12-MAVZU. Turizm turlarini ishlab chiqish texnologiyasi Reja: Turistik xizmatlarini loyihalashtirish va dasturini yaratish.
Turistik mahsulotni hisoblash jarayoni. Turistik marshrutini ishlab chiqish bosqichlari.
Turistik sayohatining yo‘llanmasi va texnologik haritasini tuzish.
Turistik korxonaning yuklama grafigi va marshrutini tuzish.
Turizm marshrutlarining turlari.Turizm marshrutlarini tayyorlash usullari va tasnifi.
Turistik marshrutlar ishlab chiqishning tamoyillari. Turistik marshrutini ishlab chiqish bosqichlari.
12.1.Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish O‘zbekistonda turistlik xizmatlarini shakllantirish Davlat standartlari bilan tartibga solinadi. Turistlik xizmatni yo‘lga qo‘yish uchun uning qisqacha xizmatlar bayoni asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu bozor ehtiyojlarini o‘rganish natijasida aniqlangan buyurtmachi bilan muvofiqlashtirilgan xizmatlar va xizmatlarni bajaruvchining imkoniyatlarini hisobga oluvchi talablar yig‘indisidan iboratdir.
Turistlik muassasasining rahbariyati muayyan xizmatni yo‘lga qo‘yish tartibi va jarayonini, xizmat ko‘rsatishni tashkil etish usullarini belgilaydi va xizmatlarni loyihalashtirish jarayonini har bir qatnashchisi mas’uliyatini belgilaydi.
Turistlik xizmatlarini loyihalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Xizmatlarning me’yorlashtirilgan tavsifini belgilash;
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni texnologiyalarini belgilash;
Texnologik hujjatlarni ishlab chiqish;
Sifat nazorati metodlarini belgilash;
Loyiha tahlili
Loyiha tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Xizmatning har bir tavsifi ist’emolchi va ijrochi uchun imkoniyat darajasida ahamiyatli bo‘lishi shart. Xizmatning muayyan tavsifi tegishli xizmat turlariga belgilangan davlat standarti talablaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga qo‘yiladigan talablarni batafsil yorituvchi hujjatlar quyidagilarni qamrab olishi shart:
turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni, shakli va usullari bayoni;
turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoni tavsifinining mazmuni;
foydalaniladigan uskunalarning turiga, miqdoriga va qabul qilish qobiliyatiga talablar;
zarur xizmatchilar soni va ularning kasbiy malakasi darajasini;
buyurtmalar va xizmatlarning shartnomaviy ta’minoti;
kafolatlar;
zaruriy kelishuvlar (rekratsion zaxiralar mulkdorlari, sanitariya – epidemiologiya va yong‘in xavfsizligi, DAN va boshqa organlar bilan).
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayoniga qo‘yiladigan aniq talablar amaldagi me’yoriy hujjatlar talablaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini loyihalashtirish xizmat ko‘rsatishning har bir bosqichi bo‘yicha (masalan, xizmatlar bo‘yicha ma’lumot berish, xizmat ko‘rsatish, xizmatlar uchun hisob-kitob) amalga oshiriladi va ularning har biri uchun alohida texnologik harita tuziladi.
Bosqichlarning mazmuni va ketma-ketligi xizmat turiga qarab o‘zgarishi mumkin. Turistlik xizmatni loyihalashtirishning natijasi texnologik hujjatlar hisoblanadi (texnologik haritalar, yo‘riqnomalar, qoidalar, reglamentlar va b.)
Sifat nazoratiga doir hujjatlarda turistlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini amalga oshirish yuzasidan nazorat qilish shakllari, usullari va tashkil etilishi, ularning loyihalashtirilgan tavsiflariga mos tarzda kelishini ta’minlash maqsadida belgilanishi lozim.
Sifat nazoratini loyihalashtirish quyidagilardan iborat:
xizmatlar tavsifiga muhim ta’sir ko‘rsatuvchi xizmat ko‘rsatish jarayonining muhim jihatlarini belgilash;
xizmatlar tavsifini tahrir etish usullarini belgilash;