19.2-jadval
9400-«Davr xarajatlari» hisobvarag‘i bo‘yicha hisobvaraqlar korrespondensiyasi
№
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Hisobvaraqlar korresponden
tsiyasi
|
debet
|
kredit
|
1.
|
Mahsulotni sotish bilan bog‘liq transport xarajatlarning aks ettirilishi
|
9410
|
6990
|
2.
|
Reklama va marketing xarajatlarining aks ettirilishi
|
9410
|
6010
|
3.
|
Boshqaruv xodimlariga ish haqi hisoblanishi
|
9420
|
6710
|
4.
|
Umumma’muriy ahamiyatdagi asosiy vositalarga eskirish hisoblanishi
|
9420
|
0210-
0299
|
5.
|
Auditorlik xizmatiga to‘lovlarning aks ettirilishi
|
9420
|
6990
|
6.
|
Yuqori organni asrab turish uchun ajratma qilinishi
|
9420
|
6120
|
7.
|
Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi bo‘yicha zararning aks ettirilishi
|
9430
|
9210
|
8.
|
Soliq organlarining qaroriga binoan jarima hisoblanilishi
|
9430
|
6410
|
9.
|
Hisobot davri oxirida davr xarajatlarining yakuniy moliyaviy natijaga o‘tkazilishi
|
9900
|
9410,
9420,
9430,
9440,
9450
|
19.5. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar va xarajatlarni hisobda aks ettirish.
Moliyaviy faoliyatga doir daromad va xarajatlar korxonaning asosiy faoliyatiga bog‘/liq bo‘lmagan iqtisodiy muomalalar natajasida yuzaga keladigan daromad va xarajatlar sanaladi.
Moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va xarajatlarning shakllanishi va ularni tasniflash va nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan 1999 yil 5 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 54-sonli qarori bilan qabul qilingan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘/risida”gi Nizomda belgilangan tartibda moliyaviy faoliyatga doir daromadlar va xarajatlarga hisoba olnadi. Mazkur Nizomda quyidagicha tavsiflar keltirilgan:
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga quyidagilar kiradi: 23
1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.
3. Mol-mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar (lizing to‘lovini olish).
4. Valyuta schyotlari, shuningdek chet el valyutalaridagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari.
5. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, sho‘‘ba korxonalarga va hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar.
6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar
Moliyaviy faoliyat daromadi tarkibini quyidagicha ko‘/rsatish mumkin: dividendlar va boshqa korxonani tashkil qilishda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘ozlar va qarz mablag‘lari bo‘yicha olingan daromadlar, valyuta va valyuta muomalalari bo‘/yicha daromadlar, mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlar, qimmatli qog‘/ozlarga yo‘naltirilgan va boshqa moliyaviy mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar, olingan royalti, moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha daromadlar hisobi “Asosiy xo‘/jalik faoliyatidan olinadigan daromadlar” nomli 2-son BHMS, “Ijara hisobi” nomli 6-son BHMS, “Moliyaviy investitsiyalar hisobi” nomli 12-son BHMSlar bilan tartibga solinadi.24
Moliyaviy faoliyat bo‘/yicha olinadigan daromadlar uchun quyidagi hisobvaraqlar ochilishi mumkin:
9510-“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”
9520-“Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
9530-“Foiz ko‘/rinishidagi daromadlar”
9540-“Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
9550-“Moliyaviy ijaradan daromadlar”
9560-“Qimmatli qog‘/ozlarni qayta baholashdan daromadlar”
9590-“Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”.
Ushbu hisobvaraqlar tranzit bo‘/lib, passiv xarakterga yega. Ularning kredit oborotida tegishli manbalar hisobidan moliyaviy foydaning ko‘payishi, debet oborotida yesa ularning hisobdan chiqarilishi aks yettiriladi.
2-sonli BHMSga muvofiq royalti bu – sub’ektning nomoddiy aktivlaridan (savdo markalari, patentlar, dasturiy ta’minot, musiqa asarlari, yozuvlarning asli va badiiy filmlarga mualliflik huquqi kabi) foydalanish huquqi uchun vaqti - vaqti bilan ajratib turiladigan summa. Nomoddiy aktivlaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan royalti uchun to‘lov odatda shartnomaning mazmuni va shartlariga muvofiq tan olinadi. Royaltini to‘lashda litsenziya egasi ma’lum bir texnologiyadan ma’lum davr mobaynida to‘lovlarni to‘g‘ri chiziqli usul bo‘yicha amalga oshirish mumkin. Ayrim hollarda litsenziya yoki royalti to‘lovlarini olish yoki olmaslik kelgusida bo‘ladigan xodisalarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday hollarda daromad to‘lovlar yoki royaltini olish imkoniyati bo‘lganda (odatda xodisa sodir bo‘lgandan keyin) tan olinadi.
Royalti va kapital transfertidan olingan daromadlar 9510- “Royaltidan olingan daromadlar” schyotida pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda hisobga olinadi.
9510-“Royalti ko‘/rinishidagi daromadlar” schyotida royalti va kapital transferti bo‘yicha olingan daromadlar aks ettiriladi.
Royaltidan olingan daromadlarga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 4850-“Olinadigan royalti”
Kredit 9510-“Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”.
Korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlik sub’ektlari qaysi tarmoq va faoliyat sohasi foydani ko‘proq keltiradigan bo‘/lsa, sarmoyani shunga joylashtirib, barcha imkoniyatlarini ishga solib shu faoliyatni rivojlantirish, rentabellik darajasini oshirib, ko‘proq foyda olishga intiladilar. Agar mazkur sohada kapital o‘zini oqlamasa, foyda keltirmasa va bozorda o‘z o‘/rnini topa olmasa investorlar kapitalni bu tarmoq yoki faoliyat turidan olib, boshqa yanada daromadliroq bo‘lgan tarmoqlarning qimmatli qog‘/ozlariga yo‘naltiradilar.
Qimmatli qog‘/ozlar - hujjatlar bo‘/lib, ular mazkur hujjatlarni chiqargan yuridik shaxs bilan ularning yegasi o‘/rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki qarz munosabatlarini tasdiqlaydi, dividendlar yoki foizlar tarzida daromad to‘lashni hamda ushbu hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga o‘tkazish imkoniyatini nazarda tutadi.25
O‘zbekiston Respublikasi hududi va chet ellarda ulush qo‘/shish yo‘li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo‘yicha dividendlar, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘/ozlar bo‘yicha daromadlar 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyotida pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondensiyalangan holda hisobga olinadi. 9520-“Dividendlar ko‘/rinishidagi daromadlar” schyotida O‘zbekiston Respublikasi hududida va chet ellarda ulush qo‘shish yo‘li bilan boshqa korxonalar faoliyatida qatnashishdan olingan daromadlar, aksiyalar bo‘/yicha dividendlar aks ettiriladi. O‘/zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘/yicha dividendlar va obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar.
Boshqa korxonalar faoliyatiga ulush qo‘/shish yo‘li bilan qatnashishdan olingan daromadlar hamda boshqa korxonalarning sotib olingan aksiyalariga e’lon qilingan dividentlar moliyaviy iqtisodiy inqiroz sharoitida xatarli sanaladi. Chunki biz aksiyalarini sotib olgan boshqa korxonalarning inqiroz natijasida zarar ko‘rishi yoki foydasining kamayib ketishi natijasida sarmoya kiritgan korxonaning ham ushbu aksiyalardan keladigan daromadlari g kamayishi mumkin.
Qimmatli qog‘/ozlarda mujassamlangan mulkiy huquqlarning turiga va sarmoyaga kiritilish yo‘/nalishiga qarab olinadigan dividendlar ko‘/rinishidagi daromadlar ham tasniflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |