Geografik segment - bu muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi, risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar ta`sirida, ma`lum makonda harakat qiluvchi ajratib qqyilgan komponentdir.
Segmentlarni ajratishni taqozo etadigan, farq qiluvchi holatlarni ya`ni ko’pchilik omillarning mos tushishini quyidagi jadvalda ko’rish mumkin (34.1.-jadval).
34.1-jadval
Xo’jalik va geografik segmentlarning belgilari bo’yicha qiyosiy tavsifi
Segment hosil qilish uchun mezon
|
Segmentlar
|
Xo’jalik
|
Geografik
|
Xo’jalik g`ki geografik segmentlarni hisobot cegmenti sifatida ajratishni taqozo etadigan omillar:
sotishlarning 50% dan ortig`i tash-qarida sodir bo’lgan holda;
jami segmentlarni sotishdan olingan tushumlari, segment faoliyati natijalari aktivlarning 10%idan ortiq g`ki unga teng bo’lgan umumiy summasiga ega bo’lganda;
korxona jami tushumlarini 75%idan kam bo’lmagan ulushi hisobot segmentlarini tashqi faoliyatining birgalikdagi jami tushumiga to’g`ri kelganda hisobotlar muvofiqlashtiriladi.
|
Agarda quyidagi belgilar bo’yicha qxshashliklar mavjud bo’lsa, mahsulot (ish, xizmat) lar ishlab chiqaruvchi xo’jalik bo’linmalari qzaro bog`liq bo’ladi:
ularning tavsifla-nishida;
ishlab chiqarish ja-rag`nlari tavsifida;
mijozlar turi va tavsifida;
segmentning asosiy faoliyati natijasida paydo bo’lgan xarajat-lar va daromadlarni taqsimlash usullarida;
muayyan faoliyat turlari uchun tartibga soluvchi muhit ta-lablarida (masalan, so-liqlar, banklar va sug`urtada).
|
Bir nechta mamlakat-lardagi guruh, alohida mamlakat, mamlakat ichidagi mintaqada joylashgan segmentlar quyidagi belgilarga ko’ra geografik segment hisoblanadi:
qxshash iqtisodiy va sig`siy shart-sharoitlar;
amalga oshiriladi-gan muomalalarning qxshashligi;
mazkur geografik hududdagi muomalalar bilan bog`liq favqulod-da risklar kutilayot-ganda;
valyuta nazorati-ning alohida qoidalari amal qilganda;
valyuta muomalala-ridan kutilayotgan risklar mavjud bo’l-ganda.
|
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1996 yil 30 avgustdagi 1-sonli qarori bilan kuchga kiritilgan “Buxgalteriya hisobi to’g`risida”gi qonunning 7-moddasida ta`kidlanganki, korxona rahbari hisob va hisobotning ichki xo’jalik tizimini, xo’jalik muomalalarini nazorat qilish tartibini, tashqi iste`molchilar uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va moliyaviy hujjatlarning boshqa shakllarini va hokazolarni tashkil etishga majbur.
Tashqi iste`molchilar uchun segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotni tuzish tartibi O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 14 avgustda 474-son bilan rqyxatga olingan “Hisob yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli O’zbekiston Respublikasining 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi. Ushbu standartning 96-bandida quyidagilar ta`kidlanadi: “foydalanuvchi uchun hisob siyosatini g`ritishning o’ziga xos ustuvorligi ko’rilganda rahbarlar xo’jalik yurituvchi sub`ektning tavakkalchiligiga va pul oqimining kelajagini baholash imkoniyatini berishini hisobga olishlari kerak.
Hisob siyosatining yoritilishi quyidagilarni o’z ichiga oladi, ammo ushbu axborot bilan chegaralanmaydi:
Faoliyat turlarini, geografik segmentlar va chiqimlarni segmentlar o’rtasida taqsimlash usullarini aniqlash”.
Shuni ta`kidlash lozimki, yuqorida ko’rsatilgan me`yoriy hujjatlarda segmentlar bo’yicha hisob va hisobot muammosi o’zining tqliq echimini topmagan.
Tashqi iste`molchilar uchun mqljallangan va moliyaviy hisob ma`lumotlari manbasida ishlab chiqiladigan moliyaviy hisobotdan farq qilgan holda segmentar hisobot ichki iste`molchilar uchun mqljallanadi va maxfiy hisoblanadi. “Buxgalteriya hisobi to’g`risida»gi qonunning 22-moddasiga ko’ra, buxgalteriya hisobini yuritishda maxfiylikka rioya qilinadi, buxgalteriya g`zuvlari mazmuni bilan tanishishga faqat rahbariyat ruxsati bilan yoki qonunchilikda ruxsat etilgan hollarda yo’l qqyiladi. Biroq, tahlillar shuni ko’rsatmoqdaki, amaliyotda ko’pincha soliq va boshqa nazorat organlari boshqaruv hisobi hamda hisoboti ma`lumotlariga bevosita kirib borish imkoniyatiga ega bo’lmoqda.
Boshqaruv hisobida mustaqil ishlab chiqilgan yoki markazlashtirilgan holda tasdiqlangan boshqaruv hisobotlari maqsadga muvofiq. Bu hisobot shakllarini an`anaviy jurnal-order shaklini qqllamaydigan korxonalar (kichik korxonalar, fermer xo’jaliklari, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklini qqllayotgan korxonalar, buxgalteriya hisobini kompyuterda maxsus ishlab chiqilgan jadvallarda olib borayotgan korxonalar), shuningdek, hisobning jurnal-order shaklini qqllashga moslashtirilgan korxonalar ham (analitik hisob shakllariga o’zgartirish kiritish yo’li bilan, masalan, yangi qo’shimcha qator va ustunlar qo’shish orqali, ammo mavjud hisob tizimini buzmasdan zarur ma`lumotlar olish uchun muvofiqlashtiriladi) yuritishlari mumkin.
Boshqaruv hisobotining standart (minimal) to’plamiga asos bo’ladigan quyidagi muhim shakllarini keltirish mumkin:
materiallar va butlovchi qismlar zahiralari to’g`risida hisobot;
tugallanmagan ishlab chiqarish bo’yicha hisobot;
ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmatlar) to’g`risida hisobot;
xarid qilingan qiymatliklar to’g`risida hisobot;
tayyor mahsulot zahiralari to’g`risidagi hisobot;
sotishlar to’g`risidagi hisobot;
pul mablag`lari harakati to’g`risida hisobot;
debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g`risida hisobot;
yig`ma hisobot.
Moliyaviy hisobotning afzallik tomoni moliyaviy holatni, korxona faoliyati natijalarini tahlil etishda axborot manbasi sifatida qqllanilishida namog`n bo’lsa, segmentar hisobot ma`lumotlari esa biznesning har bir segmenti ish sifatini baholash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |