O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI
ОLIY VA O`RTA MAХSUS TA'LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY MADANIYAT YO`NALISHI
1-KURS SIRTQI TALABASI
RAXIMOV ERKABOYNING
HARAKATLI O`YIN VA METODIKASI FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU:
Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar.
Qabul qildi: ____________________
Suvda o’ynaladigan harakatli o’yinlar.
Suvda о ‘tkaziladigan о yinlar: «Suvda quvlashmachoq»
Suvda o‘tkaziladigan musobaqalar ham alohida diqqatga sazovordir. Suv
mashqlaridan biri bo'lgan g‘owoslik juda qadimiy kasblardan biri bo‘lib, devonda
suv bahslarining ikki turi uchraydi: birinchisi — suvda cho‘milish, sho‘ng‘ish,
suvdan suzib o‘tish, suv kechish, suvda quvlashmoq. suvga biron narsani, masalan,
suvda cho‘kmaydigan yog‘och, biror ashyoni tashlamoq; ikkinchisi — ermak,
ko‘ngil ochish mashg'ulotlari ma’nosidagi o‘yinJardir. Bular. suv yoki sut
simirmoq, suv ustida yalpoq toshni kim o‘zarga otmoq, ya’ni babslashmoq.
Hozirgi paytda bolalar buni «qaymoq» o‘yini deb o‘ynashadi. O'yinda toshning
suvga necha marta tegib sakrab «qaymoq» hosil qilishini e’tiborga olinadi va kim
ko‘p «qaymoq» hosil qilsa, o'sha g'oiib sanaladi. Devonda bolalar o‘yinlarining turi
ko‘p uchraydi. Ularning ba’zilari yo‘l-yo‘lakay sanab o ‘tilgan bo‘Isa, ba’zi-bir
o‘yinlar tafsiloti bilan keltirilgan. Masalan: bolalaming qorong‘ida kelib «kurgon»
olishlari — «Ko‘ragumi» deyilsa, bir to ‘daning ikkinchi to‘dani chaqqonlik bilan
asir olishlari «Bandol» deb atalgan. Shuningdek, «Jangli-mangli» degan o‘yin turi
ham bor. Oshiq o‘yini, to‘p o‘yini, cho‘pon bolalar o'yinlari, chillak o'yinlari,
qizlarning arg‘imchoq o‘yifilari ham birma-bir sanab octilgan. 0‘sha davrdagi
ko‘pgina o‘yinlar bolalaming hozirgi davrdagi o‘yinlarini eslatadi. Masalan,
«0‘tish-o‘tish» deb atalgan o‘yin «Kesak kuydi», «Darra soldi», «Musht ketdi»
o‘yinlariga o‘xshab ketadi. Amudaryo va Sirdaryo sohillarida, Orol etaklarida,
shuningdek, yaqin joylardagi soylar, anhorlar, hovuzlar va ko‘l bo‘ylarida
bolalaming «Muguz-muguz» nomli qadimiy o‘yini o‘ynalgan. Devonda
«Oqsuyak» o'yini misol tariqasida keltiriladi. Alisher Navoiy ham o‘zinmg
«Mahbub ul-qulub» asarida «Oqsuyak» o‘yinining ta’riflni beradi. Mahmud
Qoshg‘ariy devoni XI asrda bitilgan bo‘lsa, Alisher Navoiyning «Mahbub ul-
qulub» asari XV asrda yozilgan. Hozirgi paytda ham bolalar «Oqsuyak» o‘yinini
xuddi o‘sha qoida asosida o‘ynaydilar. «Oqsuyak» o‘yini nafaqat 0 ‘rta Osiyoda,
balki yer kurrasining ko‘p joylarida keng tarqalgan. Bu o‘yinni Yevropaning
Skandinaviya mamlakatlari xalqlari etnografiyasiga oid adabiyotlarda o‘qish
mumkin. Hattoki, ushbu о‘vin Avstraliyada ham uchraydi. Aslida, xalq o‘yinlari
hech qachon chegara bilmaydi. Aksincha, o‘yin!ar xalqlar, elatlar orasidagi o‘zaro
do‘stlik, qon-qardoshlik rishtalarini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
2. Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy tayyorgarlik.
Jismoniy tarbiya tizimining asosiy tamoyili jismoniy madaniyat va sportning
kishilar mehnati va mudofaa faoliyati bilan aloqasi hisoblanadi. Amaliyotda
jismoniy madaniyat va sportdan mehnatni ilmiy tashkil qilishda (MIT), kasbiy-
amaliy jismoniy tayyorgarlik (KAJT) va harbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik
(HÀJT) deb ataladigan shakllardan foydalaniladi.
Kasbiy-amaliy jismoniy tayyorgarlik quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan:
— o‘quvchilarning mehnat operatsiyalarini muvaffaqiyatli bajarishlari uchun
ularga zarur jismoniy sifatlar to‘g‘risida, kasb haqida amaliy bilimlarni o‘rgatish;
— o‘quvchilarda bo‘lajak mutaxassislikning ishlab chiqarish mehnatiga ta’sir
ko‘rsatadigan harakat, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;
— ularda jismoniy va ruhiy sifatlarni tarbiyalashga, mehnat operatsiyalarini hamda
kasbni tez o‘zlashtirishga ta’sir ko‘rsatish;
— ishlab chiqarishda toliqishning oldini olish, kuchlarni tez va to‘liq tiklash uchun
faol dam olish vositalaridan foydalanishga o‘rgatish;
— hayot faoliyati, mehnat operatsiyasi jarayonida kuch, tezkorlik, chidamlilik,
chaqqonlik va egiluvchanlikni oshira borib, ishlayotganlar o‘rtasida ishlab
chiqarish shikastlanishining oldini olish.
O‘rta maxsus o‘quv muassasalarining jismoniy tarbiya dasturida o‘quvchilarni
KAJTning nazariy asoslari bilan tanishtirish ko‘zda tutilgan. Chunonchi, ularni
ayrim kasbiy-amaliy jismoniy mashqlarga o‘rgatish, asosiy jismoniy sifatlarni
o‘zida tarbiyalash hamda ularni kasbiy-amaliy sport turlari bo‘yicha oddiy
musobaqalarda qatnashishga tayyorlash shular jumlasidandir.
KAJTning vazifalarini tushunishda kerakli bilim, ko‘nikma va malakani egallash,
ularni amaliyotda samarali qo‘llash, mutaxassislarning mehnat sharoitlarini oqilona
tahlil qilish, ularning jismoniy tayyorgarligiga bo‘lgan talablarini o‘rganish muhim
hisoblanadi.
Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan
talablarHar xil mehnat turlariga tavsif berganda uning jismoniy og‘irligi va asab-
ruhiy tizimga ko‘rsatgan ta’siriga e’tibor qaratiladi. Mehnatning jismoniy og‘irligi
deganda ish vaqtida jismoniy zo‘r berish hajmining yig‘indisi tushuniladi.
Mehnatning asabruhiy zo‘riqishi deb ish bajarish paytidagi emotsional yuklama
darajasiga aytiladi. Mehnatning asab-ruhiy zo‘riqishi aqliy va jismoniy turlarga
ajratiladi. Mehnatning bu ikki asosiy turi uchinchi — aralash mehnat turini keltirib
chiqaradi.
Jismoniy og‘ir mehnatga kon qazuvchi va po‘lat quyuvchilarning kasblarini
namuna qilib ko‘rsatish mumkin. Bu mehnat faoliyati zamirida sezilarli muskul
zo‘riqishi yotadi. Og‘ir jismoniy mehnat turiga, shuningdek, yengil atletika,
velopoyga, og‘ir atletika, chang‘i sporti va boshqalar ham kirishi mumkin.
Aqliy mehnat turiga hisobchi xodimlar, EHM operatorlari va dastur tuzuvchilar,
olimlar, ijodkor kishilar va boshqalarning mehnatini kiritish mumkin. Shunga
qaramay ularning faoliyatida to‘liq yoki qisman jismoniy mehnat komponenti
ishtirok etadi.
Texnika taraqqiyoti bilan og‘ir ishlab chiqarish mehnati ko‘proq har xil
mexanizmlar zimmasiga yuklatilmoqda, insonga esa aksariyat hollarda boshqarish
va nazorat qilish vazifasi qolyapti. Ishlab chiqarish avtomatlashgani sari inson
mehnati jarayonida jismoniy yuklama doimiy ravishda kamayib bormoqda. Biroq
hali ham yordamchi ishchilar, boshqaruvchilar, montajchilar, jihozlarni
ta’mirlovchilarning jismoniy mehnat hissasi yetarlicha yuqori. Shunga qaramay,
avtomatika, robot texnikasining rivoji inson ruhiy zo‘riqishi barqarorligini, ishlab
chiqarishning ilgarilashi to‘g‘risidagi katta axborot oqimini o‘rganishni, tez qabul
qilishni talab qilmoqda.
Bajariladigan jismoniy ishning hajmi va quvvatini hisoblashda har xil o‘lchov
birligi qo‘llaniladi: ko‘tariladigan yuk massasi, bosib o‘tilgan yo‘l, ishga
sarflangan vaqt va boshqalar. Inson bajargan ishni aniqlashning aniq va ilmiy
asoslangan maxsus usullari, uning ish qobiliyatiga yarasha tavsiyalar berilgan va
joriy qilingan. Buning uchun YQT yoki tomir urish ko‘rsatkichlari yig‘indisi vaqt
birligida organizmning kislorod iste’mol qilishi va butun ish davrida mazkur ishga
sarflanadigan energiya
(kkal), KDJ va boshqalarda o‘lchanadi. Ushbu metodlar yordamida olingan
natijalar jismoniy mehnatning og‘irligi to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini
beradi. Bajarilgan mehnat shartli ravishda juda yengil, yengil, o‘rtacha og‘irlikda,
og‘ir va o‘ta og‘ir ishlarga bo‘linadi. Masalan, juda yengil mehnat umumiy va
sutkalik energiya sarfini talab qiladi, bu asosiy modda almashuvining (2300 kkal
atrofida) o‘rtacha miqdoridan oshadi, YUT esa oshmaydi, odatda, bir daqiqada u
80 zarbadan yuqorini tashkil qiladi. Bundan farqli o‘laroq, juda og‘ir jismoniy
mehnat sutkalik energiya sarfini 4000 dan 6000 kkal gacha, ayrim holatlarda esa
bundan ham yuqori bo‘lishini talab etadi. Bunday paytlarda YUT eng ko‘p
miqdorda bo‘ladi, ya’ni bir daqiqada 180–200 zarbaga yetadi. Bunday ishni yaxshi
mashq qilgan kishilargina bajarishlari mumkin, o‘shanda ham uzoq vaqt davomida
emas.
Jismoniy mehnatning og‘irligini o‘lchash yoki baholash nisbatan yengil bo‘lsa,
aqliy mehnatning emotsional-ruhiy zo‘riqishini o‘lchash va tasniflash hiyla og‘ir.
Bu o‘rinda ishlab chiqarishning borishi to‘g‘risidagi katta axborot oqimini, ya’ni
jismoniy ishni o‘lchash paytida foydalaniladigan fikrlash usullarini qo‘llab
bo‘lmaydi. Buni faqat YUT ni o‘lchash orqali bilish mumkin. Misol uchun
uchuvchi-sinovchi yangi samolyotda bir soatlik uchishda 3 kg dan 4 kg gacha vazn
yo‘qotadi, uning yurak urishi keskinlashib, bir daqiqada 200 zarbaga yetadi. Og‘ir
jismoniy mehnat paytlarida ham bunday holat yuz bermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |