«Kelishilgan»
(kelishuvchi tashkilotlar imzosi)
Pasport tuzish bo‘yicha ko‘rsatmalar:
Pasport davomiyligi 1 sutkadan kam bo‘lmagan har bir asosiy yoki sinov safari trassasi uchun alohida tuziladi.
Pasport safar boshlanadigan turistlik korxonasi tomonidan tuziladi.
Sayohat hududidagi iqlim va ehtimoli bo‘lgan favqulotda hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar gidrometeo xizmat ma’lumotlari asosida kiritiladi.
Pasport safar trassada xizmat ko‘rsatuvchi har bir turistlik korxonasiga jo‘natiladi.
Safar trassasi ekspluatatsiyasi jarayonida yuzaga kelgan o‘zgarishlar, bir oy ichida pasportining barcha nusxalariga kiritilishi kerak. Zarur hollarda ba’zi sahifalar almashtiriladi yoki yangi pasport tuziladi.
12..Turistik marshrutlar turlari. Turizm marshrutlarini tayyorlash usullari va tasnif
Xalqaro turizmni shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrutlarga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarning barcha talablarini qondiradi va natijada ko‘plab turistlarni o‘ziga jalb qiladi. Shuning uchun ham, turistik marshrutlarni mukammal ishlab beradigan malakali mutaxassislarga talab juda katta bo‘lib, turizm marshrutlarini ishlab chiqishni o‘qitish, o‘rgatish O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishdagi dolzarb masala hisoblanadi.
Inson ko‘rib, eshitib yurgan har qanday mo‘jizaviy, qiziqarli inshootlar, tabiatning so‘lim go‘shalari, qadimdan saqlanib kelinayotgan tarixiy obidalar, daryolar, sharsharalar, hayvonot yoki turli – tuman o‘simliklar o‘sadigan joylar, tomosha bog‘larining hammasiga ma’lum bir yo‘ldan boriladi. Bu yo‘l turizmda «marshrut» deyiladi. Marshrut – fransuzcha – marche – yurish, oldinga harakat, route – yo‘l.
Respublikamizdagi barcha turistik resursga – ob’ektga- manzilu-makonga- maskanga turli yo‘llar olib boradi. Bu yo‘llar asfaltli, toshli, mahalliy tuproq yo‘llari, so‘qmoqlar va hakozo ko‘rinishlarida bo‘ladi. Lekin, bu yo‘llarni turistik marshrutga aylantirilgandan keyingina turistik resursda turistlar soni ko‘payishi mumkin.
«Marshrut» so‘zi aniqlangan, belgilangan yo‘lni bildiradi. Marshrut so‘zi faqat turizm sohasida tegishli emas balki, insonlarning turizm bilan bog‘liq bo‘lmagan doimiy, muntazam ravishda ma’lum tomonga, aniqrog‘i o‘ziga ma’lum geografik manzilga harakatlanishini ham anglatadi. Turistik marshrut deyilganda, bu yo‘ldan turist maqomini olgan Yakka inson yoki insonlar guruhi yuradigan harakatlanadigan, ma’lum bir makonga boradigan va qaytadigan yo‘l tushiniladi. Hozirgi paytda turizm marshrutlari quyidagi marshrutlarga bo‘linadi:
Qadimgi marshrutlar.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlar.
O‘zgartirilgan marshrutlar
O‘zgarmaydigan marshrutlar
Tiklanadigan marshrutlar.
Tiklanmaydigan marshrutlar
Yangi, zamonaviy marshrutlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |