O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi



Download 2,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/253
Sana23.06.2021
Hajmi2,51 Mb.
#99769
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   253
Bog'liq
tibbiyot kasbiga kirish

 

O‟rin-ko‟rpa  tarkibi.  Krovat  palataga  shunday  joylashtirilishi  kerakki, 

unga  har  tomondan  bemalol  bora  olinishi,  bosh  tomonni  devorga  qaragan 

bo‘lishi  lozim.  Qo‘shni  krovatlar  bilan  orasi  kamida  1,5  m  bo‘lishi  kerak.  

Krovat  setkasi  yaxshi  tortilgan  bo‘lishi,  yuzasi  tekis,  ustiga  to‘shak  tashalgan, 

uning ustidan toza choyshab tashalib chetlari to‘shak ostiga buklangan bo‘lishi 

kerak, choyshab chetlari osilib, o‘ralib yotmasligi kerak. Agar bemor  choyshab 

ustida  ovqatlansa,  choyshabni  qoqib  qaytadan  yoyish  lozim.      Paxta,  par 

yostiqlar  ustidan  toza  yostiqjild  kiygizish  kerak.    Ko‘rpa  toza,  yengil,  issiq  

bo‘lishi,  yaxshi  dezinfeksiyalanishi  lozim.  Yoz  oylvarida  bemorlar  matoli 

ko‘rpalardan  foydalanishi  mumkin.    Ko‘rpa  ustiga  ko‘rpajild  kiygizili  shart. 

Bolalar  va  keluvchilar  boshqa  krovatlarda  o‘tirishi  mumkin  emas.  Ota-onalar 

stulda o‘tirishlari kerak.  

Ba‘zi  bemorlarga,  ya‘ni  umurtqa  pog‘onasi,  bo‘g‘imlar,  ichki  a‘zolar 

patologik  joylashganda  (adashgan  buyrak)  krovat  setkasi  ustidan  taxta,  uning 

ustidan to‘shak tashlanadi.  



408 

 

Og‘ir bemorlar uchun maxsus funktsional krovatlar ishlatiladi, ularda bemorga 



kerakli  holatlarni  berish  mumkini  (masalan,  yarim  o‘tirgan  holat).  Funktsional 

krovat panelli ramadan, ikkita suyanchiqdan, ikkita yon panjaradan, krovat usti 

stolidan  va  korzinadan  tashkil  topgan.    Krovat  paneli  uchta  harakatlanuvchi 

seksiyadan iborat: bosh, chano-son va oyoq. 

Yon panjaralar olinadi va yosh bolalarni himoya qilishi, shuningdek vena 

ichiga  uzoq  vaqt  dori  yuborishda  bola  qo‘l-oyog‘ini  bintlashda  yordamchi 

vazifani  va  h.o.  bajaradi.  Krovat  usti  stoli  patnis  va  ikkita  oyoqchadan  tashkil 

topgan  bo‘lib,  bevosita  bemor  yuzi  oldiga  krovat  ustidan  qo‘yiladi,  agarda 

bemor yarim o‘tirgan holatda bo‘lsa. Tuvak uchun korzina bo‘ladi. 

Har bir krovat yonida tumbochka bo‘lib, bola shaxsiy gigiyena anjomlari, 

kiyimlari,  o‘yinchoqlari,  kitoblar  turadi.  Tumbochka  holatni  hamshira  nazorat 

qilib turadi.  



O‟rin-ko‟rpa  va  kiyimlarni  almashtirish    7-10  kunda  bir  marta  vanna 

qabul  qilingandan  keyin  amalga  oshiriladi,  lozim  bo‘lsa  tez-tez  ham 

almashtirilishi  mumkin.    Katta  yoshli  bolalar  ahvoli  qoniqarli  bo‘lsa  o‘zlari 

kiyinishadi,  kichik  yoshdagilarga  hamshira  yoki  kichik  tibbiy  xodim 

yordamlashadi.  

  

Og‘ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak 



chetlaridan  ushlaydi,  olddin  boshidan,  kekeyin  qo‘lidan  chiqarib  yechintiradi. 

Toza  kiyim  shunga  teskari  ravishda  kiygiziladi.  Agarda  bemor  qo‘li 

shikastlangan  bo‘lsa  oldin  sog‘  qo‘lidan,  keyin  kasal  qo‘ldan  yechiladi. 

Kuylakni oldin kasal qo‘lga, keyin sog‘ qo‘lga kiygiziladi.  

Odatda  bemor  kiyimini  almashtirganda  oqliklarini  ham  almashtirishadi. 

Agar  bemor  o‘tira  olsa,  uni  krovatdan  stulga  o‘tirg‘izib,  hamshira  oqliklarni 

almashtiradi. Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli 

bor:  



409 

 

1)  eski  choyshab bosh  tomondan pastga qarab o‘rab kelinadi va  olinadi. 



Ikki tomondan bintga o‘hshab o‘ralgan toza choyshab bemor dumg‘azasi ostiga 

qo‘yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi;  

2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o‘raladi, 

ochilgan  sohaga  yangi  choyshab  yoyiladi  va  bemor  uning  ustiga  o‘tkaziladi, 

keyin eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi.  

Eski  oqliklar  va  kiyimlar  alohida  yig‘iladi  va  qopqoli  plastmassa 

idishlarga  yoki  polietilen  qoplarga  solinadi  va  alohida  xonaga  olib  chiqiladi. 

Bo‘lim bekasi boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi, 

kasalxonaning markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi.  

Oqliklarni  almashtirgandan  keyin  palata  poli  va  boshqa  jihozlar    1  %  kal‘siy 

gipoxlorid eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi.  

Bo‘limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo‘lishi kerak. Oqliklarni 

markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

O‘z  vaqtidan  o‘tib  va  noto‘g‘ri  almashtirilgan  oqliklar  yotoq  yaralar 

rivojlanishiga sababchi bo‘ladi.  

Yotoq  yaralarni  oldini  olish.  Gigiyenik  vanna  qabul  qila  olmaydigan, 

uzoq  vaqt  yotoq  rejimda  yotadigan  bolalarni  terisini  parvalishlash  alohida 

ahamiyatga  ega.  Teri  dezinfeksiyalovchi  eritmaga  (yarim  spirtli  eritma, 

odekalon,  oshxona  uksusi,  kamfora  spirti  va  h.o.)  namlangan  sochiq  yoki  

yumshoq  mato  (doka)  bilagn  artiladi.  Sochiqni  bir  uchi  namlanadi  va  quloq 

orqasi,  bo‘yin,  yelka,  ko‘krak  qafasi,  dumba,  qo‘ltiq  osti  va  chov  burmalari, 

qo‘l-oyoqlar  artiladi.  Keyin  quruq  tomoni  bilan  yana  o‘sha  sohalar  artib 

quritiladi.  

Yotoq  yara  —  yumshoq  to‘qimalar  (teri  va  teri  osti  qavati)    nekrozidir. 

Ko‘pincha  yotoq  yaralar  nimjon  bolalarda  dumg‘aza,  kurak,  son  suyagi  boshi, 

tirsak,  tovon  sohalarda,  ya‘ni  yumshoq  to‘qima  o‘rin  va  suyak  orasida  bosilib 

eziladigan sohalarda uchraydi.  




410 

 

Yotoq  yaralarni  rivojlanishiga  terini  noto‘g‘ri  parvalishlash,  yomon  va 



noto‘g‘ri yoyilgan choyshab sababchi bo‘lib, ular teri va teri osti qavatida qon 

aylanishini  buzadi.  Oldin  teri  oqaradi,  keyin  qizaradi,  shishadi  va  epidermis 

ko‘chadi.  Pufakchalar  va  teri  nekrozi  hosil  bo‘lishi  mahalliy  o‘zgarishlarni 

kuchayganidan  va  yotoq  yaralarni  erta  belgilarini  tibbiyot  xodimi  to‘liq 

baholamaganidan  dalolat beradi. Og‘ir holatlarda nafaqat yumshoq to‘qimalar, 

balki suyak usti pardasi, hattoki suyak ham zararlanadi.  Infeksiyani qo‘shilishi 

sepsisni rivojlanishiga olib keladi. 

Yotoq  yaralarni  oldini  olishga  har  kuni  bemor  bolani  yonga  aylantirish 

(agar  ahvoli  ko‘tarsa),  choyshabni  yig‘ilib  qolgan  sohalarini  to‘g‘rilash,  ovqat 

qoldiqlaridan  tozalash,  terini  dezinfeksiyalovchi  eritmalar  bilan  artish  kiradi.  

Uzoq vaqt yotadigan og‘ir bemorlar ostiga kichik choyshab bilan o‘ralgan rezina 

(shishirilgan)  aylanalar  qo‘yiladi.  Uni  shunday  qo‘yish  kerakki,  dumg‘aza 

aylana o‘rtasida bo‘lishi kerak. Agar terida qizarish paydo bo‘lsa qon aylanishini 

yaxshilash uchun quruq sochiq bilan sekin artiladi. Ultrabinafsha nurlantirishdan 

foydalaniladi.  SHilingan  teri  sohalari  sovuq  suvda  bolalar  sovunida  yuviladi, 

spirt bilan artiladi, keyin tal‘k yoki oddiy pudra sepiladi.  

Pufakchalar  brilliant  yashili  bilan  artiladi,  quruq  bog‘lam  qo‘yiladi. 

Nekrozni  chegaralash  uchun  shifokor  o‘lgan  to‘qimalarni  kesib  olib  tashlaydi, 

yara  1%  kaliy  permanganat  eritmasiga  namlangan  steril  salfetka  bilan  o‘rab 

qo‘yiladi.    Keyinchalik  hamshira  kuniga  2-3  mahal  bog‘lamni  almashtiradi  va 

yara  holati  to‘g‘risida  shifokorga  xabar  berib  turadi.  Yara  tozalanishiga  qarab 

mazli  (Vishnevskiy  mazi,  sintomitsin  emul‘siyasi  va  h.o.)  bog‘lamlar 

qo‘llaniladi.  

Bolalarda  yotoq  yaralarni  paydo  bo‘lishi  yomon  parvarishdan,  bo‘lim 

tibbiy xodimlarini past tibbiy madaniyatidan, o‘z vazifalariga sovuqqonlik bilan 

yondashishidan dalolat beradi.  




Download 2,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish