Tayyorgarlik fazasi
ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun ancha
qulay sharoit yaratishdan iborat. Bu sharoitlar bosh fazadagi harakatga qarshi
harakat tomon yo'naltirilgan harakat bilan yoki yugurib kelish, sakrash yoki
aylanma harakatlar ko'rinishida bo'ladigan bir qator ketma-ket harakatlar bilan
yaratiladi.
Yakunlovchi fazadagi harakatlar
-gavdaning muvo`zanatini saqlash
maqsadida-passiv ravishda so'nib boradi yoki aktiv ravishda tormo`zlanadi. Bir
butun harakatni vaqt jixatidan fazalarga bo'lishdan tashqari, uning fazadagi harakat
elementlarini ajratib ko'rsatadilar.
Harakat strukturasi
-harakatning yagona bir butun harakat sifatidagi barcha
tarkibiy qismlarining zero qonuniy bog`lanishidir.
Kishining barcha harakatlari fazoda va ma'lum bir vaqtda sodir bo'ladi,
shuning uchun harakatlarning fazoviy, vaqt va fazoviy-vaqt harakteristikalarini uz
ichiga kinematik strukturasi oladi. Harakatning kinematik strukturasini dinamik
struktura bilan, mazkur harakatga sabab harakat strukturasining yana bir muhim
tomoni-ritmik tomoni, harakatning vaqt va kuch munosabatlarini kompleks holda
aks ettiruvchi tomonlarini ajratib ko'rsatiladi. Har bir konkret jismoniy mashqni
bajarishda bu harakteristikalardan har birining ahamiyati har xil bo'ladi. Barcha
harakteristikalarning harakatlarda birgalikda, baravar namoyon bo'lishi jismoniy
mashqning texnika jihatidan juda to'g`ri bajarilishini ta'minlaydi.
Harakatlarning Fazoviy harakteristikalari.
Gavdaning holati va gavda
qismlarining harakat traektoriyasi (yuli) jismoniy mashqlar texnikasining fazoviy
harakteristikasiga taalluqlidir. Ko'pgina jismoniy mashqlarni bajarish vaqtida
gavda yoki uning qismlari bir-biriga nisbatan holatini o'zgartiribgina qolmaydi,
balki muskullarning statik taranglanishi hisobiga erkin surat harakatsiz holatni
saqlab qoladilar. Jismoniy mashqlar texnikasida "gavda holati" ni mustaqil
komponent sifatida ajratib ko'rsatish harakatlarni ratsional tashkil etishda uning
katta ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Harakatni ratsional tashkil etish:
harakatni boshlashdan oldingi dastlabki holatning to'g`ri bo'lishi va harakat
jarayoni gavdaning kerakli holatini saqlab qolish bilan erishiladi. Jismoniy
mashqlarni bajarishda ko'pgina dastlabki holat va statik vaziyatlar mustaqil
ahamiyatga ega bo'lishi mumkin.
Anatomo-fiziologik samara erishish hamda organizmga ijobiy ta'sir ko'rsatish
yoki bundan keyingi harakatlarda yaxshiroq natijalarga erishish maqsadida
dastlabki holatga turiladi. Jismoniy tarbiya amaliyotida estetik, anotomik-
fiziologik va texnik samaradorlik talablariga baravar javob beradigan gavda
holatlari uchrab turadi. Harakatlanishda gavda holatini o'zgartirish bilan dinamik
tayanch yo'nalishini o'zgartirish va gavdaga yo'nalish bo'yicha tezlanish beriladi.
Bunga qisqa va uzoq masofaga yugurishda joydan va uzunlikka sakrashdagi
depsinish fazalarida gavda holatlarini misol qilish mumkin. Jismoniy tarbiyada
estetik va anatomo-fiziologik, texnik va taktik samaradorlik talablariga javob bera
oladigan gavdaning holatlari uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |