O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi toshkent tibbiyot akademiyasi



Download 0,84 Mb.
bet60/168
Sana30.06.2022
Hajmi0,84 Mb.
#721037
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168
Bog'liq
2 5204302801315825728

Oligouriya (yunoncha olygos – kam, uron - siydik) sutkalik siydikni 500 ml va undan kam ajralishi. Bu quydagi xolatlar kuzatiladi:
Fiziologik – suyuqlik qabul qilish cheklanganda, ko’p terlashda, jismoniy zo’riqishlarda
O’tkir va surunkali nefritlarda
Yurak yetishmovchiligi
Kuyish kasalligi (shok bosqichida)
Buyrak zaxarlanishlarida
Turli etiologiyali shoklarda
Qorin bo’shlig’I o’smalarida va kichik chanoq a’zolari o’smalarida
Anuriya (yunoncha an – yo’q, uron – siydik) siydik ajralishi to’xtashi hisobiga siydik pufagiga siydik tushmasligi (200 ml / sutka va undan kam). Anuriya buyrak yetishmovchiligida (buyrakka aloqador) arterial bosim tushib ketishi (buyrakdan tashqari anuriya), siydikning ajralishiga to’siq mavjud bo’lgan xollarda (masallan siydik ayiruv naylarining o’sma bilan bosib qo’yilishi xolatlarida) kuzatiladi.
Ishuriya (yun. ischo-to`xtash, yoki to`sqinlik qilish, uron- siydik). Bunda siydik pufagi to`lganda ham uni tashqariga chiqara olmaslik kuzatiladi. Ishuriya siydik pufagi atoniyasi yoki siydik yo’li torayishida kuzatiladi.
Ishuriya yuzaga kelganda kechiktirmagan xolda siydik pufagini bo`shatish lozim. Bunday xolatlarda bemorlarda mustaqil ravishda siydikni ajralishini kasalning atrofida xuddi jumrakdan suv oqib turganidek yoki choynakda suvni tomchilatilgandek shovqinnixosil qilib, yoki jinsiy a’zolarni issiq suvda yuvish orqali yoki qov usti sohasiga grelka quyishni qo`llash bilan yuzaga keltirish mumkin.
Agarda bularning xech qaysisi samara bermasa bemorga siydik chiqarish nayi (kateter) ulab qo’yiladi.
Nikturiya. Buyraklarning normal faoliyati uchun kunduzgi diurezning ustunligi xosdir (kunduzgi diurezning tungi diurezga nisbati taxminan 4:1). Nikturiya (yunoncha nyktos – tun, uron - siydik) - tungi diurez ortishi hisobiga ushbu nisbatning o’zgarishi (siydikning ko’p qismini kunduzi emas tunda ko’proq ajralishi). Nikturiya turli buyrak xastaliklarda, prostate bezi gipertrofiyasi va qandsiz diabetga chalingan bemorlarda kuzatiladi. Nikturiya buyrak kasalliklarining erta simptomlaridan biri bo’lib, ayniqsa keksalarda ko’p uchraydi.
Enurez. Asosan yoshi kattalar va qariyalarda nikturiya siydik tuta olmaslik - enurez (yunoncha enureo – xo’llash) bilan birga kechadi. Enurez yoshi katta kishilarda prostata bezi adenomasida kuzatiladi.
Pollakiuriya. Odatda sutkada normada 3-4 marta siydik ajraladi. Pollakiuriyada (yunoncha pollakis - ko’p marta, tez tez, uron - siydik) sutkalik siydik ajralishi 6-7 martadan yuqori boladi. Bu holat ko’p suv ichganda, siydik ajratish yo’llari yallig’lanishida ifodalangan prostate bezi adenomasida va poliuriya bilan kechuvchi kasalliklarda kuzatiladi.
Dizuriya (yunoncha dys - funksiyaning buzilishi, uron - siydik) - siydik qopidan siydik ajralishining tezlashishi va/yoki qiyinlashishi, og’riqli bo’lishi bilan harakterlanadigan siydik chiqarishni buzilishlarining umumiy nomi. Dizuriya simptomlari siydik ayiruv tizimining yallig’lanish kasalliklari (sistit, uretrit, piyelonefrit, buyrak tuberkulyozida va bosh.) va siydik yo’lida tosh mavjudligida namoyon bo’ladi.
Stranguriya (yunoncha strangos –tomchi, uron-siydik) og’riqli siydik ajralishi boshqa o’zgarish va buzilishlar kuzatilmagan holda.
Shishlar. Buyrak kasalliklarida kuzatiladigan shishlar ko’pincha ertalab yuzlarda namoyon bo’ladi (paraorbitalni shish), ifodalangan shish sindromida esa tananing pastki qismlarida ham kuzatiladi. Ba’zida shishlar yaqqol ifadalangan, yuzlarga, qo’l-oyoqlarga tarqalgan bo’ladi va anasarka rivojlanishi bilan kechadi.
Shishlar kelib chiqan bemorlarni kuzatishda nafaqat sutkalik diurezni aniqlash, balki tana vaznini ham aniqlash lozim.
Beldagi og`riqlar. Buyrak va siydik chiqarish yo`llari kasalliklaridagi bel sohasida og’riq buyraklar kapsulasinig taraglashishi (masalan buyrakdagi yallig’lanish jarayonlarda–nefritda) va/yoki siydik ayiruv naylari obstuksiyasida (tosh, qon laxtalari bilan) kuzatiladi. Og’riqning doimiy bolishi ikki xil holatda: glomerulonefritda-umumiy og’riq va piyelonefritda faqat ma’lum bir tarafda kuzatiladi. Kuchli, to’lg’oqsimon, bel sohasining bir tarafidagi va oraliq sohasiga tarqaluvchi og’riqlar – buyrak sanchig’I - siydik tosh kasalliklarida namoyon bo’ladi.
Buyrak sanchigiga birinchi yordam - shifokor kelguniga qadar iliq suvli vanna yoki grelka qo`yiladi. Uvning harorat 38-39C, vanna qabul qilish davomiyligi 10-20 minutni tashkil qiladi. Bundan tashqari shifokor tavsiyasiga ko’ra bemorga spazmolitik va anal’getiklar kiritiladi.
Arterial gipertenziya
Buyrak patologiyalar natijasida kelib chiqadigan simptomatik arterial gipertenziyaning simptomidir. Buyraklar arterial gipertenziyasi amaliy jihatdan simptomsiz kechishi mumkin va davolash ham etarlicha murakkab bo’ladi. Aterial gipertenziya aniqlanganda, bemorda tizimli ravishda qon bosimi sutkada 2- 3 marta yoki undan ham ko’po’lchab turiladi va albatta shifokor tavsiyasiga ko’ra antigipertenziv vositalar qabul qilinadi.

Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish