O‗zbеkistоn rеspublikasi оliy vа o‗rtа mахsus tа‘lim vаzirligi tоshkеnt dаvlаt iqtisоdiyot univеrsitеti



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/158
Sana03.04.2022
Hajmi3,53 Mb.
#526810
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158
Bog'liq
Turizm&Servis Kaf 04 RESTORAN SERVISINI TASHKIL ETISH 10ta

 
 
 
 
 
 
 
 
 


70 
4-bob. RESTORANLARNING BOZORDAGI MAVQEI 
4.1. Restoranlarning bozordagi mavqeini tahlil qilish 
4.2. Bozor ulushlarining taqsimlanishini o‗rganish 
4.3. Restoran bozoridagi raqiblarni o‗rganish va tahlil qilish maqsadida raqobat 
ko‗pburchagini tuzish usuli. 
4.4.Restoran biznesida SWOT-tahlili va uni yaratib beradigan imkoniyatlari. 
4.5.Restoranda xizmat ko‗rsatish monitoringi sifatida va raqiblar ishini tahlil 
qilishda ―Mystery Guest‖ metodini qo‗llash. 
4.6.Restoran biznesi ehtiyojlarini xal qilishda tajriba eksperiment)ning foydasi. 
4.1. Restoranlarning bozordagi mavqeini tahlil qilish 
Umum e‘tirof etilgan ta‘rifga ko‗ra, mavqe – bu holat. Tegishli ravishda 
restoraningizning bozordagi mavqei – bu uning restoranlar bozorida mavjud raqiblar 
orasidagi holati. Ayni shu sababli restoraningizning bozordagi mavqeini o‗rganish 
o‗z raqiblaringizni o‗rganish bilan bevosita bog‗liq. Siz istaysizmi, yo‗qmi – sizning 
muassasangizdan boshqa restoranlar, kafelar, qahvaxonalar va boshqa ovqatlanish 
korxonalari ham mavjud bo‗ladi. Ularning orasida peshqadamlikni qo‗lga kiritish – 
ishning yarmigina, xolos, odamlarning ―ba‘zan uyda ovqatlanish‖ odati bilan 
kurashishga ham harakat qilish kerak. Bu kurash ―umumiy ovqatlanish bozori‖ deb 
nomlangan jang maydonida yuz beradi.
Rang-barang umumiy ovqatlanish korxonalaridan tashqari siz oziq-ovqat 
do‗konlari, kichik rastalar va novvoyxonalarning, Shuningdek uyga yoki ofisga 
taomlar Yetkazib beradigan kompaniyalar faoliyatini ham hisobga olishingizga 
to‗g‗ri keladi. Bu bilvosita raqobat – 
“o„xshash ehtiyojni qondirish”
mezoniga 
muvofiq raqobat. Ayni holda biz egulik va ichimliklarga bo‗lgan ehtiyojni ko‗rib 
chiqamiz. Ammo restoranlar bozori – bu insonning qornini to‗yg‗azish vositasi emas, 
balki unga hordiq chiqarishga imkoniyat yaratish vositasidir. Shu sababli bilvosita 
raqiblar safini ko‗ngilochar muassasalar – klublar, kinoteatrlar, boulinglar va boshqa 
shunga o‗xshash muassasalar ham to‗ldiradi. Bundan tashqari, odamlarning ovqatni 
uyda tayyorlash qobiliyatini yoki uydan tashqarida ovqatlanish imkoniyatining 
yo‗qligini ham e‘tiborga olish zarur.


71 
Agar inson oqshomni uydan tashqarida o‗tkazmoqchi bo‗lsa, u umumiy 
ovqatlanish muassasasi, tungi klub, bouling yoki yirik savdo-dam olish markaziga 
borishi va bu yerda o‗zining barcha ehtiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo‗lishi 
mumkin. Ayni vaqtda u mehmonga borishni ma‘qul ko‗rishi ham mumkin. Agar 
inson faqat qorini to‗yg‗azmoqchi bo‗lsa, u umumiy ovqatlanish muassasasiga borib 
ovqatlanishi, do‗kondan tayyor ovqat olib eyishi, mehmonga borishi yoki uyga 
taomlar buyurtma qilishi mumkin. Endi u umumiy ovqatlanish muassasasini tanladi, 
deb tasavvur qilaylik. 
Tanlash jarayoni Shuning o‗zi bilan tugamaydi, aksincha, u yanada 
og‗irlashadi. Endi muassasa turini (restoran yoki kafe, balki qahvaxona yoki 
pitseriya), uning darajasi, joylashgan hududi va shu kabilarni tanlash talab etiladi. 
Ko‗rib turganimizdek, odatdagi iste‘molchining diqqat markaziga tushish va u 
ovqatlanish uchun ma‘qul joyni tanlash masalasini hal qilayotganida uning yodiga 
o‗z vaqtida tushish oson ish emas. Kerakli xaridor uchun kurashda raqobatlashishga 
qodir bo‗lgan rang-barang analog va o‗rindoshlarning mavjudligi tanlash jarayonini 
doim qiyinlashtiradi. Shuni e‘tiborga oling. Iste‘molchi yo‗lning narigi betidagi kafe 
kirish yoki uyga pitsa buyurish o‗rniga, sizning restoraningizga tashrif buyurishining 
sababini aniq bilishingiz kerak. Muvaffaqiyatga erishish uchun raqobatbardosh 
korxona bo‗lish talab etiladi.
Umumiy ovqatlanish korxonasi faoliyatini va uning bozordagi mavqeini 
o‗rganishning turli xil usullari bor. Quyida ularning amalda eng ko‗p 
qo‗llaniladiganlari va foydalanish uchun qulaylarini ko‗rib chiqamiz. 

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish