22.4.Xalqaro turizm rasmiyatchiligiga oid hujjatlar
Shunday qilib, turizm rasmiyatchiliklari – bu turist, turistik firmasi (keyinchalik turfirma) va boshqa davlatga tashkil qilinayotgan sayohatni tayyorlash va o‘tkazishga aloqador boshqa barcha tashkilotlar amal qilishi lozim bo‘lgan, u yoki bu davlat yoxud bir guruh davlatlar qonunchiligini bir vaqtning o‘zida qabul qilgan qat’iy shartlardan iborat.
Turizm rasmiyatchiligiga amal qilish, go‘yo bu ish ahamiyatli bo‘lmagan yoki ma’nosiz, qandaydir ortiqcha va kerakmas rasmiy qoloq marosimlarni bajarish, deb o‘ylash haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu yerda o‘rnatilgan tartibga uning ichki mohiyati emas, faqat tashqi tomoniga e’tibor berib, ko‘r-ko‘rona amal qilishni anglatadigan «quruq rasmiyatchilik - formalizm» atamasini eslash ham noo‘rin.
Ba’zi turizm rasmiyatchiliklari bevosita turistga tegishlidir, masalan, xorijiy pasport olish zarur, chegaradagi nazorat va bojxona tekshiruvidan o‘tish tartibiga amal qilish, bir qator tropik mamlakatlarga safar qilishda «sariq bezgak»ga qarshi emlash va hokazolar.
Turizmga oid rasmiyatchiliklar – sayohatni tashkillashtirish, rasmiylashtirish va amalga oshirish jarayonida qonunchilik va mamlakatda o‘rnatilgan tartib bo‘yicha rioya qilish majburiy bo‘lgan qoidalar, shartlar va harakatlardan iborat bo‘ladi. Turizm rasmiyatchiliklarining muhimligini tasdiqlash va ularni tartibga solish hamda osonlashtirish uchun bir qator eng muhim xalqaro hujjatlardan ko‘chirmalar keltiramiz:
YYevropadagi hamkorlik va xavfsizlik bo‘yicha kengashning Yakunlovchi dalolatnomasi (Xelsinki, 1975-y.): «Kengashning ishtirokchi davlatlari xorijiy davlatlarga sayohat uchun talab etiladigan rasmiyatchiliklar bilan bog‘liq masalalarni ijobiy ruhda qarab chiqish orqali turizm rivojini rag‘batlantirish maqsadida ekanliklarini bildiradilar»;
Jahon turizmi bo‘yicha Manila deklaratsiyasi (Manila, 1980- y.): «Butun jahon turistik tashkiloti o‘zining rivojlanish dasturiga jahonda turizm rasmiyatchiliklari ahvolini o‘rganish, mazkur sohadagi joriy amaliyot va mavjud me’yorlarni tadqiq etish, sayohatlarni yo‘lga qo‘yish va osonlashtirish uchun umumiy tavsiyanomalar ishlab chiqish masalalarini kiritgan»;
Turizm bo‘yicha Gaaga deklaratsiyasi (Niderlandiya. 1989-y.): «Sayohatlar tez o‘sishi bilan bir vaqtda turizm rasmiyatchiliklarining tushunchasi aniqlanmoqda va kengaymoqda. Ulardan biri bevosita turistlarga, boshqalari esa turizm biznesiga oid. Turizm rasmiyatchiliklarining osonlashuvi o‘zining dastlabki tor chegaraviy rasmiyatchilik va bojxona tekshiruvlari ramkasidan chetga chiqa oldi.
Bugungi kunda gap turizmni rag‘batlantirish va ijobiy qo‘llab-quvvatlash haqida borishi lozim, xususan har bir shaxsga ichki va xalqaro turizmda ishtirok etishga sharoit yaratish, yoshlar, keksalar va nogironlar orasida turizmga alohida e’tibor ajratishga harakat qilish shart»;
Barqaror rivojlanish bo‘yicha BMT komissiyasi o‘zining 1999-yil apreldagi N’yu-York sessiyasida Butunjahon turizm tashkiloti (BTT) tashabbusiga ko‘ra, global turizm etik kodeksini ma’qulladi va BTTga xususiy sektorlar, nohukumat va mehnat tashkilotlaridan tushgan takliflar bilan to‘ldirishni taklif etishdi. BTT mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra, turizm Global etik kodeksi joriy hujjat bo‘lib, jumladan, turizm rasmiyatchiliklarini tartibga solishda ham dasturilamal bo‘lmog‘i lozim.
Xususan uning 8-moddasida «Turizm sayohatlari erkinligi»da davlatlar tomonidan kiritilgan yoki xalqaro kelishuvlardan kelib chiqadigan, masalan vizalar, sanitar va bojxona rasmiyatchiligini imkon qadar shunday moslashtirish lozimki, erkin turizm va xalqaro turizmga yo‘l ochish zarur bo‘ladi. Ushbu rasmiyatchiliklarni osonlashtirishga qaratilgan mamlakatlararo bitimlarni rag‘batlantirish lozim; turizm sanoatiga og‘ir tushadigan va uning raqobat bardoshligiga zarar yetkazadigan maxsus soliq va to‘lovlarni bekor qilish yoki qayta ko‘rib chiqish kabi choralar ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |