Bog'liq O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi u
20–moddasi: «Turistlarni sug‘urta qilish».Turistlarni sug‘urta qilish majburiydir va u turistik faoliyat sub’ektlari tomonidan sug‘urta faoliyati olib borish huquqiga ega bo‘lgan tegishli sug‘urta tashkilotlari bilan tuziladigan bitimlar asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Turizm tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga51 muvofiq quyidagi moddalar turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan:
xavf-xatar manbalari bo‘lgan hududlarga chet ellik sayyohlarni olib chiqishlaridan oldin, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli boshqarmalaridan baxtsiz hodisalar yoki havf-xatarlar kelib chiqishi mumkin bo‘lishi yoki bo‘lmasligi yuzasidan tegishli ma’lumotlar olish;
ruxsat etilgan xavfsiz yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli hududiy boshqarmasi bilan kelishilgan holda belgilangan xavfsiz yo‘nalish bo‘yicha sayyohat qilishni ta’minlash;
belgilangan yo‘nalishning xususiyati va sayyohlarning xatti-harakatiga bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan havf-xatar manbalari haqida ularning o‘zini xabardor qilish va xavfsizligini ta’minlash;
qabul qiluvchi turistik tashkilot chet el sayyohlari bilan xavfsizlik choralariga rioya etishlari, O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibi, ekologik xavfsizlik talablari, milliy urf-odatlarga hamda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilishlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlarini o‘tkazadi.
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish mavzusida – «Ekologik turizm marshrutlarida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash» yuzasidan marshrut rahbari amalga oshiriladigan ishlar ro‘yxati keltiriladi. Turistik marshrutlarning barchasida turistlarning hayoti xavfsizligini ta’minlash chora tadbirlari ishlab chiqilishi va marshrutni o‘tkazadigan turistik tashkilot rahbarining imzosi va gerbli muhri bilan rasmiylashtirilishi lozim.
«Forma» lotin tilidan tarjima qilinganda o‘rnatilgan tartib ma’nosini beradi. «Formalniy» o‘rnatilgan namuna bo‘yicha bajarilgan demakdir. «Formalnosti» - «Rasmiyatchilik» - biror bir muhim va ma’suliyatli ishni bajarishda talab qilinadigan, qonunchilik tomonidan o‘rnatilgan shartlar yoki harakatlar majmuidir.
Xorijiy mamlakatga birinchi marta turist sifatida tashrif buyurmoqchi bo‘lgan shaxslar odatda faqat chegaraga oid va bojxona rasmiyatchiliklari mavjud deb o‘ylashadi. Biroq, turist o‘z davlatiga olib kirishi mumkin bo‘lgan bir talay hayot uchun o‘ta xavfli kasalliklar mavjud, tropik mamlakatlarga kirishni tartibga solib turadigan sanitar – epidemiologik qoidalar ham juda muhim ekanligiga e’tirozlar bo‘lmasa kerak. Tibbiy sanitar qoidalarini bilish va ularga qat’iy amal qilish turistni sayohat chog‘idagi ko‘plab ko‘ngilsizliklardan saqlaydi.
Chegaradan hayvonot va o‘simliklar namunalarini o‘tkazishning qat’iy belgilangan tartibi ham xorijga safar chog‘ida sug‘urta qilish masalasi ham turist uchun muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari, bir qator boshqa, qonunchilik tomonidan davlat manfaatlari va jamoat xavfsizligi hamda sayohat qilayotgan shaxslar va atrof-muhit muhofazasi nazarda tutilgan xalqaro turizmning keng ommaga deyarli noma’lum shartlari va qoidalari ham mavjud.