Fanning o`quv rejadagi bоshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi, uslubiy jihatdan
uzviyligi va ketma-ketligi
“Ta’limda axborot texnologiyalari” fani III,IV- sеmеstrlarda o`qitiladi. Dasturni amalga oshirish o`quv rejasida rejalashtirilgan matematika fanidan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
Fanning ta`limdagi o`rni
Ta’limda axborot texnologiyalari fani insonlarda axborot muhitida ma`lum bir dunyoqarashni shakllantirishga hizmat qilishi bilan bir qatorda uning axboriy madaniyatni egallashida asosiy rol o`ynaydi. Bugungi «Axborot» asrida yoshlarning kompyuter savodxonligini oshiribgina qolmay, balki dasturlash tillarini o`rgatish orqali yangi dasturlar yaratishlariga zamin bo`ladi. Umumta`lim maktablari va akademik liseylardagi kasbiy faoliyatlaridan yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularni o`qitilayotgan fanlariga tadbiq etishga katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |