilayotgan bemorlarga maxsus tagliklar (pampers) qo‘llashimiz
mumkin.
Diurezning o`zgarishi
Bu buyrak va siydik ayiruv yo`llari kasalliklarida eng ko`p kuzatiladigan
belgilrdan biri.
Poliuriya (yunoncha polys - ko‘p, uron - siydik) sutkalik siydiq miqdori
2000 ml dan oshishi. Quyidagi hollarda kuzatiladi.
Fiziologik - sutkalik suyuqlik iste‘moli ortib ketganda, xomiladorlik va
kuchli stress xolatlarida.
Shish, ekssudat, transsudatlarning so‘rilishida.
O‘tkir nefrit va pielonefritda
Qandli diabetda
Surunkali buyrak yetishmovchiligida
Poliuriyada doimiy ravishda chanqoqlik va suvga tashnalik kuchli bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |