33.4. Transfert bahoni xarajatlar va qiymat yondashuvlari asosida shakllantirish
Transfert baho siyosati masalasi bo’yicha moliyachi va marketologlar o’rtasida uni shakllantirishga nisbatan ikki muqobil yondashuv - xarajatlar va qiymat yondashuvlari sohasida bahs-munozara kelib chiqadi. Ularning mohiyatini 33.1.-jadval yordamida ifodalash mumkin.
33.1.-jadval.
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan g`ndashuvlar
T/n
|
Xarajatlar asosidagi yondashuv
|
qiymat yondashuvi
|
1.
|
M ahsulot
|
Xaridorlar
|
2.
|
Texnologiya
|
qiymatliklar
|
3.
|
Xarajatlar
|
Baho
|
4.
|
Baho
|
Xarajatlar
|
5.
|
qiymatliklar
|
Texnologiya
|
6.
|
Xaridorlar
|
Mahsulot
|
Transfert bahoni shakllantirishga nisbatan xarajatlar yondashuvi eng sinalgan va ishonchli yondashuvdir. Uning asosida real kategoriya yotadi, bu - mahsulot ishlab chiqarish va sotishga sarflanadigan xarajatlardir. Ushbu xarajatlar mahsulot ishlab chiqarishga va sotishga sarflangan haqiqiy xarajatlar kategoriyasi orqali ifodalanadi hamda buxgalteriyada dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Buning ustiga, ma`lum darajada bu yondashuvning nufuzi uni iqtisodiy nazariyada qqllab-quvvatlanishi bilan bog`liq, chunki, mahsulotlar o’rtasida xarajatlarni to’g`ri taqsimlash, tannarxni shakllantirish va boshqarish bahoni korxona uchun naflilik nuqtai-nazaridan daromad olish manbaiga aylantiradi
Mahsulotni sotishda baho darajasini sotishning va shunga mos ravishda ishlab chiqarishning taxminiy hajmi belgilaydi. SHu bilan birga, boshqaruv hisobi e`tirof etadiki, mahsulot birligini ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari o’zgarishi bevosita ishlab chiqarish miqyosiga bog`liq. Ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi bilan bir buyumga to’g`ri keladigan doimiy xarajatlar summasi va ishlab chiqarishga sarflanadigan o’rtacha xarajatlar hajmi ham qsadi. Binobarin, tadbirkor menejer transfert bahoni belgilayotganda xarajatlar usuli asosida yoki raqobatchilar tomonidan baho bo’yicha qabul qilingan qarorlar ta`siri ostida passiv baho belgilash yo’lini tanlamasligi lozim.
Eng oqilona yondashuv - transfert bahoni shakllantirishga nisbatan faol yondashuv usuli bo’lib, bunda transfert bahoni boshqarish orqali sotishlarning zarur hajmiga mos keluvchi o’rtacha xarajatlar hajmiga erishiladi, bu esa korxonani foydalilikning kutilayotgan darajasiga olib chiqadi.
Transfert bahoni shakllantirishga faol g`ndashuv mantiqiga qxshash masalalarni quyidagicha ta`riflash mumkin: “Eng past bahoda sotiladigan tovarlar miqdorini katta miqdordagi foyda olish uchun qanchagacha oshirishimiz kerak?” yoki “Sotiladigan mahsulotlarning qancha miqdorini ko’proq foyda olish uchun yuqoriroq bahoda sotish kerak?”.
Aynan mana shunday yondashuv “zaif” bozorlarda (ya`ni, talab pasayib boruvchi bozorlarda) yoki “kuchli” bozorlarda (ya`ni, talab ortib boruvchi bozorlarda juda yuqori baholar xarajat g`ndashuvini jiddiy kamchiligini chetlab qtish imkonini beradi).
Shuni ta`kidlash joizki, transfert bahoni shakllantirishga xarajatli g`ndashuvdan voz kechish korxona menejerlariga oson bqlmaydi, chunki ular ishlab chiqarishga yangi mahsulot uchun investitsiya qilish va bahoni shakllantirish bo’yicha qarorlar qabul qilinguncha, kutilayotgan foydani aniqlashlari lozim.
Loyihalashtirilayotgan yangi mahsulot zamonaviy texnik darajaga mos keluvchi qlchamlar va xususiyatlarga ega bqlishi, konstruktorlik xizmatlari, texnologlar, moliya-iqtisodiy bo`lim va buxgalteriyada texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA) bilan tasdiqlangan bqlishi lozim. SHu bosqichning qzida baho aniqlanadi, u xarajatlarning qrnini tqldirishi va investitsiyalarni zaruriy darajada qoplashi kerak. Shundan sqng marketologlar (agar shunday mutaxassislar bor bqlsa) mahsulot sotish hajmini aniqlaydilar. Ular mahsulot sotishni tashkil etish, mahsulot xossasi va sifatiga xaridorlarni ishontirishga intiladilar. Agar bunday “targ`ibot” natijalari ijobiy natija bermasa, korxona rahbariyati odatda bahoni pasaytirish taklifi hisobiga vaziyatni saqlab qolishga harakat qiladi. Bunday sharoitda, odatda, xaridorlar bozorda ustunlik qiladigan vaziyat yuzaga keladi. Bunda aynan ular qz shartlarini qo’yadilar va bahoni yanada pasaytirishga erishadilar.
Transfert bahoni shakllantirishga xarajatli g`ndashuvni mqljal qilib muvaffaqiyatga erishish g`oyat mushkul. Bunday sharoitda transfert bahoni shakllantirishga nisbatan qiymatli yondashuvga ko’proq e`tibor berish lozim
Transfert bahoga nisbatan qiymatli yondashuvning vazifasi korxona mijozlarining rag`batlantirilishidan iborat emas. Bunday natijaga bahoga katta chegirmalar berish hisobiga ham erishish mumkin, lekin qiymatli g`ndashuv korxona uchun sotishlar hajmini tobora avj olishi hisobiga emas, balki “qiymat - xarajatlar” nisbatining mutanosibligiga erishish hisobiga foyda olishni ta`minlashi kerak.
Transfert bahoni shakllanishi mehnat bozorida raqobatda bqlgan boshqa korxonalar ta`siriga ham bog`liq. Shu bois, korxonaning baho siyosati buxgalterlar, moliyachilar, marketologlar, menejerlar va bozorni qrganuvchi axborot xizmatchilarining doimiy hamkorligi natijasida tug`iladi va takomillashadi. Bunday sharoitda baho siyosatini shakllantirish korxonaga foyda, xaridorga esa ko’proq naf keltirishi lozim.
Nazarimizda, transfert bahoni shakllantirishda mahsulotni zararsiz sotilishini belgilash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun mahsulotni zararsiz sotish bahosini quyidagi formula yordamida aniqlaymiz:
Yuqorida ta`kidlangan zararsizlik bahosini aniqlash uchun quyidagi misoldan foydalanamiz.
1-misol. «Shahrixonsut» AJning 2013 yilgi faoliyatini izohlaydigan quyidagi ma`lumotlar keltirilgan.
Sotishdan olinadigan tushum, so’m 358357
O’zgaruvchan xarajatlar, so’m 288916
Marjinal daromad, so’m 69441
Doimiy xarajatlar, so’m 45568
Operatsion foyda, so’m 23873
Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi, dona 205
Birinchi navbatda, ostonaviy tushumni belgilab olish uchun quyidagicha hisob-kitoblar amalga oshiriladi:
1. Marjinal daromad hajmini topamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |