O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti


Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi



Download 1,97 Mb.
bet134/170
Sana27.01.2023
Hajmi1,97 Mb.
#904114
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170
Bog'liq
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi u

Davlatning turizm siyosatini amalga oshirish mexanizmi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish;

  • mintaqa darajasida va respublika darajasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;

  • qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish;

  • turizm faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish.

Turizm siyosatining asosiy yo‘nalishlari sayohatchilar xuquqlarini himoya qilish, mahalliy turizm mahsulotini ishlab chiqaruvchilarni hamda ichki va kiruvchi turizmni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘lib hisoblanadi. Bunday qo‘llab-quvvatlash shakllari turizm infratuzilmasini shakllantirish, yo‘naltiriladigan investitsiyalar, kadrlarni tayyorlashga sarflanadigan harajatlar, investitsiyalar oqimini rag‘batlantiruvchi, jahon bozorida milliy turizm mahsulotini siljituvchi, ilmiy va reklama-axborot ta’minoti ko‘rinishidan to soliq va bojxona imtiyozlarigacha, ichki va kiruvchi turizmni rivojlantirishga ketgan harajatlarga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi.
Davlatning turizm siyosati strategiya va taktikaga asoslanadi. Strategiya deganda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun vositalardan foydalanish usuli va umumiy yo‘nalishlar tushuniladi. U qabul qilingan strategiyani inkor qilmaydigan, qolgan barcha variantlarni chetga surib, oldinga qo‘yilgan vazifani yechish yo‘lidagi xatti-harakatlarni bir joyga to‘plashga imkon beradi.
Mehmondo’stlik boshqaruvi nima? Ko’pchilik odamlar mehmondo’stlik sanoati deganda odatda mehmonxonalar va restoranlarni tushunishadi. Lekin, mehmondo’stlik so’zining haqiqiy manosi anchayin kengroq doiradadir. Oxford English Dictionary lug’atiga ko’ra mehmondo’stlikning ma’nosi mehmonlar, tashrif buyuruvchilar yoki turistlarga yuqori sifatli xizmatlar ko’rsatish degan ma’nolarni anglatadi. Mehmondo’stlik so’zi hospice so’zidan kelib chiqqan bo’lib, sayohatchilar va ziyoratchlarning o’rta asrlarga xos uylarda tunab qolishi va dam olishi degan ma’nolarni anglatadi. Hospice - so’zi gospital (hospital) so’ziga aloqador bo’lib, u shuningdek hozirgi kasalxonaning dastlabki turi sifatida ham nazarda tutilgan.46
Mehmondo’stlik nafaqat mehmonxonalar va restoranlar balki o’z uylaridan uzoqda bo’lgan odamlar uchun boshpona, ovqat taklif qiladigan muassasalarning bir turi deb ham takidlanadi. Biz shuningdek bu tafsiflarni kengaytirishimiz ham mumkin, ko’pchilik mehmonlar bunday muassasalar ko’plab boshqa turdagi xizmatlarni ham taminlashini xohlashadi masalan: klublar, kazinolar, sohilda dam olish va boshqa ko’ngil ochish xizmatlari. Bu xizmatlar keyingi boblarda kengroq muhokama qilinadi.
Mehmonxona sanoatida turli xil ish faoliyatlarda yuzaga keladigan muammolar: memmonxona nomerlari va ovqat taminotining boshqaruv muammolari bular o’z ichiga bino va inshoatlarni saqlash, isitish tizimi, yoritish va quvvat bilan taminlash, tozalash, bino va inshoatlarni barpo etish, ishchi xizmatchilarni nazarat qilish, ovqatlarni tayyorlash va ularni mehmonlarga taqdim etish orqali mehmonlarning xursand qilish kabilardir. Biz qachonki mehmonxonaga tunab qolganimizda yoki restoranda ovqatlanganimizda u yerda bizga yuqori darajada xizmat qilishlarini kutamiz.
Endi bizning e’tiborimizni qaratayotgan narsa mehondo’stlik sanoatida xizmatlar va qulayliklarni tashkil etish bilan birgalikda xodimlar va ularni boshqarishdir, keling mehondo’stlik sanoatida xizmatlar ko’rsatish kasblari haqida to’xtalsak. Mehmondo’stlik kasblari insoniyat kasblari orasida eng qadimgisi hisoblanadi va ularning vazifalari mehmonlar, mijozlar va resident aholini xush kayfiyat va qulayliklar bilan kutib olishni o’z ichiga oladi. Odamlar mehmonxonalarda ishlashiga eng muhim sabab odamlar mehmonxonalarni bir sanoat sifatida bu sohada ishlashga qiziqishadi. Bugungi kunda menejerlar va rahbarlar, shuningdek malakali kadrlar o’z bilim va ko’nikmalarini rivojlanish uchun mehmondo’stlik sanoatining bir qismidan boshqa bir qismiga o’tish imkoniyatlari bilan taminlangan. Misol uchun, mehmonxona sohasi bo’yicha o’qishni yugatgan talaba o’z ishini restoran bo’limida boshqaruvni o’rganish bilan ishni boshlasa, qisqacha muhim amaliyotni to’liq tugatib mehmonxonada yordamchi menejer bo’lib ishini davom ettiradi. Keyingi ish joyi bo’yicha taklif “ARAMARK”ga o’xshagan mehmonxonalar korparatsiyasidan kelishi mumkin. Masalan “ARAMARK” oziq ovqat xizmati faoliyatni bilan nafaqat biznesni balki bir necha sohalar masalan rekreatsion markazlar, sport stadionlari, ko’llej va universitet ko’mpuslari, sog’liqni saqlash sohalari va oliy darajadagi restoranlarni ham taminlaydi. Mehmonxona biznesida “Holiday Inns” mehmonxonalar korparatsiyasi faoliyati ham yuqoridagi kabi bo’lib u Qo’shma Shtatlarda eng katta oziq ovqat xizmatini ko’rsatuvchi kompaniya hisoblanadi.

Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish