O`zbеkistоn rеspublikasi оliy va o`rta maхsus ta’lim vazirligi urganch davlat univеrsitеti



Download 5,22 Mb.
bet2/8
Sana22.07.2022
Hajmi5,22 Mb.
#836884
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
farida kurs ishi2

I BOB. AJRALADIGAN BIRIKMALAR.

1.1. MASHINASOZLIK CHIZMALARINING MAQSAD VA VAZIFALARI.


Har qanday ishlab chiqarish agregati detal, uzel va boshqa qismlarning birikmasidan iboratdir.
Asosiy ishlab chiqarish buyumlari ishlab chiqarish predmeti deyiladi. Unga odatda, korxona mahsulotining nomenklaturasida ko`rsatilgan narsalar, masalan, mashina, stanok, asbob-uskunalar kiradi (GOST 5290- 60). Yordamchi ishlab chiqarish buyumlariga asboblar, shtamplar (metall qoliplar), qirqish asboblari va shunga uxshash predmetlar kiradi. Buyumlarning tarkibiy qismlariga detallar, uzellar va gruppalar kiradi. Yig`ish operatsiyasi ishlatilmasdan tayyor qilingan buyum qismi detal deyiladi., Ma`lum vazifaga ega bo`lgan detal qismi masalan, paz, qovurg`a, rezba detalning e,lementi deyiladi. Buyumning ajralar yoki ajralmas tarkibiy qismlarining birikmasi uzel deyiladi. Uzelga detallar, boshqa uzellar va sotib olingan (boshqa korxonalarda tayyor qilingan) buyumlar kirishi mumkin.
Buyumlarning ajraladigan yoki ajralmaydigan tarkibiy birikmasi gruppa deyiladi, bu birikma uchun masalan, stanokning supporti, avtomobilning uzatmalar korobkasi va boshqalar uchun ishni mustaqil qilish foydalidir. Gruppalarga buyum tarkibiy qismlarining yig`indisini, boshqacha qilib aytganda, ma`lum umumiy ishni bajarish uchun belgilangan va o`zaro yoki buyumni yigish prosessida uning boshqa qismlari bilan birikkan tarkibiy birikmalarini, masalan, traktorning elektr asbob-uskunalarini kiritmoq; mumkin. Gruppalar o`zlarining tarkiblariga qarab oddiy va murakkab bo`ladi; keyingilarga boshqa uzellar yoki buyumlar kiradi.
Buyumlar o`zlarining tarkibiy qismlarining birikishiga qarab quyidagicha bo`lishlari mumkin:

  1. tayyorlovchi zavodda yig`ilishi zarur bo`lgan ajralar yoki ajralmas qismlardan tuzilgan buyumlar, masalan, reduktor;

  2. ekspluatatsiya kilishda uzaro mexanik elektr va, boshqa bog`lanish yo`li bilan o`zaro birikadigan buyumlar yoki ularning kismlari yigindisidan iborat bo`lgan ustanovka sistema yoki stantsiya, masalan, generator bilan birgalikda bo`lgan gidravlik turbina, avtomat telefon stantsiyasi va boshqalar;

  3. ekspluatatsiya qilishda bevosita uzaro birikmaydigan, lekin ekspluatatsiya kilish vaqtida umumiy belgiga yoki boshqa alomatlarga ega bo`lgan komplekt, ya`ni buyumlarning qismlari tuplami, masalan, asboblar komplekti.

Buyumlar o`zlarining tarkibiy qismlariga qarab, murakkab va oddiy bo`ladilar, murakkab buyumlarga gruppalar yoki boshka buyumlar kiradi, oddiy buyumlarga esa gruppalar va boshqa buyumlar kirmaydi, ularga faqat sotib olingan buyumlar kiradi, xolos.
Ishlatilish soxasiga (vazifasiga) karab, chizmalar quyidagi turlarga bo`linadi (GOST 5291-60):

  1. Asosiy ishlab chiqarish buyumlarining chizmalari.

  2. Yordamchi ishlab chiqarish buyumlarining chizmalari (asosiy ishlab chiqarish buyumlarini tayyor kilish uchun belgilangan maxsus instrumentlarning, asboblarning chizmalari).

  3. Texnologiya chizmalari, bu chizmalar buyum detallarini tayyor kilishda va ularni yigishda ayrim texnologiya operatsiyalarini kontrol qilish uchun belgilanadi (operatsiya chizmalari).

Ekspluatatsiya chizmalari, bu chizmalar buyumlarni va ularning qismlarini ekspluatatsiya qilish, tugrilash, sozlash, xizmat qilish buyicha tuzilgan qo`llanma va instruktsiyani izoqlab beradi.
Asosiy ishlab chiqarish yoki yordamchi ishlab chiqarish chizmalari o`zlarining mazmuniga qarab quyidagi turlarga bo`linadi:
a), detal‘ chizmalari, b) yig`ish chizmalari, v) umumiy (tashqi) ko`rinish
chizmalari, g) gabarit chizmalar va d) montaj chizmalari.
Ayrim detallarni tasvirlash va ularni tayyor qilish hamda kontrol qilish uchun zarur bo`lgan narsalarni o`z ichiga oladigan chizmalar detal chizmalari deyiladi.
Buyumlarni, gruppalarni yoki uzellarni tasvirlash va ularni tayyor qilish (yig`ish) hamda kontrol qilish uchun zarur bo`lgan narsalarni o`z ichiga oladigan chizmalar yig`ish chizmalari deyiladi.
Buyumlarni, gruppalarni yoki uzellarni tasvirlash va ularning asosiy xaraktyeristikalarini o`z ichiga oladigan chizmalar umumiy ko`rinish chizmalari deyiladi.
Buyumlar konturini yoki oddiylashtirilgan tasvirini yoki gabarit o`lchamlari ko`rsatilgan tarkibiy qismlarining tasvirini o`z ichiga oladigan chizmalar gabarit chizmalari deyiladi.
Buyumlarning kontur yoki soddalashtirilgan tasvirini yoki ularning tarkibiy qismlarining tasvirini, shuningdek, ularni montaj qilinadigan joyda o`rnatish uchun zarur bo`lgan narsalarni o`z ichiga oladigan chizmalar montaj chizmalari deyiladi. Agar chizma buyumlar yoki ularning tarkibiy qismlari shartli ravishda tasvirlab yoki belgilab ko`rsatilgan bo`lsa, bunday chizma sxema deyiladi. Sxemalarning ayrim turlari (masalan, printsipial elektr sxemalar) chizmalarni tuldiruvchi mustakil texnik qujjatlar bulib xisoblanishi mumkin.
Bir xilda bo`lgan qator buyumlarni yoki ularning tarkibiy qismlarini tayyorlash va kontrol qilish uchun zarur bo`lgan narsalarni uz ichiga oladigan terma chizmalar jadval chizmalari deyiladi. Bunday chizmalarda o`zgaruvchan o`lchamlar harflar bilan belgilanadi, ularning son kattaligi jadvallarda ko`rsatiladi.
Chizma zagotovkasi blanka-chizma (yozuvsiz chizma) deyiladi, bu chizma bir xilda bo`lgan buyumlarning yoki ularning tarkibiy qismlarining doimiy dalillarini uz ichiga oladi, keyinchalik ularga tegishli joylarda o`zgaruvchan parametrlar (etishmaydigan o`lchamlar, sirtlarning tozaligini ko`rsatadigan belgilar, metall, ogirlik va boshqalar) ko`yib chiqiladi. Blanka chizma ish chizmalarning ishlab chshqarilishini tezlashtirish uchun xizmat qiladi.
Proektsiyalash stadiyasiga karab buyum chizmalari ikki asosiy kategoriyaga ya`ni loyhaviy chizmalarga va ish chizmalariga bo`linadi. Loyixaviy chizmalar esa o`z navbatida eskiz loyiha (E literali) chizmalariga va texnik loyiha (T literali) chizmalariga bo`linadi; eskiz loyiha chizmalari proektsiyalanuvchi buyumning tuzilishi va ishlash prinsipi to`g`risida umumiy tushunchalar beradi; texnik loyiha chizmalari asosan umumiy ko`rinishlardan va yig`ish chizmalaridan iborat bo`ladi, lekin yig`ish chizmalari shunday taxt qilinishi kerakki, u buyicha ish chizmalarni bajarish mumkin bo`lsin. Buyumni tayyor, qilish yoki remont va kontrol qilish uchun zarur bo`lgan hamma narsalarni texnik shartlar bilan birgalikda uz ichiga oladigan chizmalar ish chizmalari deyiladi. Ish chizmalar: a) syeriyalab yoki ommaviy ishlab chiqarish chizmalariga, b) yakka tartibda (I literali) ishlab chiqarish chizmalariga va v) remont lish (R literali) chizmalarga bo`linadi. Buyumning tuzilishiga yoki texnologiya jihatidan ishlanishiga va ishlab chiqarishning o`zlashtirilishi stadiyasiga qarab, syeriyalab yoki ommaviy ishlab chiqarish chizmalari quyidagi turlarga, ya`ni: tajriba kilib ko`riladigan namunalarning chizmalariga, tajriba qilib ko`riladigan syeriyalarning chizmalariga, ko`rsatma beradigan syeriyaning (L literali) chizmalariga va joriy qilingan syeriyalab yoki ommaviy ishlab chiqarish (B literali) chizmalariga bo`linadi.
Bajarilishiga qarab barcha mashinasozlik chizmalari quyidagi turlarga bo`linadi:
Eskizlar, bular istalgan matyerialda, qo`lda (asbobsiz), aniq bulmagan masshtabda bajarilgan va vaqtincha ahamiyatga ega bo`lgan chizmalardir. eskizlar proektsiyalashda va ishlab chiqarishda bir marta foydalanish uchungina belgilanadi, xolos.
Originallar, bular istalgan matyerialda bajariladi. Ulardan asl nusxalar ko`chiriladi.
Asl nusxalar, bular kopiya (nusxa), svetokopiya, fotokopiya va shunga o`xshashlarni bir iecha marta ko`chirish uchun imkon beradigan matyerialda bajarilgan va mansabdor shaxslarning asl imzolari qo`yidib taxt qilingan chizmalardir.
Dublikatlar, bular asl nusxalarning to`la ravishda qayta tiklanishini ta`minlay oladigan usul bilan (diazokal‘kada, fotokal‘kada, fotoplyonkada va boshqalarda) bajarilgan kopiyalardir. Keyinchalik dublikatlardan ham kopiyalar olishga to`g`ri keladi, shuning uchun kam ular shunga moslashtirib bajariladi.
Kopiyalar, bular asl nusxalar yoki dublikatlar bilan bir hillikni ta`minlaydigan usul yordamida bajarilgan chizmalardir. Ular ishlab chiqarishda, loyihalash va ekspluatatsiya qilishda bevosita foydalanish uchun belgilanadi.

Download 5,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish