1.24. Ichki organlarning endoskopik tekshiruv metodi
Endoskopiya - shilliq qavatni ko`rish, deformatsiya, yara va qon ketish manbaasini, o`smalarni va poliplarni aniqlash imkonini beradi. Maxsus uskunalar yordamida tekshirilayotgan organning ma`lum qismlarini suratga tushirish va mikroskopik tekshiruv o`tkazish uchun biopsiya o`tkazish (shilliq qavat, o`sma hosilasini), kerak bo`lgan preparatlarni yuborish imkonini beradi.
Endoskopik tekshiruv usullari:
Bronxoskopiya (traxeya va bronlarni tekshirish)
Ezofagoskopiya (Meda tekshiruvi)
Fibroezofogogastroduodenoskopiya (fibrogastroskop yordamida meda, va o`n ikki barmoqli ichakni tekshirish)
Intestinoskopiya (ingichka ichak tekshiruvi)
Kolonoskopiya (yo`g`on ichak tekshiruvi)
Rektoromanoskopiya (lat. Rectum – to`g`ri ichak; eskirgan anatomik termin «S-romanum» -- sigmasimon ichak: tog`ri va sigmasimon ichak tekshiruvi)
Sistoskopiya (siydik pufagi tekshiruvi). Endoskopik tekshiruv och qorinda amalga oshiriladi. FEGDSda bemor 8soatdan kech bo`lmagan paytda ovqatlanishi kerak, ertalab esa ovqat qabul qilmasligi, chekmasligi, suv ichmasligi kerak. Intestinoskopiya, kolonoskopiya, va rekto-romanoskopiyada bemorni irrigoskopiyadagidek tayyorlanadi. Sistoskopik tekshiruvda bemor siydik pufagini bushatishi kerak.
1.25. Ultratovush tekshiruv usuli
Ultratovush tekshiruv usuli (UTT) – turli ultratovush to`lqinlarini o`tkazuvchanlikkka ega bo`lgan yuzalardan tovush to`lqini manbasidan megagerslardan tarqaladigan to`lqinlar yordamida tekshiruvdan iborat bo`lgan metod. O`tkazuvchanlik darajasi organ zichligi va elastikligiga bog`liq.
UTT (sonografiya) yurak (exokardioografiya) va tomir (dopplerografiya), qalqonsimon va qalqonoldi bezi, qorin sohasi organlari, buyrak va kichik chaqnoq bo`shlig’i organlari (siydik pufagi, bachadon, tuxumdonlar, prostata bezi), ko`z va miya kasalliklarida qo`llaniladi.
Nazorat savollari:
Oshqozon-ichak tizimi kasalliklarining asosiy shikoyatlari.
Qusishda birinchi yordam
Oshqozondan qon ketganda birinchi yordam
Oshqozonni yuvish texnikasi
Klizmalar va uning turlari. Klizma qoyishga korsatma va qarshi ko’rsatmalar
Har xil turdagi klizmalarniq oyish texnikasi
Meteorizm va gaz haydovchi naycha qoyish texnikasi
Qorin sohasida ogriq haqida tushuncha va ogriqda birinchi yordam
Jigildon qaynash haqida tushuncha va jigildon qaynashda birinchi yordam
Kekirish haqida tushuncha va kekirishda birinchi yordam
Kongil aynashi haqida tushuncha va kongil aynashida birinchi yordam
Qabziyat haqida tushuncha va qabziyatda birinchi yordam
Diareya haqida tushuncha va diareyada birinchi yordam
Do'stlaringiz bilan baham: |