Tarixiy mavzudagi ekskursiyalar:
Tarixiy-o‘lkashunoslik mavzusidagi ekskursiyalar;
Arxeologik mavzudagi ekskursiyalar;
Etnografiya mavzusidagi ekskursiyalar.
San’atshunoslikka bag‘ishlangan ekskursiyalar:
Tasviriy san’at mavzusidagi ekskursiyalar;
Musiqa-teatr mavzularidagi ekskursiyalar.
Adabiyotshunoslik mavzusidagi ekskursiyalar:
Mashhur yozuvchilar hayoti bilan bog‘liq mavzudagi ekskursiyalar;
Badiiy adabiyotning mashhurlari bilan uchrashuv mavzularidagi ekskursiyalar.
Me’morchilik – shaharsozlik mavzularidagi ekskursiyalar:
Me’morchilik obidalari mavzusidagi ekskursiyalar;
Me’morchilik san’ati mavzusidagi ekskursiyalar;
Shaharsozlik mavzusidagi ekskursiyalar.
Ishlab chiqarish sohasi mavzusidagi ekskursiyalar:
Tarixiy ishlab chiqarish mavzusidagi ekskursiyalar;
Alohida zavod va fabrikalar mavzusidagi ekskursiyalar;
Zamonaviy texnologiyalar mavzusidagi ekskursiyalar.
Yangi gid-ekskursiya xizmatlarini tayyorlash texnologiyalari.
Yangi ekskursiya xizmatlarini tayyorlash asosan quyidagi 3 bosqichda bajariladi:
I-Bosqich – Bu bosqichda yangi ekskursiya mavzusi tanlanadi, ilmiy-amaliy manbalar o‘rganiladi, ushbu ekskursiyaning ob’ektlari mavzu bo‘yicha tanlanadi.
II-Bosqich – Bu bosqichda ekskursiyaning marshrutlari ishlab chiqiladi, marshrutdagi ekskursiyalarning texnologik haritasi, safar trassa pasporti tayyorlanadi, ekskursiyaning dasturi va axborotlar varaqasi ishlab chiqiladi.
11.1-rasm. Ekskursiya xizmatining asosiy faoliyati
III -Bosqich –Bu bosqichda ekskursiya loyihasi himoya qilinadi, marshrut oldindan o‘rganilib chiqiladi, ekskursiya rahbari tayinlanadi, ekskursiyaning gid-boshlovchisi tayinlanadi va ekskursiya loyihasi tasdiqlanadi.
Ekskursiya xizmatini o‘tkazish jarayoni 3 qismdan iborat bo‘ladi: kirish, asosiy qism va xulosalar.
Ekskursiyaning kirish qismi asosan 2 bo‘limdan iborat hisoblanadi:
a) ekskursiya guruhi bilan tanishuv;
b) ekskursiyachilarning ekskursiya marshrutida bo‘lgan paytida hayot xavfsizligini ta’minlash haqida ko‘rsatiladigan chora-tadbirlar (xavfsizlik mezonlari);
c) axborotlar (mavzu haqida qisqacha axborot, marshrut muddatlari haqida, ekskursiyaning boshlanishi va tugashi, sanitariya-tibbiyot holati, ekskursiyachilarning taassurotlari).
Asosiy qism – bu qismda asosan ekskursiya qatnashchilariga ekskursiya haqida qisqacha axborotlar beriladi. Shuningdek, ekskursiyachilarga boshqa ekskursiyalar haqida axborotlar ham yetkaziladi.
Ekskursiyaning xulosalari qismida ekskursiyaning o‘tkazilganligi haqida hisobot tayyorlanadi va muhokamaga qo‘yiladi, so‘ngra tasdiqlanadi.
Bu bosqichda ekskursiyani ishlab chiqish 15 ta jarayonni o‘z ichiga oladi:
Ekskursiyaning maqsadi va vazifalarini aniqlash;
Mavzuni tanlash;
Adabiyotlarni tahlil qilish va adabiyotlarning ro‘yxatini tuzish;
Mavzu bo‘yicha muzey fondlari va tegishli adabiyotlarni tanlash;
Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va o‘rganish;
Ekskursiya marshrutlarini tuzish;
Marshrutni oldindan aylanib, ko‘rib chiqish;
Ekskursiyaning ob’ektlarini ko‘rib chiqish;
Ekskursiyachi «portfelini» jamlashtirish;
Ekskursiyani o‘tkazish metodlarini aniqlash;
Ekskursiyani o‘tkazish texnikasini belgilash;
Metodik ishlanmalarni tuzish;
Ekskursiya marshrutini ishlab chiqish;
Ekskursiya loyihasini topshirish;
Ekskursiyani tasdiqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |