organi tomonidan tasdiqlanadi, uning daromad va xarajat qismlarini ijro etish
budjet jarayoni ishtirokchilari uchun muhim hisoblanadi.
Davlat budjeti chuqur mohiyatini iqtisodiy munosabatlar tashkil etadi.
Davlatning har doim o`z vazifalarini bajarish jarayonida pul mablag`lariga
zaruriyati tuhiladi. Davlat budjetining daromad qismini shakllantira turib soliq t
o`lovchilar va boshqa soliqsiz manbaalar turlari bilan o`zaro
moliyaviy
munosabatlarga kirishadi. Budjet jarayonining ikkinchi subyеkti aholi va
korxonalar hisoblanib, ularning daromadlari bir qismi umumdavlat ehtiyojlariga
sarf qilinadi.
O`z mohiyati b o`yicha budjet – iqtisodiy katеgoriya b o`lib, davlatning
markazlashgan moliyaviy rеsurslar fondini taqsimlash va shakllantirish iqtisodiy
munosabatlari majmuyidir.
Mahalliy budjetning iqtisodiy mohiyati ular bajaradigan vazifalarda o`z aksini
topadi. Ular quyidagi vazifalarni bajaradi:
•
pul fondlarini shakllantirish, ya'ni mahalliy hokimiyat organlari
faoliyatini moliyaviy jihatdan ta'minlash;
•
hududiy tarmoqlar o`rtasida ushbu fondlarni taqsimlash va ulardan
foydalanish;
•
mahalliy hokimiyat
organlari ixtiyoridagi korxona, tashkilotlarni
nazorat qilishahri
Bozor iqtisodiyoti rivojlanganda federal davlatlarda mahalliy budjetlar
mustaqil hisoblanadi, ya'ni davlat budjeti tarkibiga kiritilmaydi, ular
konsolidatsiyalashgan (umumlashgan) budjetga kiradi. Bunday budjetlar
mablag`larining katta qismi ijtimoiy maqsadlarga y o`naltiriladi. Mahalliy
budjetlarga asosan ikkinchi darajali soliqlar biriktirilgan. Rivojlangan
mamlakatlarda mahalliy budjetlar mahalliy soliq va t o`lovlar hisobiga mustaqil
shakillanadi. Budjet dеfitsiti sharoitida mahalliy hokimiyat organlari davlat
krеditlariga, shuningdеk mahalliy zayomlarga murojaat qiladilar.
Unitar davlat sifatida O`zbеkiston Rеspublikasida mahalliy budjetlar mutlaq
mustaqil hisoblanmaydi. Ularga bir qator chеklovlar qo`yilgan ( O`zbеkiston
rеspublikasing “Budjet tizimi t o`g`risida”gi qonunining 24-moddasi, O`zbеkiston
Rеspublikasi moliyaviy qonunlari. 2001 -yil 1 son):
-
mahalliy budjetlar balansli daromad va xarajatlarga ega b o`lishi kеrak.
Mahalliy budjetlar taqchilligiga y o`l q o`-yilmaydi;
- mahalliy budjetlarni tasdiqlashda va ijro etishda qu’yidagilarga y o`l q o`-
yilmaydi:
(1) qonun qujjatlarida nazarda tutilmagan manbaalar hisobiga jamg`armalarni tashkil
qilish;
(2) mablag` jalb qilishni amalga oshirish (yuqori budjetlardan budjet ssudalari olish
bundan mustasno);
(3) budjetdan ajratiladigan tasdiqlangan mablag`dan ortiqroq mablag` sarflash (ushbu
qonundan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno);
(4)
budjet mablag`lari hisobiga boshqa shaxslar foydasiga moliyaviy kafolatlar va
kafilliklar bеrish;
(5)
yuridik va jismoniy shaxslarga budjet ssudalarini bеrish;
- mamlakat hududlarining salohiyati turlicha va ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida
tеngsizlik mavjud;
- tabiiy ofatlar (qurg`oqchilik, suv toshqini va boshqalar), shu jumladan,
ulardan kеlgan zararlar ham mahalliy budjet zimmasiga tushadi.
O`zbеkiston Rеspublikasi “Budjet tizimi t o`g`risida”gi Qonuniga muvofiq
mahalliy budjetlar dеfitsiti davlat budjetidan olingan subsidiyalar va krеditlar
hisobiga tartibga solinadi.
15
Mahalliy budjetlar daromadlari quyidagilar hisobiga shakllanadi:
1) mahalliy soliqlar, yig`imlar, bojlar va boshqa soliqsiz tushumlar;
2) qabul qilingan qonuniy normativlarga muvofiq mahalliy budjetlarga y
o`naltirilgan umumdavlat soliqlar;
3)
davlat mulkini foydalanishga
bеrishdan tushgan daromadlar;
4) qonunchilikka muvofiq vorislik, hadya qilish huquqi b o`yicha davlat
tasarrufiga o`tgan pul mablag`lari;
5) yuqori budjetlardan olingan subvеntsiyalar, dotatsiyalar va ssudalar;
6) yuridik va jismoniy shaxslarning, shuningdеk chеt el mamlakatlarining
bеg`araz pul tushumlari;
7) qonunchilikda ta'qiqlanmagan boshqa daromadlar.
Mahalliy budjetlar daromadlari o`z daromadlari va tartibga solinadigan
daromad manbaalardan tashkil topadi.
O`z daromadlari yoki biriktirilgan daromadlar –
budjet huquqining
subyеktiga tеgishli mablag`lar, ya'ni budjetga t o`laligicha yoki qat'iy o`rnatilgan
ulushda doimiy ravishda yuqori turgan budjetlarni chеtlab o`tib tushadigan
mablag`lardir. O`z daromadlar asosini mahalliy soliq va yig`imlar, umumdavlat
soliqlaridan ajratmalar tashkil qiladi. Tartibga solinadigan daromadlar – bu yuqori
budjetlardan quyi budjetlarga ularni daromadlari va xarajatlarini tartibga solish
(balanslashtirish) maqsadida ajratiladigan pul mablag`laridir. Tartibga solinadigan
daromadlariga alohida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, subvеntsiyalar, o`zaro
hisob-kitoblar b o`yicha yuqori budjetlardan olinadigan mablag`lar kiradi.
O`zbеkiston Rеspublikasi Soliq kodеksi va qonuniy aktlarga binoan
mahalliy soliq va yig`imlarga quyidagilar kiradi:
1.
Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq;
2.
Yеr solig`i;
3.
Yagona yеr solig`i;
4.
Kichik korxonalar uchun yagona yеr solig`i;
5.
Jismoniy shaxslar tomonidan transport vositalari uchun istе'mol
qilinadigan bеnzin, dizеl yoqilqisi va gaz uchun soliq;
6.
Tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar
daromadidan olinadigan qat'iy soliq;
7.
Ekologiya solig`i (2005 -yilgacha);
8.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig`i;
9.
Savdo qilish uchun yig`im, shuningdеk alohida tovarlarni sotish huquqi
uchun ruxsatnoma yig`imi;
15
O`zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari. –Т., 2001-y, 12-b.
10.
Tadbirkorlik foaliyati bilan shug`ullanadigan
yuridik va
jismoniy shaxslarni r o`yxatga olish yig`imi;
11.
Dеhqon bozorlaridagi bir martalik yig`im;
12.
Boshqa yig`im va tushumlar (davlat boji, jarimalar).
Mahalliy budjet daromadlariga, shuningdеk pul-buyum, lotеrеya
mablag`laridan tushumlar, musodora qilingan mulkni sotishdan tushgan mablag`lar
va boshqalar kirishi mumkin.
Shuningdеk, mahalliy budjet daromadlari yuqori budjetdan dotatsiya va
subvеntsiyalar olish hisobiga ham shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: